O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


O‘zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə416/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

O‘zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishda XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag‘ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ma’qullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, XRRB yo‘li bilan O‘zbekistonga paxta etishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko‘maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag‘ ajratildi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O‘zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) alohida rol o‘ynaydi.
2018 yilda O‘zbekiston uchun yangi mamlakat strategiyasi qabul qilingandan so‘ng, ETTB qariyb 400 million evroga teng 12ta loyihani imzoladi, bu esa bir yil ichida mamlakatdagi bank ishbilarmonlik faolligining rekord darajasiga aylandi. Shahar va energetika infratuzilmasiga, shu jumladan, Farg‘ona vodiysida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini tiklashga, shuningdek, bank va sanoat faoliyatiga katta sarmoyalar kiritildi.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki (ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi. Shunday qilib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga
ko‘tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
Xulosalar

  1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu mamlakatlarning chuqur, barqaror o‘zaro iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik va siyosiy aloqalarining chatishib ketish jarayonlaridir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari sifatida erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to‘lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqini ko‘rsatish mumkin.

  2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichida xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon fan- texnika revolyusiyasi; milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi kabilar asosiy o‘rinni egallaydi.

  3. Turli mamlakatlardagi integratsiyaning turli elementlari bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya, tasodifiy integratsiya, moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya kabi turlari farqlanadi.

  4. Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o‘ziga xos vazifalari mavjud.

  5. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik negizida qurilib, uning qoidalari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlarida o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslandi.


Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   412   413   414   415   416   417   418   419   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin