O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə346/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

21.4-jadval
Soliq stavkalarining o‘zgarishi, foizda



Soliq turi

2009

2012

2014

2015

2016

2017

2018

2019

Yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘i

10

9

8

7,5

7,5

7,5

14

14

Dividend/foizlar shaklida olinadigan daromadlardan foyda
solig‘i

10


10


10


10


10


10


10


10


Aksiz solig‘i

21,5

20

23

23

23

20

20

20

Yagona soliq to‘lovi

7

6

6

6

6

5

5

5

Yagona ijtimoiy
to‘lov

25

25

25

15

15

15

15

15

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi ma’lumotlari.
2017 yilga qadar yuridik shaxslardan olinadigan soliq stavkasi 10 foizdan 7,5 foizgacha pasayib keldi va 2018 yilda tashkilotlar uchun obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i (shu vaqtga qadar 8%) foyda solig‘i tarkibiga qo‘shilganligi sababli 14 foiz qilib belgilandi.
Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishida soliqlar sonining kamaytirilishi, soliq imtiyozlarining kengaytirilishi bilan birga soliq stavkalarining pasaytirilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Soliq stavkalarining pasaytirilishi ishlab chiqarish hajmi va daromadlarning ortishi natijasida soliq bazasining kengayishiga, davlat budjeti xarajatlarini taqchillikka yo‘l qo‘ymasdan moliyalashtirishga zamin yaratadi.
Bugungi kunda “soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo‘lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish”1 dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Soliq stavkalarining pasaytirishi ishlab chiqarish va daromadlarning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida soliqqa tortish bazasining kengayishiga imkon tug‘iladi. Aynan shu holat mamlakatimizda soliq stavkalari kamaytirilishiga qaramasdan, budjet xarajatlarini taqchilliksiz moliyalashtirishga yetarli bo‘lgan soliq tushumlari ko‘rinishidagi budjet daromadlarini shakllantirishga asos bo‘lmoqda.
Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salohiyatini oshirishga qulay imkon yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-sonli Qonuniga muvofiq yangi Soliq Kodeksi qabul qilindi. Yangi Soliq kodeksiga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartirildi. Xususan, yagona yer solig‘i, davlat boji, bojxona to‘lovlari va


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 1-ilova. 3.1-band.
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin