O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/48
tarix24.10.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#160072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

hamkorligi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 
bilan tashqi savdo oboroti 
har
yili 1,2 mlrd. dollarni tashkil 
qilayapti
. Uning 47 % 
foizi o‘zbek eksportiga, 53 % Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga importni 
tashkil 
qiladi
. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning yirik savdo-
iqtisodiy 
hamkorlari
Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, 
Niderlandiya va boshqalar 
hisoblanadi

EI mamlakatlari shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sarmoya kiritayotgan yirik sheriklar 
hamdir
. O‘zbekiston 
hududida
YEI 
mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirokida 500 dan ziyod korxonalar ishlab 
turibdi, ulardan 115 tasi yuz foiz (100%) Yevropa kapitali 
hisobiga
tashkil etilgan. 
Yevropa investorlari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilgan yirik 
loyihalar orasida «Oksuk Mayning» kompaniyasi bilan birga tashkil etilgan oltin 
rudasini 
qayta
ishlovchi «Amanatu Goldfildz», tamaki mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi «O‘z BAT», «Doyche-Kabel AG Toshkent», avtomobil va 
qurilish
oynalari ishlab chiqaruvchi «Tekint» (Italiya) 
qo‘shma
korxonalari bor. 
EI mamlakatlari banklari va sug‘urta agentliklari O‘zbekistonda umumiy 
summasi 2,9 mlrd. dollarlik 174 loyihani moliyalashtirganlar. Ayni paytda 
shaharlar kommunal xo‘jaligi infratuzilmasi va irrigatsiya inshootlarini 
rekonstruksiya 
qilish
bo‘yicha, amaldagi neft konlari samaradorligini oshirish va 
yangi istiqbolli loyihalar asosida energetika tizimini modernizatsiyalash 
(Fransiya); O‘zbekiston janubida polimetall ruda konlarini ishlab chiqish (Buyuk 
Britaniya) va kasbiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash borasida faol ish olib 
borilayapti. 
O‘zbekiston–AQSH savdo-iqtisodiy munosabatlari. AQSH 
ham 
O‘zbekiston 
iqtisodiyoti uchun muhim investorlardan biri 
hisoblanadi
. 2001 yilda AQSH va 
O‘zbekiston o‘rtasida strategik munosabatlar o‘rnatilganligini e’lon 
qildilar

Keyingi yillarda ularning o‘zaro tashqi savdo aloqalari
o‘sib bormoqda. 
O‘zbekiston va AQSH yoqilg‘i-energetika kompleksi, tog‘ konchiligi, ximiya, 
yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati, axborot texnologiyalari, yuqori 
texnologiya mahsulotlari singari istiqbolli sohalarida 
hamkorlikni
rivojlantirayapti. 
Hozirgi
vaqtda O‘zbekistonda AQSH sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 
453 ta korxonalar 
qayd
etilgan. Ulardan 120 tasi yuz foiz chet el kapitaliga barpo 
qilingan
.
Ular orasida «Zarafshon-Nyumont» amerikaning oltin 
qazib
oluvchi «Nmont 
Mayning» korporatsiyasi ishtirokida ish boshladi. «Bi Es Ay Indostriz Ink» 
kompaniyasi bilan Xo‘jaobod yer osti tabiiy gaz ombori 
qurilishi
, «ABB Lummus 
Global» kompaniyasi ishtirokida Sho‘rtangaz kompleksi 
qurilishi
, «Teksako» 
kompaniyasi bilan yuqori sifatli moy ishlab chiqaruvchi «O‘z-Teksako» 
qo‘shma
korxonasi 
qurilishi
amalga oshirildi. 
Qashqadaryo
viloyatining Shimoliy 
O‘rtabo‘loq neft konida «Beyks Xyuz», «Keys Neyu Xoland» kompaniyalari bilan 


35 
hamkorlikda
neft 
qazib
olishni ko‘paytirish, 
qishloq
xo‘jaligi texnikasiga lizing va 
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borilayapti. Akkumulyatorlar va 
boshqalar ishlab chiqarish uchun Jizzax shahrida
«O‘z Eksayd» 
qo‘shma
korxonasi 
tashkil etildi. 
O‘zbekiston AQSH bilan moliya-kredit sohasida 
hamkorlik
qilayapti

Amerikaning Eksim banki O‘zbekistonda 44 ta 
qo‘shma
loyihani moliyalashtirish 
uchun 1,5 mlrd. AQSH dollari kredit ajratgan. 
Ayni paytda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida 
ham 
yetakchi sohalarda iqtisodiy 
hamkorlik
kengayib, rivojlanib borayapti. Jumladan neft, gaz, tog‘
kon sanoati

transport tizimi, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda 
ham 
o‘ntaga yaqin istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ustida 
ishlar olib borilmoqda. 
Nazorat savollari 
1.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdoning roli va 
ahamiyatini harakterlang. 
2.
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi 
qachon
tashkil topgan? 
3.
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik 
qachon
tuzilgan? 
4.
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik oldiga 
qanday
vazifalar 
qo‘yilgan

5.
Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat 
to‘g‘risida»gi 
qonun
qachon
qabul
qilingan

6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
qanday
qonunlar
qabul
qilingan

7.
O‘zbekiston Respublikasi bilan dunyoning nechta davlatlari savdo-
iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi? 
8.
Mustaqillik yillarida respublikaning tashqi savdosi umumiy 
hajmi
necha 
marta ko‘paydi? 
9.
Qaysi
yildan buyon respublika tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo 
ta’minlanayapti? 
10.
1990-2005 yillarda respublika eksportida xom ashyo resurslari ulushi 
necha foizga 
qisqardi

11.
1990-2005 yillarda eksportda paxta tolasi ulushi necha foizga 
qisqardi

12.
Mamlakat eksporti nomenkulaturasi 
qaysi
tovarlar bilan to‘ldirilayapti? 
13.
Oziq-ovqat tovarlari importi necha foizga 
qisqardi

14.
Yangi texnika va texnologiyalar, yangi uskunalar sotib olish necha foizga 
o‘sdi. 
15.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida Rossiya mamlakati 
necha foizni tashkil 
qiladi

16.
Respublika tashqi savdosida 
qaysi
mamlakatlar asosiy sherik (partner)lar 
bo‘lib 
hisoblanadi



36 
V Bob. XALQARO KAPITAL MIGRATSIYASI
1.§. Kapital chiqarish xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
etakchi shakli 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va zamonaviy jahon xo‘jaligida mamlakatlar 
o‘rtasida chetga kapital chiqarish (eksport), uning faol migratsiyasi (harakati) 
asosiy muhim belgilardan biridir. 
Kapital chiqarish mazkur mamlakat milliy kapital aylanmasidan bir 
qismini
olish jarayonlarini o‘zida mujassam etadi. U tovar yoki pul shaklida boshqa 
mamlakatlar ishlab chiqarish jarayonlariga aralashadi. Avval boshqa kapital 
chiqarish jahon xo‘jaligida kapital eksportini amalga oshiruvchi kam sonli 
rivojlangan mamlakatlargagina xos edi. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi bu jarayon 
doirasini ancha kengaytiradi. Kapital chiqarish iqtisodiyotning dinamik 
taraqqiyotida 
har
qanday
sharoitda 
ham
muvaffaqiyatli vazifa bo‘lib 
qoladi

Kapitalni sanoat negizida rivojlangan mamlakatlar 
ham
, o‘rtacha taraqqiy etgan 
mamlakatlar 
ham
, rivojlanayotgan mamlakatlar 
ham
chiqaradi. 
Hozirgi
paytda kapitalning xalqaro harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarni 
turli shakllari rivojlanishida, jahon iqtisodiyotini faoliyat ko‘rsatishda 
hal
qiluvchi
element bo‘lib 
qolmoqda
. Ekspertlarning baholashlaricha,to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari taxminan 34 % ni, ya’ni jahon 
savdosi ko‘payishi sura’tlaridan 5 marta ko‘pni tashkil 
qiladi

2. §. Kapital chiqarishning sabablari va asosiy shakllari 
Kapital chiqarishga asosiy sabab va ehtiyoj mazkur mamlakatda kapitalning 
to‘planib 
qolishi
, nisbatan zaruriyatdan ortiqchaligi 
hisoblanadi
. Tadbirkorlikdan 
daromad yoki foiz olish maqsadida u chetga o‘tkaziladi. Kapital ichki 
investitsiyalashga mablag‘ yetishmay 
qolganda
ham
amalga oshirilishi mumkin. 
XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab kapital chiqarish to‘xtovsiz o‘smoqda. 
Kapital eksporti tovar eksporti bo‘yicha 
ham
rivojlangan mamlakatlar ichki yalpi 
mahsulot o‘sishi sur’atlari bo‘yicha 
ham
o‘zib ketmoqda. Kapital chiqarish ko‘lami 
oshayotgani uni xalqaro migratsiyasini kuchaytirmoqda. 
Kapitalning xalqaro migratsiyasi – bu mamlakatlar o‘rtasida kapital 
harakatining
bir-biriga peshvoz 
harakti
bo‘lib, 
ham
divident shaklida, 
ham
foiz 
miqdorida daromad keltiradi. 
Har
bir mamlakat bir vaqtning o‘zida kapital 
eksportchisi va importchisi 
hisoblanadi
: ya’ni, chorraxa investitsiyasi ro‘y beradi. 
Katta daromad olish yo‘lida kapital chiqarishning muhim sabablari: 

mamlakatda chiqarilayotgan kapitalning to‘planishi; 

jahon xo‘jaligi turli bo‘g‘inlarida kapitalga va unga talab va ehtiyojning mos 
kelmasligi; 

mahalliy bozorni monopoliyalashtirish imkoniyati mavjudligi; 

mamlakatda arzon xom ashyo va ishchi kuchlarining borligi; 

barqaror siyosiy vaziyat va 
qulay
investitsion muhitning mavjudligi. 


37 
Kapitalni chiqarish va uni rag‘batlantirishning asosiy omillari 
quyidagilardan
iborat: 

milliy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi 
kapital chiqarishni faollashtiruvchi, 
harakatlantiruvchi
kuchidir. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiya shaklidagi kapital eksporti ayniqsa ishlab chiqarishni 
xalqaro, ya’ni xalqaro mahsulotlar ishlab chiqarishga aylantirishda bosh omil 
hisoblanadi
. Xalqaro mahsulotlar bu global xalqaro bozorda sotiladigan 
(avtomobillar, samolyotlar, radioelektronika, kompyuterlar va boshqa) 
mahsulotlardir. 

xalqaro sanoat kooperatsiyasi, sho‘’ba korxonalarida transmilliy kompaniya 
(TMK) 
quyilmalari
turli mamlakatlardan ayrim yuridik mustaqil korxonalarni 
yagona xalqaro korporatsiya doirasida ixtisoslashish, texnologik, sohaviy 
yakin 
hamkorligini
o‘rnatish; 

rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
qo‘llab
-
quvvatlash
uchun sezilarli 
hajmda
kapital jalb 
qilish
, bandlik 
darajasini saqlash, sanoat yetakchi sohalari taraqqiyoti; 

rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy 
holati
, xorijiy kapitalni jalb 
qilish
yordamida o‘z iqtisodiyoti rivojiga sur’at bag‘ishlash, «
qashshoqlik
»dan 
kutilishga urinish; 

iqtisodiy omillar sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xalqaro korporatsiya 
qat’iy
ekologik normalar tufayli ishlab chiqarishni rivojlangan mamlakatlardan 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chiradi; 

kapital oqimini yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi xalqaro moliya 
tashkilotlari muhim rol o‘ynaydi. 
Kapital chiqarish o‘z shakli va xususiyatga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. 
Xususan, kelib chiqish manbaiga ko‘ra (1) davlatniki, va (2) xususiy kapital. 
Xalqaro kapital mablag‘larida davlat kapital mablag‘lari yana rasmiy 
hisoblanadi
. Ular davlat byudjeti mablag‘larini tashkil 
qiladi
va bevosita yo 
hukumat
qarori
bilan, yo 
hukumatlararo
tashkilot 
qarori
bilan xorijga yo‘naltiriladi 
yoki u yoqdan 
qabul
qilinadi

