O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə413/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va tashqi iqtisodiy faoliyati

O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy aloqalar majmuini boshqarishning o‘ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilish yo‘llarini belgilash taqozo etiladi.


O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish asosida xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishning hamda ular bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining asosiy prinsiplarini belgilab beruvchi O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyati strategiyasining loyihasini ishlab chiqish zarur edi.
O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo‘jalik aloqalarida ishtirok etishining asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi, dunyoning ko‘pchilik davlatlarida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko‘pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi.
O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, Prezident Sh.Mirziyoyev «jahon ishlab chiqarish tizimiga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bo‘lishimiz lozim»1 deb ta’kidladilar.


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
Shunga ko‘ra, Tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro infratuzilmalari bilan integratsiyalashuviga qaratilgan dasturni ishlab chiqish strategik vazifa sifatida qo‘yilmoqda. Jumladan, bu borada qaror ishlab chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda quyidagilarni inobatga olish taklif etiladi:1

  • milliy transport logistika kompaniyalari o‘rtasida raqobat darajasini oshirish, eksport korxonalari uchun tariflarni pasaytirishni rag‘batlantirish, avtomobil parklarini kengaytirish, yuk avtomobillarini olish uchun kreditlar olishni soddalashtirish;

  • eksportga mo‘ljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatbardosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish;

  • «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK veb- saytlarida temir yo‘l va havo transportlarida yuk tashish tariflarini optimallashtirish.

Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy2. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o‘ziga xos vazifalari mavjud.
O‘zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo‘jalik subyektlarining tashqi bozor bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo‘shilishidir. O‘zbekistonning BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo‘jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, 145-qator.
2 Узбекистан: десять лет по пути формирования рыночной экономики / Под ред. А.Х.Хикматова. – Т.: “O‘zbеkiston”, 2001, стр. 292.
O‘zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo‘jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
O‘zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O‘zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo‘mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo‘mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o‘zining tashkil topishi chog‘idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo‘jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo‘nalishida ko‘proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo‘yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o‘tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi.
O‘zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o‘xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo‘lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)dir. ShHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan chegaradosh besh postsovet respublikalarining o‘zaro chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishidan boshlangan. Dastlab “Shanxay beshligi” deb nom olgan bu tashkilot 1996 yilda Shanxayda, 1998 yilda Almatida, 1999 yilda Bishkekda besh davlat rahbarlarining sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi masalalarni kelishib, hal etishga qaratildi. 2000 yil iyulida Dushanba sammitida O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A.Karimov kuzatuvchi sifatida qatnashdi. 2001 yil 15 iyunda Shanxay sammitida tashkilotga oltinchi bo‘lib O‘zbekiston qo‘shildi, “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolandi. 2004 yil iyundan boshlab tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 yilda Ostona sammitida va 2007 yil 15-16 avgustda Bishkek uchrashuvlarida Eron, Pokiston va Hindiston, Mo‘g‘uliston kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
2016 yilda ShHTning Toshkentda o‘tkazilgan Sammitida Xindiston va Pokiston davlatlari ShHTga a’zo sifatida qabul qilindi. Ushbu sammitda a’zo davlatlar bilan birga 18 ta kuzatuvchi davlatlar vakillari ishtirok etishdi. Tashkilot a’zolari o‘zaro kelishuvlar va hamkorlik shartnomalarini imzolashdi. Bugungi kunda ShHTning maqsadi juda oddiy: a’zo davlatlarda harbiy-siyosiy mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik, hududdagi barchani birlashtiruvchi infrastrukturani yaratish (yo‘l, logistika markazlari, axborot va qonuniy asoslar va boshqalar).
2019 yil 13-14 iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashida Shanxay iqtisodiy tashkiloti bilan hamkorlikni kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida erkin savdo aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Shundan keyin esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 fevraldagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4619-sonli Qarori imzolandi. Unga ko‘ra, 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay xamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan Shanxay
hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik qilish asosiy vazifa qilib qo‘yildi1.
Bu tashkilotga Osiyoning ikki yetakchi mamlakati – Hindiston va Pokistonning a’zo bo‘lishi bilan ShHT global kun tartibiga ega eng yirik mintaqaviy tashkilotga aylandi. Bugun ShHT faoliyati siyosat, xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikdan tortib ekologik mavzugacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan.
O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin