26.1-jadval Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar to‘g‘risida ma’lumotlar(2019 yil)
Davlatnomi
Hududi2
Aholisisoni3
YaIM4
ming km2
salmog‘i, %
mln. kishi
salmog‘i, %
mlrd. doll
salmog‘i, %
O‘zbekiston
447,4
0,09
34,0
0,44
50,5
0,06
Qozog‘iston
2724,9
0,53
18,6
0,24
170,5
0,20
Xitoy
9599
1,88
1 402,5
18,21
13608,2
15,86
Qirg‘iziston
198,5
0,04
6,5
0,08
8,1
0,01
Rossiya
17125,2
3,36
146.7
1,91
1657,6
1,93
Tojikiston
143,1
0,03
9,1
0,12
7,5
0,01
Hindiston
3287,3
0,64
1 370,5
17,80
2726,3
3,18
Pokiston
803,9
0,16
217,4
2,82
312,6
0,36
ShHTbo‘yichajami
34329,3
6,73
3205,3
41,63
18541,3
21,61
Dunyobo‘yicha jami
510072
100
7700,3
100
85804,4
100
1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 26 fеvraldagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4619-sonli Qarori
2https://ru.wikipedia.org/wiki/Список_государств_и_зависимых_территорий_по_площади 3https://en.wikipedia.org/wiki/Список_стран_по_населению 4https://gtmarket.ru/ratings/rating-countries-gdp/rating-countries-gdp-info Eng avvalo, O‘zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, telekommunikatsiyalar, suv va energiya resurslaridan foydalanish, xalqaro turizm, hamkorlikdagi ekologik loyihalarni amalga oshirish borasida integratsiya aloqalarini kuchaytirish lozim.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ShHTning tarkibida O‘zbekiston o‘ziga xos salmoqqa ega. Shu bilan birga ShHTning jahon miqyosidagi iqtisodiy salohiyati va salmog‘i ancha yuqoridir. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo‘lgan xo‘jalik subyektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‘limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Engil sanoat sohasida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar geografiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bugungi kunda sohani rivojlantirish borasida eng katta xorij sarmoyasiga ega bo‘lgan (xorijiy investitsiya mablag‘larini kiritgan) davlatlardan biri Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mazkur davlatning ulushi 38 foizni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda esa Turkiya, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar turadi.
Respublikamiz MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoni amalga oshirishni keng yo‘lga qo‘ygan bo‘lib unda asosiy katta ulushlarni Rossiya va Qozog‘iston egallaydi. Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2014-2018 yillarda engil sanoat sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi ancha oshdi (26.2-jadval).
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko‘pdan-ko‘p
muammolar mavjudki, mamlakatimiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat.