O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/13
tarix03.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Radiotexnik zanjirlar va signallar1 (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


RADIOTEXNIK ZANJIRLAR VA SIGNALLAR


fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma


TOSHKENT 2012

UDK 621.396.61
“Radiotexnik zanjirlar va signallar”. O„quv-uslubiy qo„llanma. / Hasanov M. M. Toshkent, ToshDTU, 2012.

Ushbu qo„llanma 5311100 – „Radioelektron qurilmalar va tizimlar” va 5111000 – „Kasb ta‟limi (Radioelektron qurilmalar va tizimlar)” yo„nalishlar bo„yicha ta‟lim oluvchi talabalarga mo„ljallangan bo„lib, „Radiotexnik zanjirlar va signallar” fanining o„quv dasturiga asosan amaliy mashg„ulotlar uchun masalalar to„plamini va ularni yechish uchun uslubiy ko„rsatmalarni o„z ichiga olgan.


Masalalar to„plami talabalar tomondan ma‟ruza mashg„ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun mo„ljallangan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-uslubiy kengashi qarori bilan chop etildi.
Mas‟ul muharrir t.f.n., dots. Mavlonov SH. A.
Taqrizchilar:
TATU „Radiotexnika va radioaloqa”
kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n. Fazildjanov I. R. TDTU „AB” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Zaripov O. O.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2012.

Muqaddima


Radiotexnika va radioelektronika sohasi bo„yicha zamonaviy muhandislarni tayyorlashda „Radiotexnik zanjirlar va signallar” fani asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanning asosiy maqsadi signallarni qanday qilib hosil qilish, ularni aloqa kanallari bo„yicha uzatish, radiotexnik zanjirlarda signallarni qayta ishlash va o„zgartirishlar bilan bog„liq bo„lgan fundamental qonuniyatlarni o„rganishdan iborat. “Matematika”, “Fizika” va “Elektrotexnika nazariyalari asoslari” fanlariga tayanuvchi “Radiotexnik zanjirlar va signallar” fani talabalarni yangi tushunchalar va terminlar doirasiga olib kiradi va bularni chuqur bilish va o„zlashtirish navbatdagi yo„nalish fanlarini o„rganishda katta omil hisoblanadi.


“Radiotexnik zanjirlar va signallar” fanida keltiriladigan signallarni va radiotexnik zanjirlarni tahlil qilish usullari talabalar uchun asosan avvalgi fanlardan ma‟lum bo„lgan matematik apparatlar hisoblanadi. “Radiotexnik zanjirlar va signallar” fanining asosiy vazifasi talabalarning yechilayotgan masalani aniq tasvirlovchi matematik apparatlarni tanlash, radiotexnika sohasi bo„yicha konkret ilmiy va texnik masalalarni yechishda bu tanlangan matematik apparatlar qanday ishlashini ko„rsatishdan iborat. Shu bilan bir qatorda talabalarni matematik ifodalash bilan ko„rilayotgan hodisalarning fizik tomonlarini bog„liqligini ko„rish, o„rganilayotgan jarayonlarga matematik modellar tuzishni o„rganishdan iborat.
“Radiotexnik zanjirlar va signallar” fani ko„rib chiqadigan masalalar – bular signallar nazariyasiga kiradigan masalalar: informatsion va boshqaruvchi signallarni spektral va korrelyatsion tahlil qilish; diskret va raqamli signallar nazariyasi asoslari; determik signallar bilan bir qatorda o„rganiladigan tasodifiy signallar va xalaqitlarni statistik tahlil qilish; chiziqli zanjirlarda signallarni o„zgartirish nazariyasi; nochiziq va parametrik qurilmalar nazariyasi kabilar.

  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin