Faza modulyatsiyasi. Impuls modulyatsiyasi
Faza modulyatsiyasi qo„llanilgan radioaloqa kanali uchun f0=10 MGs tashuvchi chastotada 100 kGs chastotalar polosasi ajratilgan.
Topshiriq: burchak modulyatsiyasi m indeksi 5 dan kam bo„lmasligi sharti bilan eng yuqori bo„lishi mumkin modulyatsiya chastotasi F ni aniqlang.
Faza modulyatori kirishiga 5.1-rasmda ko„rsatilgan s(t) signal berilgan.
s(t)
t
5.1-rasm. Faza modulyatori kirishiga berilgan signal
Topshiriq: modulyatsiyalangan tebranish fazasi θ(t) va oniy chastotasining o„zgarish qonunlarini aniqlang.
FMT chastotasi ω(t)=2π·106(1+0,1cos2π·104t), rad/s qonuni bo„yicha o„zgaradi.
Topshiriq: bu tebranishning amplitudasi 20 V ga teng deb olib, u uchun analitik ifodani aniqlang.
To„g„riburchak og„uvchili radioimpulslar davriy ketma- ketligi berilgan (5.2-rasm). U quyidagi ko„rsatkichlarga ega: impuls
davomiyligi τi = 10 mks, takrorlanish davri T1 = 20 mks, to„ldirish chastotasi ω0=2π/ T0, τi / T0 >>1, impulslar amplitudasi Um=10 V.
Topshiriq: shu tebranish uchun analitik ifoda tuzilsin va spektrogramma qurilsin.
mks
5.2-rasm. To„g„riburchakli radioimpulslar ketma-ketligi
Uslubiy ko‘rsatmalar va javoblar
Fazasi modulyatsiyalangan tebranish quyidagicha ifodalanadi:
u(t)=Umcos[2πf0t+mcos(2πFt)], bu yerda m=fd /F, fd – chastota deviatsiyasi.
Kanalning 100 kGs chastota kengligida deviatsiya 50 kGs dan
ko„p bo„lishi mumkin emas, shuning uchun quyidagi shart bajarilishi zarur:
Fmax ≤ fd /m=10 kGs.
θ(t) faza s(t) signalning o„zgarishiga mos qonun bo„yicha o„zgaradi, ω(t)= ω0+dθ/dt oniy chastota esa o„zining o„rtacha qiymati ω0 ga nisbatan meandr shaklida o„zgaradi.
Analitik ifoda quyidagicha aniqlanadi:
u(t)=20cos(2π·106t+10sin2π·104t), V.
5.2-rasmda ko„rsatilgan AMT og„uvchisi bir qutbli to„g„riburchaksimon impulslarning davriy ketma-ketligi bo„lib, Furye qatori orqali quyidagicha aniqlanadi:
U (t) Um
2
a1 cos
T
1
a cos 3 2 t
3
T1
a cos 5 2 t
5
T1
...,
bu yerda an
sin n
– qator koeffitsientlari.
T
1
τi /T1=1/2, a1=2Um /π, a3= –2Um /3π, a5=2Um /5π,… bo„lganda izlanayotgan analitik ifoda quyida keltirilgan:
u( t)
U ( t) cos(
) Um
2
cos 0t
2 cos
0
0 cos
0 ... .
AMT spektri 5.3-rasmda ko„rsatilgan. Modulyatsiyaning alohida koeffitsientlari 2/nπ=Mn/2 tenglikdan aniqlanadi; shunday qilib, M1=4/π=1,27, M3=4/3π=0,42 va hokazo.
Um /2
f0–3·5·104 f0+3·5·104
f, Gs
5.3-rasm. AMT spektri
M1>1 bo„lishiga qaramasdan bu holda qayta modulyatsiya bo„lmaydi, sababi U( t) modulyatsiyalovchi funksiyaning uchinchi, yettinchi va h.k. garmonikalari birinchi gamonika bilan teskari fazada qo„shilib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |