O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə424/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli sarmoyalar sarflash kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko‘plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega bo‘lib, o‘zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlarni yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo‘lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo‘li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik ishlab chiqaruvchilardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlardan yuqori bo‘lgan tovarlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi.
Quyidagi jadvalda keyingi yillarda mamlakatimizdagi eksport va importning tovar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan (27.2-jadval).
“Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi”1.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko‘rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsienti (TYeIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo‘yicha kvotadan foydalanish mumkin. TYeIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 dеkabr.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin