Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribalaridan O'zbrkistonda foydalanish yo'llari.
REJA:
I. KIRISH. II. ASOSIY QISM 1.1. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi va turlari.
1.2. O`zbekiston Respublikasining milliy iqtisodiy manfaatlari va unga bo`lgan xavf.
1.3. Iqtisodiy xavfsizlikni taminlashning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribalaridan O'zbrkistonda foydalanish yo'llari
III. XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
K I R I S H
Mustaqil O`zbekiston o`tgan yillar mobaynida asrlarga tatigulik tarixiy yo`lni bosib o`tdi. Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar endilikda ortga qaytmaydigan jarayonga aylandi. Bu, eng avvalo istiqlolimiz, uni mustahkamlash, shuningdek, xavfsizlik va tinchlik uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning natijasidir. Darhaqiqat xavfsizlik va tinchlikka erishmasdan turib, biror ezgu maqsadga erishib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Xavfsizlik va tenglik uchun kurashmoq kerak” nomli kitobi bilan tanishganda ko`ngildan shu fiklar o`tadi. Kitobning qimmmatli jihati shundaki, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, terrorchilik balosiga qarshi kurashda juda katta e`tabor bergan. Bugungi kunda sayyoramizda tinchlik barqarorlikka jiddiy xavf solib turgan xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda birlashtirishni, harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan taklif, fikr va mulohazalar milliy va iqtisodiy xavfsizlik dolzarb masala ekanidan dalolat beradi.
Darhaqiqat, o`tgan asrnning keyingi yillaridan boshlab iqtisodiy xavfsizlik muammosi o`ta keskinlashdi, “iqtisodiy xavsizlik” tushunchasi keng qamrovli, murakkab tushuncha ekanligi oydinlasha boshladi. An`anaviy yondashish va usullar orqali iqtisodiy xavfsizlikni to`liq tavsiflab bo`lmaydi.
O`zbekiston Respublikasining keyingi rivojlanishini adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik huquqiy davlatga aylanishini ta`minlovchi muhim shartlardan biri milliy xavfsizlikka erishishdir.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o`zbek iqtisodiyoti boshqaruv organlari leksikasida yangi. Xorijiy mamlakatlar boshqaruv tuzumlari faoliyati amaliyoti uchun esa avvaldan qo`llanib kelinayotgan tushuncha bo`lib, juda keng sharhlanadi. Chunonchi, iqtisodiy xavfsizlik davlat milliy xavfsizligini ta`min etuvchi asosiy bo`g`inlardan biri , mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlash yo`llari, vositalari va usullariga asoslanuvchi qarashlar yig`indisidir. Konseptual ko`rinishda u davlat iqtisodiy potensial holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillari tahliliga asoslanadi. Kuchsiz va samarasiz iqtisodiyot davlat xavfsizligini ta`minlashi mumkin emas. Bu ijtimoiy nizolarga to`la jamiyatda, ayniqsa yaqqolroq namoyon bo`ladi. Chunki “iqtisodiy xavfsizlik” va “ijtimoiy xavfsizlik” o`zaro bog`liq tushunchalar bo`lib, bir-birini to`ldiradi.
Iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanish barqarorligini ta`minlovchi muhitga o`xshash muhitni tashkil etuvchilar yotadi. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo`lishi mumkin emas. Barqarorlik- bu , jamiyatning favqulotda holatlarda hamda o`z manfaatlarini qondirish qobiliyati, vaziyatini tiklash imkoniyatidir.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi ilk bor resurslarni chegaralanganligi to`g`risidagi masala keskinlashgan bir paytda yuzaga keladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining ta`riflari ko`p. Ularni umumlashtirgan holda oladigan bo`lsak, iqtisodiy xavfsizlik – bu, davlat iqtisodiy tizimiga ta`sir qiluvchi va uning eng kam chiqim bilan, bosqichma-bosqich barqaror rivojlanishi, shu asosida jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalga oshirish uchun, milliy manfaatlar eng ko`p ifodalanishiga imkon beruvchi ( ichki va tashqi) shart va omillar yig`indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflari va yo`qotishlariga qarshi turish qobiliyatidir. Demak , tashqi iqtisodiy aloqalar murosasiz tus olayotgan vaziyatda, iqtisodiy xavfsizlikka dahl qiluvchi mamlakatning milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan omil va sharoitlar kiradi. Ular ikkiga - tashqi va ichki xavflar bo`linadi.
O`zbekiston uchun tashqi xavflarga quyidagilar kiradi:
- uning xorijiy bozorlarga chiqishiga, xalqaro moliya iqtisodiy va savdo tartiblash mexanizmlarida ishtirokiga , yangi texnologiyalarga erishishiga ;
- global Jahon iqtisodiy tizimiga (BTO) va Markaziy Osiyo regioni chegarasida iqtisodiy integratsiyaga to`sqinlik qilish;
- tashqi transport, axborot va ilmiy texnika kommunikatsiyalari tizimining rivojlanmaganligi va boshqalar.
Mamlakatning ichki xavflari quyidagilardan iborat:
- iqtisodiyotdagi totalitar tuzumdan qolgan chuqur qayta ishlamaslik, soha va hududiy disproportsiyalar;
- yer-suv va ba`zi turdagi muhim mineral xomashyo ressurslarining cheklanganligi;
-iqtisodiyotga , ayniqsa , ba`zi regionlarga , yuqori demografik bosim;
- ko`p sohalaridagi ishlab chiqarishning yuqori chiqimga va raqobatbardosh bo`lmagan mahsulot chiqarishga olib keladigan past texnik darajasi;
- iqtisodiyot sohasida yangi huquqiy asos shakllanishi va uni amalga oshirish mexanizmlarini yaratish ishlariga oxiriga yetkazilmaganligi;
- boshqaruvga yondashishning ma`muriy boshqaruv tizimiga xos bo`lgan usullari va iqtisodiy jihatdan eskicha fikr yuritish retsidivlarining saqlanib qolishi, ba`zi boshqaruv bo`g`inlarida xo`jalik faoliyatining bozor prinsipi va mexanizmlarini yetarli darajada tushunmaslik;
- iqtisodiyotning turli sektorlari va sohalarida bozor o`zgarishlari darajasi va dinamikasi, shuningdek, shahar va qishloq orasidagi tafovutlar;
- bozor infratuzilmasining rivojlanmaganligi ;
- moliya, bank-kerdit va valyuta tizimlarida pul aylanishining beqarorlashish xavfi; iqtisodiy sohada jinoyatning tarqalishi , xo`jalik subyektlari huquqiy himoya mehanizmining mukammal emasligi va boshqalar.
Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti davlatning tashkil etilgan va muvofiqlashgan iqtisodiy munosabatlaryig`indisi sifatidagi iqtisodiy tizimidir. Davlat faoliyatining iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi vazifalari quyidagilar:
- kelgusida ijtimoiy –iqtisodiy tizim va davlatni beqarorlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli omillar monitoringi va tavsifi;
- bu omillarning zararli ta`sirini yo`qotadigan yoki yumshatadigan iqtisodiy siyosat va institutsional o`zgarishlarni iqtisodiy islohotlarning yagona dasturi chegarasida shakllantirish.
Iqtisodiy xavfsizlik inshootlari- bu, xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va stratigik maqsadini tashkil etuvchi, real mavjud bo`lgan hodisa, jarayon va munosabatlaridir. Iqtisodiy xavfsizlik inshootlariga shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Iqtisodiy xavfsizlik muammolarini o`z inshootlari- mamlakaning iqtisodiy tizimi bo`lgani kabi, boshqa mumkin bo`lgan faoliyat sohalari bilan o`zaro ta`siri kesishishidagi inshootlari: harbiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, axborot va hokazo inshootlari ham bor. Iqtisodiy xavfsizlikning muhim me`yori shaxs, guruh, jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlariga rioya qilish, ularning xavfsizlik ta`minlanishiga o`zaro javobgarligidir.
Iqtisodiy xavfsizlik subyektlariga funksional va soha vazirlik va boshqarmalari, soliq va bojxona xizmatlari, banklar, birjalar, jamg`armalar va sug`urta komponiyalari, mos qo`mitalari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi, xizmat ko`rsatuvchilar va sotuvchilar, iste`molchilar jamiyatlari kiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning o`ziga xos ahamiyatini hisobga olmaslik mamlakat iqtisodiy rivojlanishida yomon oqibatlarga olib keladi. Bunga 2011 yil 11 sentabrda Nyu York, Vashingtonda uyushtirilgan terroristik aktlar misol bo`la oladi. Terroristik akt natijalari AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarda retsessiy sur`atlari o`sishida namoyon bo`ladi . Demak, xavfsizlik masalalari iqtisodiy rivojlanish masalalari bilan tor doirada bog`liq. Sunday qilib yuqori texnologiyalar ishlab chiqarish sohasidagi muammolar havo transporti, sug`urta sohasi turizm tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar qisqartirilishi bilan to`ldirilgan edi. Natijada ish joylarini yo`qotishi, kompaniyalar, aholi daromadining pasayishi, jahon ichki bozorlarida tovar xizmatlarning narxi ko`tarilishi sodir bo`ldi.
Rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanish muammolari rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Xalqaro bank ma`lumotiga ko`ra
AQShdagi terroristik aktlar va ularga javoban Amerikaning harbiy harakatlari jahonning boshqa regionlaridagi terroristik harakatlar natijasida
10 mln. ga yaqin aholi past darajali hayotga mahkum etilgan; ochlik va oziq-ovqatdan mahrumlik oqibatida 6 yoshgacha bo`lgan 20 mingdan 40 minggacha bola o`lgan; o`sish sur`atlari sekinlashgan.
Milliy manfaatlar va maqsadlar kontekstida milliy va iqtisodiy xavfsizlikni sinflarga ajratish mumkin:
1. Siyosiy xavfsizlik shaxs ustuvorligiga asoslangan turli ijtimoiy guruhlar manfaatlari balansini ta`minlovchi siyosiy tuzum shakllantirilishi bilan erishiladigan, jamiyatning siyosiy barqarorligi va davlatlararo munosabatlar tizimi chegarasida barqaror siyosiy mustaqillik mavjudligini; ichki va tashqi siyosat shaxs va jamiyat manfaatlari doirasida mustaqil o`tkazilishini ko`zda tutadi; millat va u tashkil etgan davlat institutlari tomonidan davlat tuzilmalari masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati ta`minlanadi.
2. Harbiy xavfsizlik –urush imkoniyati kam bo`ladi, chunki taraflardan hech birida boshqa tarafga nisbatan harbiy harakat boshlashga sabab bo`lmaydi, davlat mudofaa qobiliyati va davlatlararo munosabatning holati keskinlashadi.
3. Axborot xavfsizligi – shaxs , jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini u yoki bu sohada ( axborot qamali, axborot interventsiyasi, axborot urushi, dezinformatsiya va boshqalar) atayin yoki bexosdan qilingan ta`sirlardan himoyalashdir.
4. Ekologik xavfsizlik –inson yashash muhitining iqtisodiy ko`rsatkichlari umuman, biosferani, atmosfera holati, gidrosfera , lektosfera, o`simlik va hayvonot dunyosining turlar tarkibini, shuningdek, insonning turli faoliyati natijasida qayta tiklash mumkin bo`lmagan tabiiy resurslar yo`q bo`lib ketishi xavfining oldini olish.
5. Ijtimoiy –iqtisodiy xavfsizlik – jamiyat a`zolarini har qanday jismoniy va axloqiy kuch ishlatishdan, siyosiy va g`oyaviy zo`ravonlik, ijtimoiy va milliy kelishmovchilikdan himoyalash, subyektlarning ijtimoiy, siyosiy manfaatlarini , siyosiy, ijtimoiy va milliy mustaqilligini , ijtimoiy, siyosiy aloqalar va kommunikatsiyalarni chegaralash xavfi va boshqalar.
6. Iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashni asosiy ustuvor yo`nalshlari milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog`liq ravishda aniqlanadi va o`z ichiga quyidagilarni oladi:
- bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, uning murosasozligini oshirishga, real mulkdorlar sinfini shakllantirishga yo`naltirilgan iqtisodiy islohotlarni ketma-ket o`tkazish;
- xususiy tadbirkorlik , kichik va o`rta biznes rivojlanishini rag`batlantirish;
- mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni himoyalash, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta`minlashning amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish;
- barqaror va dinamik iqtisodiy o`sish asosida insonlarning munosib hayot sharoitlarini tashkil etish;
- investitsion faoliyatni faollashtirish , jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarilishini tashkil etish hisobiga mamlakat iqtisodiy mustaqilligiga erishish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgartirishlarni amalgam oshirish;
- makroiqtisodiy barqarorlik, moliya, pul-kredit tizimlari barqarorligini ta`minlash, milliy valyutani kuchaytirish;
- agrar sektorda radikal o`zgartirishlarni amalga oshirish, qishloqda bozor mexanizmini rivojlantirish, dehqonlarda xo`jayinlik hissini uyg`otish;
- tabiiy, xom ashyo, iqtisodiy va ilmiy- texnika potensialini oqilona ishlatish, mamlakat regionlarini majmuaviy rivojlantirish;
- iqtisodiyotning favqulodda holatlarda barqaror ishlashini ta`minlash;
- tashqi iqtisodiy integratsiyani faollashtirish, xorijiy kapitalni keng kiritish, eksport potensialini rivojlantirish, mahsulot eksporti va importi tizimini takomillashtirish va boshqalar.
O`zbekiston – qadimiy svilizatsiya markazi. Uning hududida rxeologiya va memorchilikka oid minglab yodgorliklar saqlanib qolgan. Ilmiy markazlar va muzeylarda o`lkaning o`ziga xos ko`p asrlik tarixidan guvohlik beruvchi ko`p miqdordagi qo`lyozma va ashyolar saqlanmoqda.
So`nggi yillarda o`tmishga, milliy tarixga, azaliy qadryatlar va an`analarga munosabat tubdan o`gardi. O`zbekiston xalqi tarixi va iqtisodini ilk manbalarga asoslangan holda chuqur va obyektiv o`rganish boshlandi. Xalq bayramlari va marosimlari qayta, diniy e`tiqodlari erkinligi to`la tiklanmoqda. O`zbekistonda yashovchi yuzdan ortiq millat va xalqlarning milliy o`zligini anglash va qadr-qimmati tiklanmoqda.
An`anaga aylanib borayotgan shonli sanalarni bayram qilish xalqning milliy o`zligini anglash , tarixiy madaniyati va iqtisodi shakllanishida katta ahamiyatga ega. So`nggi yillarda o`zida jahonga mashhur shaharlar- Buxoro, Xiva va Termizning 2500 yilligi, azim shahar Toshkentning 2000 yilligi, buyuk davlat arbobi Amir Temurning 660 yilligi, Jaloliddin Manguberdining 900 yilligi, buyuk Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al-Farg`oniy, Imom Motrudiy, Bahouddin Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa ko`plab mutafakkirlarning yubileylari va Shahrisabzning 2700 yillik to`yi o`tkazildi. Yunesko homiyligida o`tkazilgan bu tantanalarning barchasi jahon afkor ommasiga ma`lum va mashhur bo`lib, ularning har biri jahon madaniyati xazinasiga va Buyuk ipak yo`li orqali iqtisodiyotga ajdodlariniz qo`shgan salmoqli ulushdir.
O`rta Osiyoning markaziy qismini egallagan O`zbekiston eng muhim tarixiy voqealar sodir bo`linib kelgan va shundayligicha qoladi. Shu tufayli, uning xalqi tarixini, voqealarini ko`zdan kechirgan va o`tmish obidalarini o`rgangan chog`da makedoniyalik Aleksandr, Chingizxon armiyasi va boshqa sarkardalar millat xavfsizligiga tajovuz qilganligiga, uning iqtisodiyoti va manfaatlariga shikast yetkazganligiga guvoh bo`lamiz.
1991 yil 31 avgustda o`zbek xalqining daxlsiz huquqi- o`z taqdirini o`zi erkin belgilash huquqi amalgam oshdi. Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi e`lon qilindi, u o`zbek xalqining ko`p asrlik tarixida buyuk voqea bo`ldi. O`zbekiston o`zining haqiqiy davlatchiligiga tinch, parlament yo`li bilan erishdi.
Mustaqilikka erishgach, O`zbekiston taraqqiyotining o`ziga xos, ajoyib yo`lini tanladi. Uning mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolik jamiyati qurish, xalqning hayot kechirishi uchun munosib shart –sharoit yaratib berishdan iborat. Ozod – obod Vatan, erkin va farovon hayot milliy iqtisodiy manfaatlarning pirovard asosi, oily maqsad etib belgilangan.
Tanlangan yo`lning asosiy mazmuni va mohiyati – bu, normal, svilizatsiyali taraqqiyotga soxta inqilobiy sakrashlar, fojiaviy oqibatlar va kuchli ijtimoiy o`zgarishlarsiz tadrijiy yo`l bilan o`tishdir.
O`zbekistonning haqiqiy mustaqillikka erishishdagi o`z yo`li respublika iqtisodiy taraqqiyoti manfaatlarining asosi, o`ziga xos shart- sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Avalmbor, u aholining milliy- tarixiy turmush ukladi, fikrlash tarzi, xalq an`analari va urf-odatlaridan kelib chiqqan.
Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqish va amalgam oshirishda diniy “islom omili”ni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga o`tgan asrning 90- yillari boshlaridan mamlakatda iqtisodiy manfaatlar muammosi keskin va dolzarb bo`lb qoldi. Bu “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining juda murakkabligi bilan bog`liq. An`anaviy yo`nalish va usullar iqtisodiy xavfsizlikni to`liq tavsiflashga, iqtisodiy munosabatlar darajasini avvaldan aytib berish va barqarorlikni saqlashning amali yo`llarini ko`rsatishga ojizdir.
Shuning uchun mamlakatning oily hukumat organlari doirasida iqtisodiy xavfsizlik har xil talqin qilinadi. Shuningdek, unga erishish masalalari va vositalarining ustuvorligini ta`minlashga yo`naltirilgan aniq konsepsiya va strategiya ham yo`q.
Iqtisodiy xavfsizlik – davlat milliy xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilaridan biri, mamlakat iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatli ta`minlah yo`llari, vositalari va usullariga asos soluvchi qarashlar yig`indisidir. Konseptual ko`rinishda u davlatning iqtisodiy potensiali holatidan kelib chiqadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillari tahliliga asoslangan. Iqtisodiy xavfsizlikning davlat strategiyasini ishlab chiqish uchun har qanday xavf va xususan, iqtisodiy xavfni majmuali tekshirish kerak.
Yuqorida qayd etganimizdek, iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va rivojlanishning barqarorligiga o`xshash bo`lgan muhim tashkil etuvchilari yotadi –bu material, inshootning, uni yangi sifat holatiga, ya`ni tarkib yoki tuzum o`zgarishiga keltiradigan qonuniy o`zgarishidir. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo`lishi mumkin emas. Barqarorlik –bu, jamiyatning favqulotda holatlarda ham o`z manfaatlarini qoniqtirish qobiliyati, holatini tiklash imkoniyatidir. Bu jamiyat faoliyatining hamma sohalarida o`tkaziladigan va uning potensialini takomillashtirishga, hayotga qobilligini ta`minlashga yo`naltirilgan choralar majmuasidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning tekshirish predmeti tashkil etilgan va muvofiqlashtirilgan iqtisodiy munosabatlar yig`indisi sifatidagi davlat iqtisodiy tiziminig o`zidir. Iqtisodiy xavfsizlikning inshootlari –ularning himoyasi, xavfsizlik siyosatining asosiy mazmuni va strategik maqsadini tashkil etgan , real mavjud bo`lgan hodisalar, jarayonlar va munosabatlardir. Inshootlarga, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarning yetuklik darajasini aniqlovchi shaxs, jamiyat, davlat ham kiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim me`yori shaxs, guruh, jamiyat va davlat iqtisodiy manfaatlarini saqlash, xavfsizlikni ta`minlash uchun ularning o`zaro javobgarliga asoslanadi. Iqtisodiy xavfsizlik subyektlari funksional va soha vazirlik va idoralari, soliq va bojxona xizmatlari, banklar, birjalar , fondlar va sug`urta kompaniyalari, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va istemolchilar hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikning ta`rifi ko`p. Ulardan biri iqtisodiy xavfsizlik – bu , davlatning iqtisodiy tizimiga ta`sir qiluvchi eng kam chiqimlar bilan barqaror, bosqichma-bosqich rivojlangan holda jamiyatning potensial imkoniyatlarini har tomonlama amalgam oshirish uchun milliy manfaatlar ustuvorligini ta`minlashga imkon beruvchi ( ichki va tashqi) shart va omillar yig`indisi, shuningdek, davlatning turli xil xavflar va yo`qotishlarga qarshi turish qobiliyatidir.
Milliy iqtisodiy manfaatlar va maqsad. Liberal (murosasoz) ta`lim tarafdorlari fikriga ko`ra, iqtisodiy va milliy xavfsizlik asosini alohida fuqarolarning jamoa manfaatlari, umumiy manfaatlar va davlat manfaatlaridan kelib chiqadigan manfaatlari tashkil etadi. Ularda davlat, fuqarolar, jamoa va davlatning o`zi rivojlanishi uchun, ishlab turgan inshootlari va subyektiv omillarning butun spektri bilan belgilangan, eng yaxshi sharoitlar yaratib beruvchi qurol sifatida qaraladi.
Milliy manfaatlar deganda, shaxs, jamoa va davlatning mamlakat tarqqiyotiga bo`lgan ehtiyojlarini ifodalovchi hayotiy muhim manfaatlari yig`indisi anglashiladi. Boshqacha aytganda, milliy manfaatlar –O`zbekistonning milliy manfaatlari –bu, uning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy tuzilishi xususiyatlaridan, iqtisodiy rivojlanish darajasidan, xalqaro mehnat taqsimotidagi tarixiy o`rnidan, geografik holatning ixtisoslanishidan, milliy va madaniy an`analaridan kelib chiquvchi har bir fuqaro, jamoa va davlat inshootlari ehtiyojlaridan.
Mamlakat aholisining shaxsiy va milliy manfaatlari juda murakkab tuzumga ega. U turli belgilari bo`yicha sinflarga ajratilishi mumkin.
Xavfsizlik subyektlari uchun manfaatlar ijtimoiy ahamiyatining darajasiga ko`ra, hayotiy muhim va ikkinchi darajali bo`ladi. Ta`sirining davomiyligiga asosan, ular doimiy va vaqtinchalikka bo`linadi. Inson uchun, avvalo, ularning iste`moli qondirilishi va har qaysi fuqaro, jamoa, davlatning taraqqiy rivojlanish imkoniyati va mavjudligini ta`minlab beruvchi hayotiy ehtiyojlar yig`indisi sifatidagi muhim manfaatlar alohida ahamiyatga egadir. Yashash muammolari bilan bog`liq bo`lmagan manfaatlar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega.
Asosiy xavfsizlik inshootlarining hayotiy muhim manfaatlari –ular amalga oshirilmay, davlat va jamoaning barqaror holati, shuningdek, xalqaro munosabatlarning mustaqil erkin subyekti sifatida mamlakkatning normal rivojlanishini ta`minlash mumkin bo`lmagan milliy manfaatlarning bir qismi. Hayotiy muhim bo`lgan manfaatlarni tashqi va ichki xavflardan kafolatlangan himoyalash holati O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligi mazmuni va uning barqaror rivojlanish sharoitidir.
Shaxsning muhim va hayotiy iqtisodiy manfaatlari quyidagilardir:
- shaxsiy va mulk dahlsizligini ta`minlash;
- inson kuch va qobiliyatini to`laroq faollashtirish uchun samarali bozor mexanizmlarini tashkil etish;
- yashash minimumi va inson farovonligining o`sishini ta`minlash;
- yashash joyiga ehtiyojini qondirish;
- fuqarolarning shaxsiy jamg`armalarini saqlash tizimini tashkil etish va boshqalar.
Davlatning hayotiy muhim manfaatlari quyidagilardir:
- ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash;
- demokratik- huquqiy raqobatbardosh milliy iqtisodiyotli davlat qurishga yo`naltirilgan ijtimoy -iqtisodiy islohotlarni samarali o`tkazishga erishish;
- mulkdorning huquq va iqtisodiy faoliyati erkinligini kafolatlash, xususiy mulkni himoyalash v a tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- iqtisodiyotning o`sishi, aholining farovonligini oshirish uchun barqaror va dinamik ravishda sharoit yaratish;
- iqtisodiyotning ustuvor sohalarida ilmiy-texnik rivojlanishning yuqori darajasini ta`minlash; iqtisodiy xavfsizlikning samarali tizimini tashkil etish, O`zbekistonni jamoaviy xavfsizlikning regional va global tizimiga kiritish va bu tizim bilan hamkorligini yo`lga qo`yish.
Ta`sirlashishning ko`rinishi bo`yicha manfaatlar konfrantatsion, tarqaluvchi, parallel va qo`shmalarga bo`linadi.
Konfrantatsion manfaatlar – to`g`ridan-to`g`ri qarama-qarshi, bir-birini yo`qotuvchi manfaatlar antogonistik qarama-qarshiliklarning manbaidir.
Tarqaluvchi manfaatlar bir-birini kesib o`tadi, ammo bir-birini yo`qotmaydi. Ular har xil maqsadlarga erishish uchun yo`naltirilgan, lekin boshqa tarafdagilarning hayotiga xavf solmaydi.
Parallel manfaatlar – antagonizmlarsiz manfaatlardir. Mustaqil, boshqa tarafdagilar bilan harakatini muvofiqlashtirmay amalga oshirishga intilib, yaqin bo`lgan bir xil maqsadlarni ta`qib qiladigan taraflar.
Qo`shma manfaatlar –tomonlarning umuniy yondoshishini ko`zda tutgan, maqsad va ularga erishish usullari bir xil bo`lgan manfaatlar. Bu manfaatlar mustaqil amalga oshirilmaydi, ular tomonlarning umumiy maqsadlarga erishishida maksimal darajada hamkorligini ko`zda tutishadi.
Milliy manfaatlar maqsadini amalga oshirish va himoyalash davlatning asosiy vazifasidir. Milliy manfaatlat asosida davlat boshqaruvining mos organlari va institutlari, davlat iqtisodiy siyosatining, mazmuniga ko`ra, fuqarolar, jamoa va davlatning o`zlarini, eng avvalo, hayotiy muhhim bo`lgan manfaatlarini qanoatlantirish sohasidagi aksi bo`lgan maqsadlarini ishlab chiqadi va shakllantiradi. Bu maqsadlarga o`zlari uchun mos masalalarni yechish yo`li bilan erishiladi. Bunday masalalar yechimini ta`minlash uchun davlat boshqaruv organlari, respublika rahbariyati tomonidan maxsus choralar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Shaxsiy va milliy manfaatlar va maqsadlar iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash siyosati va strategiyasining asosidir. Ular har qanday davlatning ichki va tashqi siyosati maqsadlarini belgilaydi.
Respublikada islohotlarning birinchi bosqichida mulk, raqobat va tadbirkorlik to`g`risida qator qonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
1994 yil yanvarda O`zbekston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora -tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni chiqdi. Bu hujjat bozor munosabatlari sari tub burilish ro`y berganini, iqtisodiy islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichi boshlanganini anglatadi.
Islohotlar strategiyasini belgilashda O`zbekiston hukumati mulkchilik masalalari hal etilib, ko`p ukladli iqtisodiyot shakllangan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishi izchil amalga oshirilgan taqdirdagina islohotlar shaxs ko`nglidagi natijani beradi, degan fikrga asoslanadi.
Republika itisodiyorinin barcha tarmoqlarida nodavlat sektor, ya`ni shaxsning manfaati ustuvorligini ta`minlashga yo`naltirilgan tizim jadal rivojlanmoqda. 2001 yilda nodavlat sektorda yalpi ichki mahsulotning 74,1, sanoat mahsulotining 70,8, qishloq xo`jaligi ichki mahsulotining 99,0 foizi ishlab chiqarildi, qurilish -pudrat ishlarining 83,9 foizi bajarildi, aholiga pullik xizmatning 59,4 foizi ko`rsatildi.
Umumiy iqtisodiyotda ish bilan band bo`lgan shaxslarning 76,0 foizi nodavlat sektoridadir. 2002 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, barcha mulk shakllarining 88,3 foizi nodavlat, qolgan atiga 11,7 foizgina davlat mulki shaklida. Bu esa mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfi vujudga keltirilayotganini ko`rsatadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida davlatning ahvoli ijtimoiy-iqtisodiy asos barqaror emasligi, turli ijtimoiy guruh va qatlamlar manfaatlarining har xilligi va o`zaro qarama-qarshiligi, ichki nizoli munosabatlar oqibatida birmuncha og`irlashdi.
Fuqarolar va davlat, alohida ijtimoiy guruhlar va butun jamiyat, jamiyat va davlat manfaatlari bilan bog`liq jarayonlardagi qarama-qarshiliklar keskinlashishi natijasida mamlakat ichidagi u yoki bu xavfsizlik inshootlariga xavf tug`iladi. Bu iqtisodiy xavfsizlikka ichki xavflardir.
Davlat va davlatlar guruhi yoki alohida davlatlarning manfaatlariga dahldor qarama – qarshiliklar keskinlashishi natijasida milliy iqtisodiy manfaatlariga tashqaridan xavf paydo bo`ladi. Bu milliy xavfsizlikka tashqi xavfdir.
Umumiy holda iqtisodiy xavfsizlikka xavf deganda, hayotiy muhim milliy manfaatlar zarar ko`rishiga sabab bo`luvchi omillar va sharoitlar yig`indisi tushuniladi.
Boshqa davlatlar, shaxslar guruhi , alohida shaxslar, kechayotgan muayyan jarayonlar va hodisalar xavf manbai bo`lishi mumkin.
Xavflar ko`lamiga qarab, planetar, regional, milliy va local darajalarda namoyon bo`lishi, ular imkoniyatiga ko`ra, xohlagan daqiqada sodir bo`ladigan real xavflarga , ma`lum sharoitlar yaratilganida yuzaga chiqadigan potensial xavflarga bo`linishi mumkin. Shuningdek, mavhum xavflar guruhi ham uchraydi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini ta`minlovchi hamma tizimning amaliy harakatini ro`yobga chiqarish, rejalash va tashkil etish asosida real va potensial, ichki va tashqi xavflarni baholash hamda tahlil qilish yotadi.
Xavflar turli xarakterga ega bo`lib, mohiyati va hajmi bo`yicha har xil oqibatlarga olib keladi. Xavflar paydo bo`lishi va yo`qolishi, ortishi va kamayishi mumkin. Bunda ularning iqtisodiy xavfsizlikka nisbatan mohiyati o`zgaradi. Shuning uchun birlamchi xavflarni to`g`ri aniqlash va oldindan aytib berish juda muhim. Bu, mamlakat xavfsizligini ta`minlashda resurslar, kuch va vositalarni oqilona taqsimlashga imkon beradi.
Shu nuqtai nazardan respublikamiz boshqa mamlakatlardan miliy tarkibining o`ziga xosligi bilan farqlanadi. Chunonchi, mamlakatimiz etnik tizimida tub aholi yetakchi o`rinni egallaydi. Shu bilan birga, respulika hududida yuzdan ortiq millat vakillari yashaydi. O`zbekistonning milliy-madaniy xilma-xilligi milliy o`zlikni anglash va ma`naviy tiklanish darajasi o`sishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilashga, uning ochiq bo`lishiga kuchli turtki beradi, respulika jahon jamiyatiga qo`shilishi , milliy manfaatlarga xavf dahl qilmasligi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Respublika ulay geostrategik mavqega ega. Darhaqiqat, O`bekiston hududida tarixan qadimgi savdo yo`llari, Buyuk Ipak yo`li o`tgan, tashqi aloqalar faollashgan va turli madaniyatlar o`zaro uyg`unlashib, boyiydigan joy bo`lgan. O`rta Osiyo markazida joylashgan O`zbekiston bugungi kunda ham energetik va suv manbalari bilan ko`p masalalarda bog`lovchi bo`g`in vazifasini o`tamoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirshga, milliy manfaatlarga to`sqinlik qilayotgan turli ko`rinishdagi xavflarni bartaraf etish eng muhim muammolardir.
O`zbekistonda islohotlarni amalga oshirish yo`llarini tanlash va bu jarayonga yondoshishlarga tabiiy- iqlim xususiyatlari hamda milliy manfaatlarga iqtisodiy xavflar hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi. Ular nafaqat muhim strategik mahsulot –paxta yetishtirish, don va neft mustaqilligini saqlash, oltin, mis, kumush, tabiiy gaz, qurilish materiallari, meva- sabzavot, pilla va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ichki ehtiyojlarni qondirishgagina emas, balki bu mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga yetkazib berishga ham yetadigan ko`lamda ishlab chiqarish imkonini beradi.
O`zbekiston Respublikasi siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish uchun yetarli salohiyatga ega. U nihoyatda qimmatli yer osti mineral xomashyo zaxiralariga boy. Ular respublikada chuqur srukturaviy o`zgarishlarni amalgam oshirish, jahon bozoriga chiqishni ta`minlovchi sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Manfaatlarga iqtisodiy xavflarni bartaraf etish –bu, respublika ijtimoiy taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma`naviiy- madaniy va boshqa barcha sohalarini qamrab oluvchi murakkab jarayonidir. Uning pirovard maqsadi mustaqil O`zbekistonning ichki va tashqi siyosati umumiy strategiyasini belgilashdan iborat.
Ichki va tshqi siyosatning asosiy ustuvor yo`nalishlari mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan. Asosiy vazifa –respublikada asosini mehnatsevar va badavlat, axloqan mustahkam va madaniy oila tashkil etgan jamiyatni qadam-baqadam yaratishdir.
O`zbekiston –kelajagi buyuk, suveren, demokratik, huquqiy davlat; fuqarolarning millati, dini, ijtimoiy ahvoli va siyosiy qarashlaridan qat`iy nazar, huquq va erkinliklarini ta`minlaydigan, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan davlat.
Respublikada milliy manfaatlarga iqtisodiy xavflarning oldini olishda demokratik- huquqiy jamiyat asoslari faol yaratilmoqda. Davlat boshqaruvining yangi, ancha zamonaviy va samarali bo`lgan tizimi shakllanmoqda, uning o`zagini boshqaruvning prezidentlik shakli tashkil qiladi. Joylarda boshqaruv tizimi qayta tashkil etildi –viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavozimi, mahallalarda oqsoqollardan tashkil jamoa organi joriy qilindi.
O`zbekistonda davlat suverinitetini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar shakllanmoqda. Mudofaa, tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar, ichki ishlar vazirlikalari, milliy xavfsizlik xizmati, davlat bojxona, soliq, davlat mulki va xususiylashtirish qo`mitasi va qimmatbaho qog`ozlar birjasi, fan va texnika bo`limlari, oily attestatsiya komissiyasi tuzildi. Milliy manfaatlarga iqtisodiy xavflarni bartaraf etish maqsadida markaziy iqtisodiy organlarning vazifasi va faoliyat yo`nalishlari tubdan o`zgartirildi. Bank tizimi qayta tashkil etildi –davlat, tijorat va xususiy banklar soni 35 taga yetdi va ularnig viloyat, tuman, shahar bo`limlari hamda shaxobchalari aholining, tadbirkorlarning, chet el fuqarolarining sarmoyasini saqlashda, kredit berishda ancha qulayliklar tug`dirmoqda. Mustaqil milliy aviakompaniyalar, kompaniyalar va boshqa umumdavlat xizmat turlari milliy manfaatlar maqsadiga va xavfsizligini ta`minlash uchun faoliyat ko`rsatmoqda.
Tashqi va ichki xavflar to`g`risida so`z yuritganda shuni ta`kidlash kerakki, O`zbekistonning davlat suveriniteti dunyodagi barcha yirik davlatlar tomonidan tan olingan va diplomatik munosabatlar o`rnatilgan.
O`zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 martda xalqaro huquqning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ga qabul qilindi. Respublikada xavfsizlik va hamkorlik bo`yicha kengashning yakunlovchi hujjatiga imzo chekish bilan Xelsinki tashkilotiga qo`shildi.
Bugungi kunda O`zbekistonda jahondagi qator iqtisodiy va moliyaviy birlashmalar –Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Qora dengiz bo`yi davlatlari iqtisodiy assosatsiyasi, Shanxay va Markaziy Osiyo tashkiloti,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalarning a`zosi hisoblanadi.
Respulika mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritmoqda, ulkan moddiy va ma`naviy boylikka ega bo`lgan xalqmizning azaldan shakllangan turmush tarzi, an`analari, urf-odatlari va fe`l-atvorining butun dunyo bilan hisoblashadigan jihatlarini e`tiborga olgan holda o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, o`zaro foydali munosabatlar o`rnatmoqda.
O`zbekiston Respublikasida milliy davlat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy-axloqiy yangilanishi jarayoni kechmoqda. Pirovard maqsad –barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq siyosatga ega bo`lgan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdir.
Ushbu sharoitda respublikani ichki va tashqi xavflardan saqlash va ularning sinflarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, O`zbekistonning jahon iqtisodiy tizimidagi hozirgi holati, iqtisodiyotining rivojlanish darajalari, tabiiy-iqlim sharoitining xususiyatlari, milliy mentaliteti va tarixiy merosini baholash va tahlil qilish iqtisodiy xavfsizligiga bo`lgan xavfning quyidagi asosiy omillarini aniqlab beradi.
a) Tashqi xavflar:
- O`zbekiston Respublikasining xomashyo bazasi va past sifatli, raqobatbardosh bo`lmagan mahsulot o`tkazish bozori sifatida saqlab qolish;
- xorijiy bozorlarga chiqishiga, xalqaro moliya-iqtisodiy va savdo tartiblash mexanizmlarida ishtirok etishiga, yangi texnologiyalarga erishishiga to`sqinlik qilish;
- jahon iqtisodiy tizimiga va Markaziy Osiyo regionida iqtisodiy integratsiyasiga to`sqinlik qilish;
- tashqi transport, axborot va ilmiy-texnika kommunikatsiyalari tizimi rivojlanmaganligi;
b) Ichki xavflar:
- totalitar tuzundan qolgan iqtisodiyotdagi xomashyo bazasi va chuqur qayta ishlamaslik, soha va hududiy disproportsiyalar;
- yer-suv va ba`zi turdagi muhim mineral- xomashyo resurslarining cheklanganligi;
- iqtisodiyotga, ayniqsa, ba`zi regionlardagi yuqori demografik bosim (Farg`ona vodiysi) ;
- ishlab chiqarishning ko`p sohalarda yuqori chiqimiga va raqobatbardosh bo`lmagan mahsulot chiqarishga olib keladigan past texnik darajasi;
- iqtisodiyot sohasida yangi huquqiy asosning shakllanishi va uni amalga oshirish mexanizmlari maromiga yetkazilmaganligi;
- ma`muriy-boshqaruv tizimiga xos bo`lgan usullar va iqtisodiy jihatdan eskicha fikr yuritish retsidivlarining saqlanib qolishi, ba`zi boshqaruv qismlari tomonidan xo`jalik faoliyatining bozor printsipi va mexanizmlarini yetarli darajada t ushunmaslik;
- iqtisodiyotning turli sektorlari va sohalarida bozor o`zgarishlari darajasi va dinamizmidagi, shuningdek, shahar va qishloq orasidagi tafovutlar;
- bozor infratuzlmasining rivojlanmaganligi;
- moliya, bank-kredit va valyuta tizimlarida pul aylanishining beqarorligi xavfi;
- iqtisodiy sohada jinoyatning tarqalishi, xo`jalik subyektlari huquqiy himoya mexanizmining mukammal emasligi.
O`zbekistonda milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning asosiy yo`nalishlari ustuvor milliy manfaatlar, real va potensial xavflarga bog`liq ravishda aniqlanadi va quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- bozor iqtisodiyotini shakllantirishga, uning qudratini oshirishga real mulkdorlar sinfini shakllantirishga yo`naltirilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan o`tkazish;
- xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes rivojlanishini rag`batlantirish ;
- mulkdorlarning huquqlari va xususiy mulkni himoyalash, iqtisodiy faoliyat erkinligini ta`minlashning amaliy-huquqiy mexanizmlarini shakllantirish; - investitsion faoliyatni faollashtirish, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotning zamonaviy ishlab chiqarishini tashkil etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish;
- makroiqtisodiy barqarorlik, moliya, pul-kredit, tizimlari mustahkamligini ta`minlash, milliy valyutani kuchaytirish;
- favqulotda holatlarda iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta`minlash;
- iqtisodiy va demokratik yangilanishlar yo`liga g`ov bo`layotgan barcha darajadagi boshqaruv tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etish;
- ma`muriy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqalar.
O`zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning 12 yillik yakunlari va bu sohada eng muhim ustuvor yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xavfsizlik va tinchlik uchun kurashda asos bo`lib xizmat qiladi.
Agar tarixga nazar tashlasak, o‘z faoliyatida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy — texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o‘z ko‘chasini ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan, bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni qayta ishlash, boshqaruv jarayonining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi o‘z navbatida tezkor elektron hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi.
Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.
Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Ma’lumki, globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o‘z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta’minlashga keng imkoniyatlar beradi.
Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea — hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya’ni an’anaviy tahdidlar bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda jahon geosiyosatida geostrategik kuchlar muvozanatining o‘zgarishi, ko‘p qutbli markazlar yuzaga kelishi, ular orasidagi raqobat hamda ayrim davlatlarning dunyo hukmronligi uchun ochiqdan — ochiq da’volari yangi mustaqil davlatlarda jamiyatni erkinlashtirish va huquqiy demokratik davlat qurish jarayoniga, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ushbu geosiyosiy raqobat oqibatida xalqaro xavfsizlikning yangi noan’anaviy tahdidlari: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm, narkobiznes, noqonuniy qurol savdosi, separatizm vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur tahdidlar esa zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi globallashuv va integratsiyalashuv natijasida kundan-kunga milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda.
So‘nggi davrlarga kelib, geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi hamda raqobat kuchayishi natijasida yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari, ilgari kuzatilmagan tahdidlar yuzaga kela boshladi. Ayrim g‘arb davlatlari tomonidan o‘z milliy manfaatlarini kengaytirishda «demokratiya eksporti» «ikkilamchi me’yor» siyosiy va «axborot huruji» kabi asosiy vositaga aylanmoqda. Globallashuv jarayonini bevosita axborot bilan bog‘liq ekanligini tushinish qiyin emas, albatta.
Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda.
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy «qurol»ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati «Xavfsizlik»ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.
Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali «ezgulikka» xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin.
Agarda mustaqilligimizning dastlabki yillarida G‘arb matbuotining Respublikamizga bo‘lgan munosabatini tahlil etadigan bo‘lsak, «Ozodlik», «BBS» va boshqa radio hamda gazetalarda ko‘proq ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shu kabi sohalardagi kamchiliklarga e’tibor qaratilar edi. Lekin, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida qat’iy va dadil yo‘l tuta boshlaganidan, ayrim xalqaro tashkilotlaru «Buyuk derjava» larning yo‘rig‘iga yurmaganidan, ularning geostrategik rejalarini barbod etgandan so‘ng axborot hurujlar avj ola boshladi. So‘nggi vaqtlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida terroristik tajovuzlar dunyoning Yevropa qismida «terrorizm» deb baholanib, O‘zbekistonda «inson haq-huquqlarining himoyasi» sifatida qaralmoqda. Mana shunday sharoitda, ya’ni, demokratik jarayonlarga baho berishda kim holis yondoshayotganligi, kimning esa berayotgan bahosi uydirma bo‘lib, haqiqiy demokratiyaga va milliy manfaatlarga zid ekanligini anglash uchun har birimizda fuqaroviy pozitsiya bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar.
«Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi». Qarang bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, «jurnalist» deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib xalqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter tizimlari xavfsizligini ta’minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlarida «axborot quroli»ga qarshi maxsus davlat dasturini amalga oshirish uchun yiliga 137 mln. dollar sarf qilinadi.
«Bugungi kunda, — degan edi, O‘zbekiston respublikasi brinchi Prezidenti Islom Karimov, — insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf — insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi».
Kurashning bu turida eng samarali qurol — axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Mutaxassislarning xulosalariga qaraganda, rahbarlar, boshqaruv xodimlari axborotlar bilan ishlashga o‘z vaqtlarining 30 foizdan 80-95 foizgachasini sarflashar ekan. Bu tabiiy holat. Chunki o‘z vaqtida va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish va amaliyotda unumli foydalanish samarali boshqarishni ta’minlashning sharti hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, endilikda axborot- davlat faoliyatida boshqaruvchilik kuchini sezilarli darajada namoyon qiladi. O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uni ayrim davlatlarning bizning mintaqamizga intilishlari mohiyatida ikki muhim jihat-mintaqada geosiyosiy ta’sirga va bu yerdagi tabiiy hamda notabiiy resurslarni tasarruf etishda o‘z ulushiga ega bo‘lish alohida ko‘zga tashlanadi. Boshqa ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, buning O‘zbekiston hukumati tomonidan anglab yetilgani va mazkur masala uning tashqi siyosatida aks etib turishi «katta o‘yin» qatnashchilarini o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday usul hamda vositalardan foydalanishga majbur etadi.