O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə243/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Oltinchi bosqichda MHTning yangi andozasi, ya’ni MHT-2008 yaratildi va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu andozasida uning iste’molchilari uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsiyalarni hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim konsepsiya va kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi.
Ettinchi bosqich 2008 yildan keyingi davrlarni o‘z ichiga olib, MHTni yanada takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.1
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, hali bu hisoblar tizimining zaif va bo‘sh joylari anchagina bor. Masalan, unda takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib borishni ta’minlash nuqtai nazaridan qaraganda YaIMning muhim tarkibiy qismlarini, jumladan, amortizatsiya ajratmalari SIM, milliy daromad, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot kabi ko‘rsatkichlarni mamlakat miqyosida, tarmoqlar va hududlar kesimida hisoblashning usullari ishlab chiqilmagan va ularni hozirgacha aniq hisobga olishning imkoni bo‘lmayapti.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini


1 Q.Mambеtjanov. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida milliy hisoblar tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari. // I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. Toshkеnt – 2012. 8-9 bеtlar.
aniqlashga yordam beradi. Hozirgi vaqtda milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin