O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə24/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorijlik olimlar hamda mutaxassislarning bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlardan foydalanish talaba va o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda jamlanishi, o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasining ko‘tarilishiga yordam beradi.
Erkin va standartlatirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va boshqarilishi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasining tekshirilishi (ta’lim jarayonida talaba va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarni attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq amallar ham kiradi) masofaviy ta’limda ham yo‘lga qo‘yilishi shart. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimlarining samaradorligini oshirishda ham bunday tadbirlar amal qiladi.
O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni etkazishda ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan unumlifoydalanish ikoniyatlarining mavjudligi ta’limning ushbu shakli egiluvchanligini ifodalaydi.
O‘qituvchining roli va uning pedagogik imkoniyatlari. O‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash va har bir o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligini har tomonlama o‘rganish sharoitining mavjudligida ko‘rinadi.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin