O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə39/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Innovatsiyaning maqsadi – sarflangan mablag’ yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o’z-o’zidan paydo bo’ladigan yangiliklardan farqli o’laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o’zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Ta`lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo’la olmaydi. Shu sababli
“novatsiya” va “innovatsiya” tushunchalari o’rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib o’tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko’lami
asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo’lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, o’z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o’zgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo’lamiz. Agar faoliyat ma`lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo’lsa va uning natijasi o’sha tizim rivojlanishiga yoki uning printsipial o’zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz.
Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko’lam va vaqt bo’yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo’ladi, ma`lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub’ektlari pozitsiyalarini to’la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo’nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o’zi ham yangilanadi.
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb – innovatsion o’zgarishlarga tayyorgarlik ko’rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi.
“Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yohud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni еchishga qaratilgan faoliyatdir”, deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov. Innovatsion faoliyat bu amaliyot nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy- madaniy ob’ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimi bo’lib, u ma`lum doiradagi muammolarni еchish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni еchish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo’lishdir. O’qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o’quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
O’tgan asrning 70-yillari oxirlarida A.M.Arseneva, K.N.Volkov, M.N.Skatkin va O’zbekistonlik pedagog olimlardan bir guruhi pedagogika fani va amaliyotida muvaffaqiyatga erishish muammosini hal qilish borasida samarali
g’oyalarni ilgari surdilar va ta’lim samaradorligini ta`minlashda o’qituvchining
ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishga tayyorgarlik darajasi asosiy o’rin egallashini asoslab berdilar. Shunga ko’ra “innovatsion o’zgarishlarni sezish, anglash har qanday o’qituvchiga xos bo’lavermaydi, - deb yozadi U.Nishonaliyev,
- bu еrda eng asosiysi o’qituvchining o’zi yangilikni sezishga psixologik jihatdan tayyor bo’lishidir”.
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo’lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u g’oyalar maydonida ham va alohida bir sub`ektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo’ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo’lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi – loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga yo’naltirilgan faoliyatdir.
O’qituvchi innovatsion faoliyatini tashkil etib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha belgilashi mumkin:

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin