O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə29/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. “Innovatsion pedagogika” tushunchasini izohlang.

  2. Innovatsion pedagogika xukmron nazariyasi, nazariy va amaliy muammolarni hal etishning asoslari deganda nimani tushunasiz?

  3. Innovatsion faoliyat samaradorligi omillari qanday?

  4. Innovatsion dasturni qanday ishlab chiqish mumkin?

  5. Yangi g’oyalarni geperirovat qilish metodlarini qanday qo’llash kerak?

  6. Yangilikni kasbdoshlar, ota-onalar, o’quvchilar, maktab rahbariyati qanday qabul qiladi?

    1. Masofaviy ta’limda innovatsiyaning ro‘li


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaydiki: ―Bolalar va ѐshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillar va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifalari hali sifatli va to‘liq holda echilgani yo‘q. Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi:
bu - pedagoglar va professor -o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jaraѐnlariga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur3.
Ta’lim jarayoni yaxlitligi nuqtai nazaridan o‘qishning asosiy tashkiliy usuli dars hisoblanadi. Unda sinf-dars o‘qitish tizimining ustunliklari aks ettiriladi, bu shaklda o‘quvchilarni ommaviy qamrab olish bilan tashkiliy tartib va o‘quv ishlarining muntazamligini ta’minlaydi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O‘qituvchining o‘quvchilar individual xususiyatlarini va o‘quvchilarning bir- birlarini bilishlari sinf jamoasining har bir o‘quvchi o‘quv faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishidan foydalanish imkonini beradi. Dars doirasida frontal, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo‘lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars o‘qituvchining rahbarligi asosida aniq belgilangan vaqt davomida o‘quvchilar guruhi (sinf)ni ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish, hamma o‘quvchilar bevosita mashg‘ulot davomida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, o‘quvchilarning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratuvchi ish vositalari, metodlaridan foydalanishning tashkiliy shaklidir.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Bu o‘quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o‘quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog‘liq.
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan:






  1. Шавкат Мирзиеев Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017 й., 45-б.

  1. Aralash darslar;

  2. Yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo‘yicha yoki umumlashtirishlarni anglab etish va o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;

  3. Bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;

  4. O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

  5. Malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

  6. Bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;

  7. O‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo‘lgan dars turlari (o‘rta va katta sinflarda qo‘llash uchun mos keladi).

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yoshlarini hisobga olib o‘quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o‘rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to‘g‘ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu erda ko‘pincha ishlar boshqa turlarini o‘z ichiga oladi: materialni og‘zaki etkazish. qiziqarli hikoyani o‘qish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol- javob, yangi materialni o‘rganish, o‘zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o‘rganilganlarni suhbat ko‘rinishida takrorlash, o‘quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
O‘quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o‘rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o‘z ichiga olgan va uni o‘rganishga ko‘p vaqtini talab qiluvchi, o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan yangi material uning mazmuni bo‘lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o‘quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab ba’zi hollarda yangi materialni o‘zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – o‘qituvchi rahbarligi ostida o‘quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o‘rganish uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni
takrorlash. o‘qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o‘quv ishining asosiy mazmuni ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
O‘quvchilar o‘z bilimlarini yangi manbalar bo‘yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo‘lgan qoidaga yangi masalalar echadilar, ilgari olgan bilimlarini og‘zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o‘rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo‘yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo‘yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o‘tishni ko‘zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og‘zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o‘qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qaerda qanday qoida qo‘llanilishini o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko‘nikmalarini qo‘llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo‘llashni o‘zlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o‘tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o‘quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to‘ldiriladigan va o‘rganilayotgan kursning muhim g‘oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo‘lim va o‘quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o‘zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o‘qib berish yoki o‘qituvchining o‘quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o‘quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning hamma bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini talab etadi. Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o‘quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o‘quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars – dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy – tarbiyaviy – rivojlantirish vazifalarini ijobiy echimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo‘lgan talablarda o‘zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:

  1. Fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

  2. Darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  3. O‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  4. O‘quvchilar anglab etadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish;

  5. Ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  6. Shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

  7. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;

  8. Pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

  9. Zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;

  10. Mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

  11. Har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli
munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat. Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o‘rtalarida milliy maktablarda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o‘nlab turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshqalar bor.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. YAxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: diagnostika (tashhislash), prognoz (bashorat) qilish, loyihalashtirish
(rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Diagnostika – bu darsni tashkil etishning barcha vaziyatlarini “oydinlashtirib” olishdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Prognoz (bashorat) qilish bo‘lajak darsni o‘tkazishning turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan kriteriy bo‘yicha eng ma’qulini tanlab olishga qaratiladi.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichidir. Uning natijasi o‘quvchilar idrok etish faoliyatini boshqarish dasturining yaratilishi hisoblanadi. Boshqarish dasturi qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqarish ta’sir ko‘rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.
O‘qishning yordamchi shakllari. O‘qishning yordamchi shakllari: to‘garak, praktikum, seminar, konferensiya va konsultatsiya, fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o‘quv dasturi talablari, o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar.
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda tekshirishga uninmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni rag‘batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha vaqt etmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan- kam hollarda o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo‘lib qoldi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular frontal, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida mavzu va maqsad, ob’ekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad,
o‘quvchilarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda ekskursiya ob’ektiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin