Asosiytayanchtushunchalar Ishlabchiqarishomillari – ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar.
Ishchikuchi – insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Mehnat qurollari – inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalar.
Mehnatpredmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar.
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
Ijtimoiytakrorishlabchiqarish – jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishi.
Kengaytirilgantakrorishlabchiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi – mamlakat bo‘yicha yaratilgan yalpi ichki mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Ishlabchiqarishningpirovardnatijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita (iste’mol fondi
orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Sof mahsulot– yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot.
Qo‘shimchamahsulot – sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan mahsulot.