O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə247/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar

  1. Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.

  2. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.

  3. Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.

  4. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad(MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.

  5. Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarkibiga faqat tovar shaklida bo‘lib, bozor narxi mavjud bo‘lgan yoki, hech bo‘lmaganda, ularni yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo‘yicha baholash mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin.

  6. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan

sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.

  1. Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami hajmini namoyon etadi.

  2. Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Hozirgi vaqtda YaIMni hisoblashda ko‘proq harajatlarning to‘rtta guruhi hisobga olinadi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.

  3. YaIM hozirgi vaqtda ko‘proq uch xil usul bilan hisoblanadi: 1) qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv; 3) daromadlar bo‘yicha yondashuv.




Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin