O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/48
tarix24.10.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#160072
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

qimmatbaho
qog‘oz
. U aksiyadorlik jamiyatini rivojlantirishga 
mablag‘ sarflanganligi dalolati bo‘lib, uning egasi aksiyadorlik jamiyati 
foydasining bir 
qismini
divedend tariqasida olish 
huquqini
beradi. 
Aksiyadorlik jamiyati (AJ) – korxona, tashkilot va boshqa idoralarning 
mablag‘larini sherikchilik asosida va egalik maqsadida birlashtiradigan jamiyat. 
AJda xususiy kapitaldan boshqa zayomli kapitallarning bank krediti va chiqarilgan 
obligatsiyalari mulk sifatida 
hisoblanadi

AJ aksiyadorlari odatda yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘ladi, ammo 
ba’zida banklar, ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta kompaniyalari 
ham
aksiyador 
bo‘lishi mumkin. AJning yuqori organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
sanaladi va asosiy masalalar ushbu aksiyadorlar yig‘ilishida muhokama 
qilinadi

Asosiy mablag‘laridan iborat investitsiya – ishlab chiqarishni rivojlantirish 
maqsadida mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotining turli tarmoqlariga uzoq 
muddatli kapital kiritish. 
Aniq investitsiyalar-
qurilish
-montaj, loyiha smeta ishlari, texnologiyalar, 
asbob-uskunalar ishlab chiqarish, 
qishloq
xo‘jaligi va chorvachilikni yuksaltirish 
kabi sohalarni rivojlantirishga kiritiladi. 
Aholining tabiiy ravishda ko‘payishi – bir yilda aholining tug‘ilishi va 
o‘limi orasidagi farqlanish. Bu borada o‘zgaruvchanlik ijobiy yoxud salbiy 
holatda
bo‘lishi mumkin. 
Aholining migratsion o‘sishi – ma’lum 
hududga
va chaqirilgan mamlakatga 
chetdan kelgan aholining mahalliy aholi o‘rtasidagi tafovuti. Bu indikator majmui 
ham
salbiy, 
ham
ijobiy 
holatni
yuzaga keltiradi.
«Aqlli migrantlar» («Brain drain») – Xalqaro migratsiya bozorida yuqori 
malakaga ega ishchilar (bilimli, mutaxassis, menejer va boshq.). 
Barter – tovar ayirboshlash, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovarni tovarga pul 
almashtirib olish. Bu savdo sxemasida «tovar ketidan tovar» deb ataluvchi so‘nggi 
shartnoma savdosi amal 
qilinadi

Barter faoliyati o‘zida mamlakatlar, firmalar, korxonalar o‘rtasida 
valyutaning inqirozga uchramasligi va ularning rivojlanmagan mahsulotlari 
munosabatlarini aks ettiradi. 
Hozirgi
zamon barter kelishuvining aniq shakllari – 
valyutasiz ayirboshlash, kompensatsiyali kelishuvlar, turli xil kirishlar. Barter 
hozirgi
sharoitda aholini iste’mol mollari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb 
etayotir. 
Birja – strandartlar yoki namunalar asosida savdo 
qilinadigan
ommaviy 
tovarlarning muntazam ulgurji bozori yoki 
qimmatli
qog‘ozlar
, oltin, chet el 
valyutalari (fond birjasi) bozori. 
Byudjet harajatlari – ma’lum sohaga yo‘naltirilgan davlat harajatlari majmui. 
Bojxona – chegara orqali o‘tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj, 
pochta, jo‘natmalar, savdodagi mahsulotlarni nazorat 
qiladigan
davlat idorasi. U 


193 
o‘tkazilayotgan yuklarni tekshirish, ulardan bojxona yig‘imlari undirish bilan 
shug‘ullanadi. 
Valyuta – tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalarning boshqa shakllarida 
ishtirok etuvchi mamlakat milliy pul birligi. 
Valyuta kursi – mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida 
ifodalangan bahosi. Mutaxassislar fikricha, valyuta kurslari fiksirlangan va 
«suzuvchi» bo‘ladi. 
Venchur korxonalar – firmalar, ya’ni ilmiy-tadqiqot, muhandislik ishlari, 
innovatsiyalarning yirik kompaniya yoki davlatlar shartnomasi asosida 
tayyorlovchi korxonalar. Bunday firmalar odatda keng miqyosda marketing, 
konsultatsiya va reklamalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilar bo‘ladi. 
Davlatning iqtisodiy dasturi – iqtisodiyotni davlat tomonidan 
boshqarilishining yuqori shakli – Bunda iqtisodiyot barcha ustivor sohalar yaxlit 
tarzda, oddiy elementlargacha majmua shaklida amalga oshiriladi. 
Devalvatsiya – pul birligi kursining boshqa mamlakatlarning valyutalariga 
nisbatan pasayishi. Bu to‘lov balanslarining inflyatsiyasi va yetishmovchiligi 
oqibatida yuzaga keladi. 
Daromadlar joylashish koeffitsiyenti (Jin indeksi) – aholining keng 
qatlamiga
mavjud foyda summasini teng 
holatda
taqsimlash ko‘rsatkichi. 
Jamoatchilik orasida ba’zida teng tarzda foyda ko‘rish yuz bermasligi mumkin, shu 
bois koeffitsiyent o‘lchami 0 dan 1 gacha o‘zgarishda bo‘ladi. 
Deflyator – mamlakat yalpi mahsulotining real va nominal 
hajmidagi
bahosi. U muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga 
qaratilgan
moliya va kredit 
tadbirlarni 
qo‘llab
, muomaladagi naqd pulning 
qadrsizlanishi
oldini oladi. 
Diversifikatsiya – turlicha, turli xil rivojlanish. Masalan, ishlab chiqarishni 
diversifikatsiyalash-ishlab 
chiqarishning 
ko‘pdan-ko‘p, 
bir-biri 
bilan 
bog‘lanmagan turlarini birvarakayiga rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
buyumlar turini kengaytirish. 
Dividend – AJdan tushadigan foyda, ya’ni 
har
yili aksiyadorlar o‘rtasida 
aksiyalarning turi va soniga 
qarab
bo‘linadigan foyda 
qismi
. Tajribaga ko‘ra 
dividend miqdori oddiy aksiyalar bo‘yicha korxonaning o‘sha yilda ko‘rgan 
foydasiga bog‘liq bo‘lsa, imtiyozli aksiyalarning dividend miqdori esa 
aksiyalarning nominal bahosiga 
qat’iy
tarzda stavka miqdorida oldindan 
qayd
etilgan bo‘ladi. 
Ishsizlik (Xalqaro mehnat taqsimoti talablari darajasida) – 16 yosh va 
undan katta aholining o‘ziga ish topa olmasdan kolishi. U esa uch kategoriyaga 
bo‘linadi:

Foyda keltiruvchi ish topolmaydiganlar; 

Yo‘llanma bilangina ishlaydiganlar (ya’ni, mehnatni tashkil etish 
idorasiga murojaat etib, korxona ma’muriyatida vositasiz ishlaydilar, 
xullas biror yo‘llanma bilan xususiy ish bajaradilar); 

Ishga kirishga tayyor turadiganlar. 
Ish tashlash (zabastovka) – vaqtincha ishlashdan to‘xtash, ya’ni joyi yoki ish 
borasida biror sharoit yaratilishini talab 
qilib
, ish tashlash. 


194 
Ishsizlik darajasi – iqtisodiy faol aholining ish yo‘qligi oqibatida ular 
safining kengayib borishi, ishsizlar soni oshishi.
Ishsizlik davomiyligi – aholi iqtisodiy faol 
qismining
o‘ziga ish topa 
olmasdan 
qolishi
, mehnat rezerv armiyasiga aylanib 
qolishi

Ish bilan bandlik to‘g‘risida ma’lumotlar manbai aholini ro‘yxatga olish va 
davlat, korxona va tashkilotlarning 
hisobotidir
. Mehnatga yaroqli aholi tarkibida 
ish bilan band bo‘lganlar 
hissasi
mehnat potensiallidan foydalanish me’yorini 
harakterlaydi. Ishsizlik darajasini pasaytirish uchun ish o‘rinlarini yaratish, ishga 
tushirish aholi tabiiy o‘sishidan orqada 
qolmaslik
lozim. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish – bozor-iqtisodiyoti 
jarayonlarida davlatga 
qarashli
tashkilot va jamoaviy uyushma, korxonalar 
faoliyatini davlat tomonidan nazorat 
qilinishi
va unga doir 
qonun
-
qoidalarni
davlat 
tomonidan bajarilishini ta’minlash. 
Immigratsiya – ishlash uchun boshqa mamlakatga ketgan aholi.
Import – xorijdan mahsulot va xizmatlarning kelishi (shuningdek, 
kapitallar, texnologiyalar, 
qimmatli
qog‘ozlar
va boshqalar). Ichki bozorda bu 
mamlakatlar tovarlarining sotilishi. 
Iste’mol baho indeksi – biror mahsulot yoki xizmatning iste’molchi 
tomonidan barkaror harid 
qilish
qobiliyatiga
egalik ko‘rsatkichi. 
Iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ulanish – fuqaroning ma’lum davrda 
taqdirlanishi uchun mehnat bilan shug‘ulanishi yoki o‘zicha o‘z foydasi uchun 
alohida sherikchilik asosida ish bilan shug‘ullanishi. Mamlakat iqtisodiyotiga 
ijobiy ta’sir etuvchi 
har
qanday
faoliyat bilan shug‘ulanish va bunda o‘zi pul 
topishi, aksincha davlatdan maosh talab 
qilmasligi
tushuniladi. 
Ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmat) 
hajmi
– ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanuvchi 
korxonalarning 
moddiy 
manfaatdorlik 
va 
xizmatlar 
harakteristikasi, mo‘ljallangan davrda narx-navolarning o‘sish 
hisob
-kitobi; tayyor 
mahsulotlar, yarimfabrikatlar, ishlab chiqarish xizmati ko‘rinishlari, sotish va 
kapital 
qurilishlar
majmui. Bu davrda korxona mavjud ishlab chiqarish turlaridan 
tashqari boshqa xil mahsulotlarni 
ham
ishlab chiqarishi mumkin bo‘ladi. 
Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi) – mavjud tovar va xizmatlarni bajarish 
uchun jalb etiladigan 
qo‘l
kuchi aholisi. Iqtisodiy faol aholi iqtisodiyotda band 
bo‘lgan va ishsiz bo‘lgan ishchi kuchlariga nisbatan aytiladi. 
Iqtisodiy aylanma (oborot) – xo‘jalik sohasida foyda va harajat, pul-mablag‘, 
resurs va mahsulotlarning 
harakati

Iqtisodiy taraqqiyot – ko‘p omilli jarayon, evolyutsion xo‘jalik mexanizmi, 
iqtisodiy tizimning yuqori tasviri. 
Iqtisodiy o‘sish sifati – iqtisodiy o‘sishning umumlashgan sifat 
harakteristikasi, uning 
qanday
sarflar bilan ta’minlangan va 
qanday
iqtisodiy-
ijtimoiy natija berganligini ifodalaydi. 
O‘tgan asrning so‘nggi yillarida iqtisodiy o‘sishning yangi sifati paydo 
bo‘ladi. Bu mahsulotlarning inson uchun ekologik tozaligi, ya’ni sog‘ligiga zarar 
keltirmasligi, ishlab chiqarishning esa atrof-muhitga zarar keltirmasligi, ekologik 
muvozanatni buzmasligidan iboratdir. 


195 
Klering – tovarlar, 
qimmatbaho
qog‘ozlar
va xizmatlar uchun naqd pulsiz 
hisob
– kitob 
qilish
tizimi. Bu tizim o‘zaro talablar va majburiyatlarni bajarilishiga 
asoslangan. Aytish mumkinki, kliring rivojlanayotgan mamlakatlarning 
ayrimlarida valyutani erkin konvertatsiya 
qilish
borasida chegaralanishlarni keltirib 
chiqarishi mumkin.
Kompensatsion bitim – uzoq muddatli tashqi savdo kelishuvlari shakli 
haridorga takdim etilgan mahsulot yoki ko‘rsatilish lozim bo‘lgan xizmatning 
to‘lov borasidagi yengilligi.
Tajribada ko‘rinishicha, tomonlarning aniq kelishuvlari so‘nggida 
ro‘yxatdagi tovarlarning soni va bahosi sifat darajalariga mos kelishi shart etib 
belgilangan. 
Kon’yuktura – ayni paytdagi iqtisodiyotda kechayotgan 
qandaydir
o‘zgarishlar va ob’ektiv ahvolning 
holati

Kuponli foyda keltiruvchi federal obligatsiya zayomlari (OFZ) – Rossiya 
Federatsiyasining davlat shaklidagi 
qimmatli
qog‘ozi
(zayomi) bo‘lib, u zayomni 
olgan kishiga o‘z nominal 
qiymatini
saqlagan 
holda
foyda keltirishi mumkin. 
Yutuk chiqmasa uning 
qiymati
saklanadi, yutuq chiqqanda esa aniqlangan pul 
kupon shaklida zayom sohibiga beriladi. 
Litsenziya – texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni 
ishlatish uchun beradigan ruxsati. Davlat yoki korxona, tashkilotlar tomonidan 
biror iqtisodiy faoliyatni bajarishga rozilik berish, ixtirolarga, texnik yangiliklarga, 
ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlaridan ma’lum 
vaqtga foydalanish uchun beriladi. 
Mashina va uskunalar ijarasi – kredit eksporti shakli, mol-mulkni ma’lum 
muddatda va 
haq
to‘lab ishlatib turish yuzasidan bo‘lgan iqtisodiy munosabat. 
Bunday ijara usuli 
qisqa
muddatli (reyting), o‘rta muddatli (xayring) va 
uzoq muddatli (lizing) bo‘lishi mumkin. Ijara 
haki
korxona daromadining bir 
qismi
bo‘lib, ijarachi va ijaraga beruvchi o‘rtasida shartnoma yo‘li bilan korxonaning 
rentabelligi va rivojlanish istiqbolini 
hisobga
olib o‘rnatiladi. 
Muddatli 
qarz
– 
qarzdorlik
, sheriklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomaga ko‘ra 
muddati o‘zgarmas 
qarz

Mahsulot negizi bahosi indeksi – ayni paytdagi mahsulot bahosini uning 
negizi tengligiga bo‘lgan mutanosibligi.
Milliy boylik – mamlakatning jami resursi ya’ni ishlatilgan va 
ishlatilmagan potensiallar, aholi turmush tarzi uchun zarur mahsulot va xizmatlar. 
Milliy boylik 
hajmiga
doirasida moliyasiz aktivlar (asosiy fondlar, zahiralar, 
boyliklar) va moliyali aktivlar (yer, yerosti 
qazilmalar
, tabiiy resurslar, moddiy va 
mavjud aktivlar), shuningdek aholining o‘zlarida mavjud bo‘lgan xususiy mulklar 
kiradi. 
Mumkin 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin