Davlat sarflari – bu mahsulotlar va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchikuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlaribilanbirga)qilgan barcha sarflarinio‘zichigaoladi. Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi. Eksportvaimportmiqdorlario‘rtasidagifarqtovarvaxizmatlarningsof eksportiyokioddiyqilibsofeksportdeyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agareksportimportdanortiqbo‘lsaijobiy,importeksportdanortiq bo‘lsasalbiy bo‘ladi. Qarab chiqilgan sarflarning to‘rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o‘zgarishlarni qo‘shib chiqish yo‘li bilan YaIM hajmi aniqlanadi.
Uchinchiusul–buYaIMnihisoblashga daromadlarbo‘yichayondashuv. Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo‘jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to‘lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
YaIMni daromadlar bo‘yicha hisoblashda uy xo‘jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin (14.2- jadval).