Shakliga ko‘ra bular – davlat zayomlari, ssuda, grantlar (
hadyalar

hukumatlararo
bitimga ko‘ra (XVF kreditlari) yordam o‘tazish. 
Xususiy kapital-bular xususiy shaxslar (yuridik yoki jismoniy) tomonidan 
xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan 
qabul
qilinadigan
nodavlat manbalar. 
Bunga investitsiyalar, savdo kreditlari, banklararo kreditlash kabilar kiradi. 
Joylashish muddati bo‘yicha chet el kapital 
qo‘yilmalari
(1) 
qiska
muddatli, 
(2) o‘rta muddatli va (3) uzoq muddatliga bo‘linadi. Keyingisiga 15 yildan ziyod 
muddatga 
qo‘yilgan
mablag‘lar
kiradi. 
Foydalanish xususiyatiga 
qarab
xorijiy kapital mablag‘lari (1) ssudali, (2) 
tadbirkorlik ko‘rinishida bo‘ladi. 
Birinchisi protsent shaklida foyda olish uchun berilgan mablag‘larni 
bildiradi. Bu sohada davlat tomonidan va xususiy manbalardan 
qo‘yilmalar
faol tus 
oladi. 


38 
Tadbirkorlik investitsiyalari bevosita yoki bilvosita ishlab chiqarishga 
qo‘yiladi
va u yoki bu 
hajmda
dividend shaklidagi foyda olish 
huquqiga
ega 
bo‘ladi. Bu yerda gap asosan xususiy kapital 
mablag‘lar
haqida
bormoqda. 
Maqsadlarga ko‘ra tadbirkorlik kapital 
mablag‘lari
(1) bevosita, (2) protfel 
investitsiyalariga bo‘linadi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) ushbu satrlarga (ya’ni 
maqsadlarga) yana bir guruhni – «investitsiyalar»ni kiritadi, unga asosan xalqaro
zayomlar va bank depozitlari kiradi. 
3. §. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kapital mablag‘lari 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya (sarmoya)lar 
ham
jahon iqtisodiyotiga, 
ham
uning o‘zagi-xalqaro biznesga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar deyilganda yo 10 yoki undan ziyod oddiy 
aksiyalar ustidan xorijiy nazorat, yoki korxona boshqaruvida «samarali ovozlar» 
tushuniladi. Ayrimlar bu faqat mulk, aksiyalar kapitalidagi ulushini mablag‘ bilan 
olish; (1) xorijdan aksiyalar sotib olish; (2) daromadni 
qayta
investitsiyaga 
yo‘naltirish; (3) firma ichki zayomlari yoki firma ichki 
qarzlarni
uzish. 
Bundan tashqari turli noaksionerlik shakllar – subkontrakt, boshqaruv bitimi, 
franchayzing, litsenziyali oldi-berdi, mahsulotni taqsimlash va shular kabilar 
ham
mavjud va amaliyotda keng foydalaniladi. Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shakllari va usullari global harakterdagi bir 
qator
muammolarni keltirib 
chiqarishi, ularni 
hal
etish uchun nostandart 
qarorlar
qabul
qilishga
to‘g‘ri kelishini 
ham
tan olish kerak. 
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan davrda chet el kapital 
qo‘yilmalari
(mablag‘lari
)
1/3 ga ko‘paygan. Keyin ular 10 yilda, so‘ngra – 6-7 yilda ikki 
barobar ko‘payib borgan. Chorak asrda (50-yillar o‘rtalaridan) ular 4 marta o‘sgan 
va 80-yillarda jahonda taxminan 450 mlrd. dollar 
qo‘yilmalar
qo‘yilgan
. 1990 
yilda 1,7 trln. dollarlik marra egallandi. Ya’ni, ular faqat o‘n yil ichida 4 baravar 
oshdi. 2004 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yig‘indisi umumiy 
summasi 3 trln. AQSH dollaridan oshib ketdi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning bundan yuqori o‘sish sur’atlari eng 
avvalo jahon xo‘jaligini olg‘a siljishgani, transmilliy korporatsiyalar oldingidek 
kapital shaklida emas, ishlab chiqarishni chiqargani, nafaqat daromad olishni 
mo‘ljallagani, balki 
hali
ishlab chiqarishning o‘zi amal 
qilar
ekan, uzoq muddat 
daromad olishni ko‘zlangani bilan bog‘liqdir. 
Hozirgi
davr 
bosqichida 
jahondagi 
barcha 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarning 9/10 xalqaro korporatsiyalar tomonidan nazorat 
qilinmoqda

Jahonda bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni 39 mingtani, yana plyus 270 
mingta xorijiy filiallarni tashkil 
qiladi
. Shuning uchun shuni ta’kidlash mumkinki, 
endilikda transmilliy korporatsiyalar va ularga o‘xshash xo‘jalik tuzilmalari jahon 
xo‘jaligining dinamik sektorini tashkil 
qiladi

Hozirgi
davr bosqichida deyarli barcha mamlakatlar kapital eksportyorlari 
hisoblanadi
, shu bilan birga barcha davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital importlari 
hamdir
. Shunga 
qaramasdan
investitsiyalarni taqsimlash (ularning geografik 


39 
tuzilishi) bir tekis emas. Misol uchun, yirik donor bo‘lgani 
holda
Yaponiya bunday 
kapital 
qo‘yilishlarida
kamtargina o‘rinni egallaydi. Yaponiya 
hukumati
tomonidan 
yo‘l 
qo‘yilgan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi va bu mamlakat biznesi atigi 
17,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. 
Hozirgi
vaqtda uch 
qutbli
to‘g‘ridan-to‘g‘ri global ahamiyatga
ega bo‘lgan 
chet el investitsiyalari tuzilishi 
haqida
gapirish uchun barcha asoslar bor. Bu
AQSH, Yevropa ittifoqi, Yaponiyadir. 
Bu «uchlik» hissasiga umumiy investitsiya chiqarish va kiritishning 4/5 ga 
yaqinrog‘i to‘g‘ri keladi. Ya’ni, jahon savdosida ularning ulushi amalda ko‘proq. 
AQSH kapital harakatining yirik ishtirokchisiga aylangan. 
EI da to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya asosida integratsiya darajasi o‘sib 
bormoqda. Butun 
hudud
esa yirik kapital eksportchisi sifatida maydonga 
chiqayapti. Yaponiya tomonidan investitsiya chiqarish yuqori sur’atlarda 
o‘sayotgani 
qayd
qilinmoqda
. U «tashqi iqtisodiyot» 
hajmlari
bo‘yicha jahonda o‘z 
o‘rnini jiddiy mustahkamlayapti.
«Uchlik» ning o‘z ichida esa kapitalning o‘zaro chatishib ketishi borayapti, 
o‘zaro savdo jahon savdosiga nisbatan tez o‘sayapti. «Uchlik» 
qiyofasida
yangi, 
yanada yuqoriroq 
qavat
xalqaro mehnat taqsimoti va o‘z milliy tartibga solish 
mexanizmi vujudga kelayapti. 
Hozirgi
jahon xo‘jaligi standartlari ustidan 
hududiy
darajada ustunlik yaratilayapti. 
«Katta yettilik» o‘zida o‘ziga xos yuqori bozor 
qavati
«shtab»ini namoyon 
etadi. Unda integratsiya xalqaro munosabatlarga asoslanib emas, balki xo‘jalik 
taraqqiyoti yuqori dinamikasini amalda ta’minlovchi me’yorlar «o‘yin 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin