Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Eksportnirag‘batlantirishningtashkiliyusullariga quyidagilarni kiritish mumkin:
eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun maxsus bo‘linmalarni tashkil etish;
savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;
tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashuv;
xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ko‘rsatish;
milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va h.k.
eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;
eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini rag‘batlantirish;
xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash;
eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k.
Mamlakatimizda ishlab chiqaruvi korxonalarning eksport salohiyatini yanada oshirishni rag‘batlantirish ko‘lami yanada oshirildi. Shu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-
sonli Qarori qabul qilinib, unga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalarga sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar uchun yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 17 oktabrdagi PQ-3978-son qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishi meva-sabzavot mahsulotlari uchun 120 kun etib belgilanadi. Eksport qiluvchining tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lsa, uning keyingi eksporti faqat 100 foizli oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishiga ruxsat beriladi1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2018 y. 814-son "O‘zagroeksport" AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin bo‘lgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2017 y. PQ-3157-son "Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni eksport qilishga undovchi me’yoriy xujjatlar bo‘lib hisoblanadi.
Importni tartibga solish, asosan, uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Mеva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 17 oktyabrdagi PQ-3978-son qarori
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishda eksport salohiyatidan samarali foydalanishning strategik yo‘nalishi sifatida O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2019 yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini ta’minlashga doir «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutilmoqda:1
O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish;
O‘zbekistonga investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni, sayyohlar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklarni jalb etish;
Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo yuk tashish ishlari uchun qulay sharoitlarni shakllantirish;
ta’lim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish.