O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə26/55
tarix19.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#184855
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:





  1. Dars ta’limida rivojlantirish texnologiyasi nimalardan iborat?

  2. O‘quvchilarning bilimini baholash texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

  3. O‘quv usullarini aniq klassifikatsiyalash (tasniflash)ga misollar keltiring, uning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.



    1. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o’qitishda innovatsion yondashuv


Innovatika muammolariga murojaat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy fikrlash yo’nalishlariga qo’shish, jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasi o’sib borayotganini tushunish natijasi bo’ldi.


Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko’p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o’rganib kelindi.
Ammo vaqt o’tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida innovatsion o’zgarishlar sifat harakteristikalarini baholash muammosi yuzaga keladi, ammo bu uzgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab bulmaydi.
Innovatsion jarayonlarni o’rganish uchun boshqa yo’llar zarur, unda innovatsion tahlil faqatpgaa Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan foydalanishnigina o’z ichiga olmay, balki boshqarish, ta`lim, huquq va boshqa sohalarni ham qamrab oladi.
Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar.
Birinchi bosqich, yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qiluvchi omillarni o’rganish va turli xil yangiliklar ko’pgina empirik ma`lumotlarni analiz qilish bilan bog’liq.
Ikkinchi bosqich, yangilik kiritish jarayonining o’zini, ularni bir soha muhitida ikkinchi sohaga olib o’tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o’rganish deb qaraydilar.
Uchinchi bosqichda, tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni analiz qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishga qaratiladi. Bu bosqichda innovatsion siyosat davlat faoliyati bo’lib qoladi.
Pedagogik innovatsion jarayonlarni G’arbda 50 yillar oxirlaridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan boshlab olimlar maxsus o’rgana boshladilar.
Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion xizmat, nashriyot, jurnallar nnnovatsion maqolalar ko’rinishida bo’lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta`limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo’lib, dunyodagi turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta`lim masalalari bo’yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma`lumotlar tarqatadi. Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojlanishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati maktabning tez rivojlanishiga bo’lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o’rtasidagi yuzaga kelgan qarama- qarshiliklar bilan bog’liq. Yangiliklarni qo’llash umumiyligi kengaydi. Shu sababli yangi bilimlarga bo’lgan talab, yangi “yangilik”, “yangi innovatsiya”,
“innovatsion jarayon” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi.
Innovatsion jarayonning mikrostrukturasini o’rganib olishlar yangilik kiritishning “hayotiy tsikli, (davri)” kontseptsiyasini alohida ko’rsatdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o’tab boradigan jarayon degan fikrdan kelib chiqadi. Bu jarayonda yangilikni yaratilishi va
ijro etilishini ta`minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo’linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish sxemasi mavjud:

      1. Yangi g’oya paydo bo’lishi yoki yangilik kontseptsiyasn yuzaga kelish bosqichi; uni shartli ravishda fundamental va amaliy ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo’ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar.

      2. Kashf etish vaqti, ya`ni amalga oshgan ob`ekt, moddiy yokya ma`naviy mahsulot namuna ko’rinishidagi yangilik yaratish.

  1. bosqichda yaratilgan yangilikka amaliy ko’payish topilib uni qo’shimcha ishlab mukammallashtirish amalga oshiriladi; bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. Shundan so’ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o’tadi, bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartidagina amalga oshadi. Yangilikdan foydalanish davrida keyingi bosqichlar ko’rinadi.

  2. bosqichda yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo’shilib) keng tatbiq etilishidan iborat.

  3. bosqich yangilikning biror sohada hukmron bo’lishi, bunda xususan yangilik o’z yangiligini yo’qotib, yangilik sifatida mavjud bo’lmay qoladi.

Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo bo’lishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan yakunlanadi.

  1. bosqich yangilik qo’llanilishi doirasi qisqarib uning yangi mahsuldori bilan almashadi.

Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir-birini vaqt bosqichida ketma- ket almashtirib, muntazam tizim uning real rivojlanib borishining soddalashtirilgan sxemasini ifodalaydi. Biror aniq innovatsion jarayon bu bosqichlarni o’z ichiga olnb, ular ketma-ketligi va bog’liqligiga so’zsiz rioya qilishi shart emas.
Yangilik kiritishni yangilikni yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayoni sifatida qarab, uniig maqsadi inson talab va ehtiyojlarini yangi vositalar bilan qondirish bo’lib, bu samaradorligi, muntazam va hayotiyligini ta`minlovchi uslub va tizimlarni ma`lum sifatli o’zgarishiga olib keladi.
Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga o’tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ko’rib chiqish bilan bog’liq bo’ladi. Bir darajali qator yangiliklar (yig’indisi) umumiyligi innovatsion yaxlitligini tashkil etadi.
Yangilik kiritish ichki mantiq va yo’nalishlarga ega bo’lib, u yangilik g’oyasi (fikrni) tug’ilishidan to uning foydalanila boshlanishigacha bo’lgan harakterlarni rivojlantirish ham innovatsion jarayon ishtirokchilari o’rtasidagi munosabat mantig’ini ifodalaydi.
Shu tariqa yangilik kiritish dinamik tizim bo’lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi, uning atrof muhit bilan o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayoni tuzilishi yangilikning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o’tib borishi bilan o’zgarib boradi.
Shu bilan birga yangilikning dinamik xususiyatlaridan uning natija-yakuni va samarasi bog’liq bo’ladi. Yangilikning yakunlaganligi yoki uning imkoniyatlari amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayon-ning hamma bosqichlari qanchalik muvaffaqiyatli o’tib borishiga bog’liq bo’ladi. Oddiy ishlab chiqarishdan kengaytirilganiga o’tish keskin vaziyat hisoblanadi, bu o’tish amaliyotda ko’p hollarda amalga oshiril-maydi, bu hol qaysi bir yangilikning yakunlanmasligiga sabab bo’lib, ko’pgina innovatsion muammolar mavjudligini yuzaga keltiradi.
Yangilikning yakunlanganligidan uning samaradorligini belgilash kerak, ya`ni innovatsion jarayon amalga oshirilayottan tizim, turli ko’rsatkichlarga yangilikning amalga oshirilgan imkoniyatlari ta`sirini aniqlash mumkin, shu bilan birga ularning
o’zaro bog’liqligi yaqqol ko’rinadi.
“Innovatsion” terminiga yaqin bo’lgan tushunchalar “o’zgarish”, “mukammallashtirish”, “isloh qilish” tushunchalari hisoblanadi. Ammo ular o’rtasida ma`lum fikrlar ham mavjud.
Yangilik-pedagogik tekshirishlarni baholash asosiy o’lchovlaridan biri bo’lib, u iqtisodiy jarayonning asosiy natijasi, bu har qanday yangilik kiritishning mustaqil qimmati va xususiyatidir.
“Yangi” tushuncha innovatsion pedagogikada markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi.
Agarda birinchi – “birinchi yaratilgan” – ta`rifi ilgari umuman ma`lum bo’lmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, keyingi yaqindan beri va ayniqsa “yangitdan ochilgan” – ta`riflar esa yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, nimadir, ilgari bo’lgan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilikning ikki turi haqida gapirish mumkin.

  1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya`ni yana o’rnatilgan yangi haqiqat demakdir.

  2. Avvalgi mavjud bo’lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtirishdan iborat.

“Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish”


tushunchasini aniqlab olaylik.
Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida o’tib boradi. Pedagogik tizim – bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo’lib, ular o’zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o’zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo’lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o’rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagog tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar variantlari yig’indisi, o’zaro bog’liqligi ko’rinishi: o’quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o’quvchilar (yoki TTV – ta`lim texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo’ladi.
Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga
detallashtirib yoyib ko’rsatilishi mumkin.
Qurilgan tizimning tarkibiy tuzilishi emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko’rsatib o’tilganlarga qo’shila olmaydigan pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, “Natijalar” “O’quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish”, “Texnologiya”lardan iborat.
Ular berilgan rasmdagi Pedagogik tizim modelida ko’zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz tsikl tashkil etiladi. Maqsadlarning natija bilan to’la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o’lchov ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o’z maqsad va tuzilishlariga egalar.
Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida uni alohida omillar birligi ekanligini ta`kidlagan holda ko’pincha, o’quv tarbiya jarayonining texnologiyasini ko’rsatadilar. Bunday yondashish pedagogik tizim ko’zlangan mahsadga erishishni ta`minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo’ladi. Shuni ta`kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo’yicha pedagogik tizimni tarkibiy qismlar ixtiyoriy “To’plamidan” ajratib olish osondir. Texnologik – bu qat`iy tashkiliy mantiqqa bo’ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.
Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o’zidayoq, texnolog ma`lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma`lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasi dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib hodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O’quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik “Tajribalarni umumlashtirishdan” farqli “Mumkin emas” xulosasini bilmaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va xarajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma`lum, tekshirib ko’rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o’tkazmay, aniq ko’zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo’l qo’ymaydi, uning asosiy vazifasi – aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy echimida oddiydir. Asosiy echimni tushunish qolgan hammasini, o’zaro zarur elementlar sistemasi tartibini
mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo’lmaydi,
u erda ortiqchasi bo’lmaydi, bo’lishi mumkin emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o’qituvchi izlash-tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi, shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasi noaniqligini kuchaytiradi.
Har doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb nomlanuvchi yo’nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi, va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar, pedagogika tizimi sodir bo’ladigan jarayonlarniig ba`zi printsipal harakteristikalarida to’xtalib o’tamiz. Pedagogika tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko’zlangan natija erishish aniq xususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar sistemaning aniq xususiyatlari bilan qattiq belgilab qo’yilgan. Bu tarzda biz ta`lim va tarbiyaviy ko’zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo’lsak, unda shunga mos pedagogika sistema haqida qo’yishimiz kerak, uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo’nalishi va intensivligini ta`minlaydi. Buning natijasi, o’quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga Dunyo endi kirishmoqda. Hozirgi umumiy ko’rinishga juda ko’p ko’rinishli ko’rsatgich, “Xarajat” va natijalarni to’plash mumkin bo’lmoqda va muammoni foydaliligini aniqlash iqtisodiy nuqtai nazariga o’tkazish mumkin bo’ldi. Intuitiv va sub`ektiv baholarni juda oson noto’g’ri deyish mumkin va bu erda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to’plashdan iborat bo’ladi.
Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko’zlangan maqsadga to’la erishilgan hisoblanib tarbiyachilar uchun mumkin bo’lib ilgari erishilgandan pastroq darajada bo’lmasa.
Yana bir bor pedagogika tizimi tuzilishiga nazar tashlaylik, u “yomon” va “yaxshi” pedagogik sistema uchun ham birdir. Uni o’qituvchi ham birdir, Uni o’qituvchi, o’quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar o’rganilgan edi va umumiy xulosa ma`lum: deyarli 50% o’qituvchidan, 50% esa o’quvchigacha bog’liq. Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogika
sistemaning samaradorligi, aytaylik o’qituvchi umuman hech qanday harakatlarni
amalga oshirmagan holda, ammo sistema ishlasa 50% dan kam bo’lmaydi. An`anaviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko’prog’ini dasturni to’la egallashiga erisha oladi deganini bildiradi.
Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy nazariyasidan ma`lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo’yicha yaxshilash mumkin emas. To’g’ri yo’l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko’rib, keyingi ishlarni o’ylab kiritishdan iborat. Tajribalar shuni ko’rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki o’rganish, moslashish, sustkashlikni engish kerak.
Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo’llari ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik sistemani ichki imkoniyatlar hisobiga, ekstensiv yo’l esa qo’shimcha kuchlar jalb etish – ya`ni, vositalar, asbob-uskunalar, texnologiyalar hisobiga takomillashtirishni ko’zda tutadi. Pedagogika texnologiyaning intensiv rivojlanish imkoniyat-lari tugagan deb hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo’llarni sinab ko’rib bo’lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan iborat.
Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o’lmagan bo’lsa, agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o’qitayotgan bo’lsa, bu faqatgina o’zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba`zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma`noni - orqaga, o’tmishga, o’ylab va oqilona tarbiyalash, ma`naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar.
G’arb maktablari ekstensiv yo’l bilan pedagogik mahsulotni yangi informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o’quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi differenzatsiya va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol
aniqligicha qolmoqda: ko’pchilik mustaqil ekspertlar bunga ishonchsizlik
bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish yo’li “Integrirovannge innovatsii (yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo’llarni birlashtirishga imkon beruvchi pedagogik sistema rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanilmagan imkoniyatlarini chuqur tekshirishni talab qiladi, ular turli ko’rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo’ladi.
Bo’sh joylarini yangi texnologiyalar bilan mustaxkamlab, pedagogik sistemaning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo’ladi. Bunday yondoshishda innovatsiya o’ylab topilgan “tashqi” chora bo’lib ko’rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab etilgan qayta tuzish hisoblanadi.
Agar shunday nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda deyarli yangi jihatlar yo’qdek tuyuladi. Jumladan eski muammolarni hal etish uchun yangi “retsept”lar ham yo’q. Umuman olganda innovatsion g’oyalarga insoniyat taraqqiyoti jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal qilishga ilgari qo’llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishta majburmiz.
Pedagogika fanida berilgan g’oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo’yicha umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ularda foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi.
Pedagogik fan tizimi va pedagogik amaliyotni, yangi bo’lmagan biroq doimiy dolzarb va o’zidan o’quv-tarbiya jarayonini bitimlashtirishning umumiy g’oyalari va amaliy texnologiyalarini o’ziga mujassam qilgan.
Insonparvalik pedagogikasini barcha nazariy qoidalari va amaliy texnologiyalarining yig’indisi jamlagan.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga yangi g’oyaviy yondashuvga asoslangan.
Axborotlashtirish, ommaviy kommunikatsiyalashning yangi g’oyalari va
vositalarini qo’llashga asoslangan texnologiyalarni innovatsion texnologiyalar hisoblanadi:
Pedagogik tizimda innovatsion tuzilmalarining bosh yo’nalishi:

  • yaxlit pedagogik tizim:

  • o’quv yurti:

pedagogik nazariya:
o’qituvchi:
o’quvchilar:
pedagogik texnologiya:
mazmun:
shakl, metodlar, vositalar:
boshqaruv:
maqsad va natijalar.
Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo’yicha innovatsion yangi kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish mumkin.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin