Mamlakat
|
50 kg don ishlab chiqarish
xarajatlari, kishi-kun
|
100 l vino ishlab chiqarish
xarajatlari, kishi-kun
|
Buyuk Britaniya
|
100
|
120
|
Portugaliya
|
90
|
80
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala mahsulot bo‘yicha ham Portugaliyada past bo‘lib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini o‘rnatish uchun hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu fikr-mulohazalarni o‘zgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot bo‘yicha mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz:
1. Don bo‘yicha qiyosiy xarajatlar:
Buyuk Britaniyada
100 : 120 5 1,6 .
50 100 3
Portugaliyada
90 :
50
80
100
9 2,25 .
4
2. Vino bo‘yicha qiyosiy xarajatlar:
Buyuk Britaniyada
120 : 100 3 0,6 .
100 50 5
Portugaliyada
80 : 90 4 0,4 .
100 50 9
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, don bo‘yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsienti Portugaliyaga (2,25) nisbatan Buyuk Britaniyada (1,6) pastligi sababli donni Buyuk Britaniya ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Vino bo‘yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsienti Buyuk Britaniyaga (0,6) nisbatan Portugaliyada (0,4) pastligi sababli, vinoni Portugaliyada ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham manfaatli hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlari E.Xeksher, B.Olin, P.Samuelson, J.Keyns,
V. Leontev, G.Xaberler va boshqa ko‘plab iqtisodchilar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E.Xeksher va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo‘nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matematik shartlarni ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa, bu mamlakatda shunday omil sig‘imi katta bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ularni ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi.
Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili asosida ko‘p omilli andoza tuzishga olib keldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o‘rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning material, kapital, mehnat va fan sig‘imli tovarlarga
ixtisoslashuv sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik o‘zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi.
1954 yili amerikalik iqtisodchi V.Leontevning maqolasi e’lon qilinib, unda o‘sha davrda kapital ortiqchaligiga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSh eksporti va importida mehnat va kapital to‘liq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin nazariyasini tekshirishga urinib ko‘rilgan. Bunda AQSh kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qilib, mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan tovarlarni esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija teskari bo‘lib chiqib, Leontev paradoksi degan nom oldi. Ma’lum bo‘ldiki, AQShdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. AQSh ko‘proq mehnat sig‘imi yuqori, kapital sig‘imi esa past bo‘lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Leontev Amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog‘liqligini ta’kidlab, bu erdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |