Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy
daromaddan har xil yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur:
Milliy
daromad Ijtimoiy sug'urta ajratmasi Korxona foydasiga soliqlar
Korxonaning taqsimlanmaydigan
foydasi Ijtimoiy to'lovlar Shaxsiy daromad
Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdopini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromadi hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste’mol uchun sarflaydilar va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradilar.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z
ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: |