O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə31/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:


  1. Milliy mafkuraning vazifalarini tushuntirib bering.

  2. Sinfdan va darsdan tashqarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni bilasizmi?

  3. O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga nimalar kiradi?

  4. Tarbiya jarayoni deganida nimalarni tushunasiz?
    1. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichlari


Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu ajralmas jarayondir. Bu bosqichda tarbiyachilar oldida: tarbiyalanuvchilar bilan birga faoliyat yo‘nalishining barcha qismlarini aniqlash, ishtirokchilar orasida majburiyatlarni taqsimlash, ularni qanday qilib bajarish lozimligini ko‘rsatish kabi muhim vazifalar ham turadi.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagicha yondashuv qilinishi mumkin:

  1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda tarbiyalanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga tayanish, ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini imkon darajasida kengroq qamrash lozim. Chunki, ishning favqulodda murakkabligi tarbiyachi niyatining o‘quvchilar tomonidan anglab etolmasligiga, ishning nega va nima uchun bajarilishi haqidagi noaniq tasavvur esa, tarbiyaviy ishni quruq rasmiyatchilikka aylaniradi. Keyingi ishga qiziqtirish engil kechmaydi.

  2. Tarbiyaviy ish – jamoatchilik ishi. Tarbiyalanuvchilarga reja tuzish-ning nihoyatda mas’uliyatli mashg‘ulot ekanligini, tarbiyalanuvchi ishlayotgan har bir bo‘limning boshqa bo‘limlar bilan albatta bog‘liqligini va bir-birini taqozo etishini his qilishiga imkoniyat bering. Rejalashtirish, albatta, jamoaviy xarakter kasb etishi zarur.

  3. Rejalashtirishning tarmoqli uslubiyoti, ko‘rgazmali, oson o‘qiladigan va tushunarli chizma rejalar tuzish uslubiyotlari bilan tanishing. Tarbiyalanuvchilar bilan ularni o‘rganing, ularni mehnatning boshqa turlarini rejalashtirishda tarmoqli chizmani qo‘llashga o‘rgating.

Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning umumiy nazariyasi texnologiya tayanadigan oltita qoidani taqdim etadi va ular tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda tarbiyachi tomonidan albatta hisobga olinishi zarur.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin