Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
Ta’lim jarayonida kreativlikni shakllantirish va rivojlantirishni izohlab bering.
O‘quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyihalash haqida tuchuncha bering.
Dars jarayonida o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatishda yo‘llari haqida izohlab bering.
Hozirgi davrda jahon mamlakatlari masofaviy ta’lim tizimi
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga asoslangan va jahondagi ilg‘or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayangan holda, kadrlar tayyorlash tizimini yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biriga aylandi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezedenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “agar biz haqiqatdan ham qashshoqlik va qoloqlik kishanlaridan qutulmoqchi bo‘lsak, yoshlarni tayyorlash bilan juda jiddiy shug‘ullanishimiz, zamonaviy kasblarni egallashda ularga yordam berishimiz kerak”, chunki, ishlab chiqarish sohasi vakillarini tarbiyalash, o‘qitish, malakasini oshirib borish ijtimoiy himoyalash taraqqiyotining garovidir.
Shunday ekan, bizda xorijiy tajribani o‘rganish va amalga tadbiq qilish, qolaversa, oliy ta’lim va uni boshqarish tizimini o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Yaponiya Oliy ta’lim tizimi
Yaponiyada oliy ta’lim majburiy hisoblanadi va u kasb ta’limi bilan uzviy bog‘liqdir. Oliy ta’lim tizimi quyidagiturlarni o‘z ichiga oladi:
To‘liqssikldagi universitetlar (4 yil).
Tezlashtirilgan universitetlarssikli (2 yil).
Kasb ta’lim kollejlari.
Texnika institutlar.
Bugungi kunda Yaponiya mamlakati hududida 600 dan ortiq universitet talabalarni qabul qilmoqda, shularning, 425 tasi xususiy o‘quv muassasalaridir. Yaponiyadagi umumiy talabalar soni 2.5 milliondan ko‘proq kishini tashkil etadi. Ta’lim muassasalari qatoriga boshlang‘ich kollejlar (2yillik o‘qitishssikli), o‘rta maxsus kollejlar (4yillik o‘quvssikli), texnikumlar (o‘quv tizimining davomiyligi
5 yil). Biroq, Yaponiyaliklar oliy ta’lim sifatida an’anaviy tarzda faqatgina universitet ta’limini hisoblashadi.
Yaponiya ta’lim tizimida qanday farqli jihatlar mavjud? Ta’lim tizimining rivojlanish jarayonida, Yaponiya maorif tizimiga rivojlangan g‘arb mamlakatlari ta’lim tizimidan maktab tizimiga doir ba’zi elementlarni qabul qildi. Yaponiya o‘zining ilg‘or ta’lim tizimiga egadir va undagi struktura hamda vazifalar ko‘plab rivojlangan mamlakatlar bilan umumiy jihatlarga ega.Yaponiya Oliy ta’lim tizimi yuqoriligi bilan dunyoda etakchi o‘rinni egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |