5-Ma`ruza: Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish



Yüklə 55,07 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü55,07 Kb.
#180904
  1   2
маруза 5


5-Ma`ruza: Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish.
Reja:
1. Mehnatni nazorat qilishning davlat nazorat tashkilotlari va jamoat nazorati
2. Ma’muriyatning xavfsiz va sog‘lom ish sharoiti tashkil qilish majburiyatlari
3. Korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash
4. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofazasi «Mehnatni muhofaza qilish» qonuniga binoan (5-modda): Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Davlat strukturasidagi barcha bo‘limlar bu bilan shug‘ullanib, boshqarib borishadi.
Sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining buzilmasligining tarmoq nazoratini vazir va birlashmalar bo‘ysunish tartibi bilan amalga oshiradi.
Hayot faoliyati xavfsizligining barcha sohalari bo‘yicha bajariladigan tadbirlar davlat byudjeti, korxona, tashkilot, homiylar va boshqalar tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
«Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasi ushbuni tasdiqlab, unda quyidagicha ko‘rsatilgan:
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag‘lari (Respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar.
Korxonalar o‘zining xo‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manba’lar hisobida mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega (O‘zbekiston Respublikasining 1998 y. 1 may Qonuni tahririda. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y. 5-6 son, 102-modda).
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi ishtirokida belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishda korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash ham qonunda batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Unda (12-modda) korxonalar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlar, plakatlar, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobiga hosil bo‘lgan qismiga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va loyiha konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash vositalarning yangiliklarini yaratish, ishlab chiqarish va mavjud vositalarni sotish hisobiga bo‘lgan qismiga imtiyozli soliq solinadi.
Qonunning 216-moddasida: Mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga ajratiladigan mablag‘larning ajratilishi, uni sarflash, foydalanish haqida aytilgan.
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mablag‘lar va zarur materiallar ajratiladi. Bu mablag‘ va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash man etiladi. Mazkur mablag‘ va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘lardan foydalanilishini tekshirib boradilar.
Mehnatni muhofazalashda ish jarayonida turli xil zaharlanishni oldini olish, davolash ishlari bo‘yicha ham me’yoriy yordam ko‘rsatilgan.
Qonunning 217-moddasida: Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash keltirilgan.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha:

  • sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);

  • davolash profilaktika oziq-ovqat;

  • gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);

  • maxsus kiyim bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.

Bunday ishlarni ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari ta’minot tartibi va shartlari jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

  1. Ma’muriyatning xavfsiz va sog‘lom ish sharoiti tashkil qilish majburiyatlari

Sanoat korxonalarida, tashkilotlarida xavfsizlikni ta’minlash va ish sharoitini yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari kodeksiga yozib qo‘yilgan.
Ma’muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya’ni sanoat korxonalarida, tashkilotlarida tashkilotchilik, ma’muriy-xo‘jalik ishlarini amalga oshiruvchi, ishlab chiqarish jarayonlarni tashkil qiluvchi, ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni boshqaruvchi, moddiy mablag‘larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi.
Ma’muriyat xodimlariga qo‘yiladigan asosiy talab, ular davlat siyosatini yaxshi tushunishlari va uni amalga oshirishga harakat qilishlari, davlat va xalq manfaatlarini tushunib amalga oshirishlari, mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag‘batlantirish, ish unumini oshirishi va darajasini bir necha o‘n yil oldindan ko‘ra biluvchi shaxs bo‘lishlari kerak.
Ma’muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar asosan ishchilar bilan ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan mehnat bitimidan kelib chiqadi. Bu mehnat bitimini tuzish majburiyatini O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi bilan belgilangan. Bu qonuniyat sifatida quyidagicha taqlid qilinadi. Ishchi ma’lum mutaxassislik bo‘yicha belgilangan ishni korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda bajarish, ma’muriyat esa mehnat qilish qonuniyatlariga asosan va jamoat bitimida ko‘zda tutilgan ma’lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o‘z zimmasiga oladi.
Mehnat Kodeksida ko‘zda tutilgan majburiyatlar quyidagilar:
Har bir ishchi, xizmatchi uchun ish mutaxassisligi va malakasiga qarab ma’lum mashina, stanok va boshqalardan iborat ish joyi tashkil qilish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil qilish, sifatli ish qurollari bilan ta’minlash, sanoat va mehnat intizomini, har taraflama mustahkamlash, ish sharotini kundan-kunga yaxshilab borishni ta’minlashga qaratilgan texnik jihozlar o‘rnatish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Bundan tashqari, rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklanadi. Bu vazifalar boshqarishi lozim bo‘lgan lavozimi taqozo qiladigan tavsiyanomada belgilangan bo‘ladi.

Yüklə 55,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin