O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

hamkorligi
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 
bilan tashqi savdo oboroti har yili 1,2 mlrd. dollarni tashkil qilayapti. Uning 47 % 
foizi o‘zbek eksportiga, 53 % Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga importni 
tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning yirik savdo-
iqtisodiy hamkorlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, 
Niderlandiya va boshqalar hisoblanadi. 
EI mamlakatlari shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
sarmoya kiritayotgan yirik sheriklar hamdir. O‘zbekiston hududida YEI 
mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirokida 500 dan ziyod korxonalar ishlab 
turibdi, ulardan 115 tasi yuz foiz (100%) Yevropa kapitali hisobiga tashkil etilgan. 
Yevropa investorlari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilgan yirik 
loyihalar orasida «Oksuk Mayning» kompaniyasi bilan birga tashkil etilgan oltin 
rudasini qayta ishlovchi «Amanatu Goldfildz», tamaki mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi «O‘z BAT», «Doyche-Kabel AG Toshkent», avtomobil va qurilish 
oynalari ishlab chiqaruvchi «Tekint» (Italiya) qo‘shma korxonalari bor. 
EI mamlakatlari banklari va sug‘urta agentliklari O‘zbekistonda umumiy 
summasi 2,9 mlrd. dollarlik 174 loyihani moliyalashtirganlar. Ayni paytda 
shaharlar kommunal xo‘jaligi infratuzilmasi va irrigatsiya inshootlarini 
rekonstruksiya qilish bo‘yicha, amaldagi neft konlari samaradorligini oshirish va 
yangi istiqbolli loyihalar asosida energetika tizimini modernizatsiyalash 
(Fransiya); O‘zbekiston janubida polimetall ruda konlarini ishlab chiqish (Buyuk 
Britaniya) va kasbiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash borasida faol ish olib 
borilayapti. 
O‘zbekiston–AQSH savdo-iqtisodiy munosabatlari. AQSH ham O‘zbekiston 
iqtisodiyoti uchun muhim investorlardan biri hisoblanadi. 2001 yilda AQSH va 
O‘zbekiston o‘rtasida strategik munosabatlar o‘rnatilganligini e’lon qildilar. 
Keyingi yillarda ularning o‘zaro tashqi savdo aloqalari o‘sib bormoqda. 
O‘zbekiston va AQSH yoqilg‘i-energetika kompleksi, tog‘ konchiligi, ximiya, 
yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati, axborot texnologiyalari, yuqori 
texnologiya mahsulotlari singari istiqbolli sohalarida hamkorlikni rivojlantirayapti. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda AQSH sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 
453 ta korxonalar qayd etilgan. Ulardan 120 tasi yuz foiz chet el kapitaliga barpo 
qilingan.
Ular orasida «Zarafshon-Nyumont» amerikaning oltin qazib oluvchi «Nmont 
Mayning» korporatsiyasi ishtirokida ish boshladi. «Bi Es Ay Indostriz Ink» 
kompaniyasi bilan Xo‘jaobod yer osti tabiiy gaz ombori qurilishi, «ABB Lummus 
Global» kompaniyasi ishtirokida Sho‘rtangaz kompleksi qurilishi, «Teksako» 
kompaniyasi bilan yuqori sifatli moy ishlab chiqaruvchi «O‘z-Teksako» qo‘shma 
korxonasi qurilishi amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyatining Shimoliy 
O‘rtabo‘loq neft konida «Beyks Xyuz», «Keys Neyu Xoland» kompaniyalari bilan 


35 
hamkorlikda neft qazib olishni ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligi texnikasiga lizing va 
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish olib borilayapti. Akkumulyatorlar va 
boshqalar ishlab chiqarish uchun Jizzax shahrida «O‘z Eksayd» qo‘shma korxonasi 
tashkil etildi. 
O‘zbekiston AQSH bilan moliya-kredit sohasida hamkorlik qilayapti. 
Amerikaning Eksim banki O‘zbekistonda 44 ta qo‘shma loyihani moliyalashtirish 
uchun 1,5 mlrd. AQSH dollari kredit ajratgan. 
Ayni paytda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ham yetakchi sohalarda iqtisodiy 
hamkorlik kengayib, rivojlanib borayapti. Jumladan neft, gaz, tog‘ kon sanoati, 
transport tizimi, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda 
ham o‘ntaga yaqin istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ustida 
ishlar olib borilmoqda. 
Nazorat savollari 
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdoning roli va 
ahamiyatini harakterlang. 
2. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qachon tashkil topgan? 
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik qachon tuzilgan? 
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik oldiga qanday vazifalar 
qo‘yilgan? 
5. Yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat 
to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qanday qonunlar qabul 
qilingan? 
7. O‘zbekiston Respublikasi bilan dunyoning nechta davlatlari savdo-
iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi? 
8. Mustaqillik yillarida respublikaning tashqi savdosi umumiy hajmi necha 
marta ko‘paydi? 
9. Qaysi yildan buyon respublika tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo 
ta’minlanayapti? 
10. 1990-2005 yillarda respublika eksportida xom ashyo resurslari ulushi 
necha foizga qisqardi? 
11. 1990-2005 yillarda eksportda paxta tolasi ulushi necha foizga qisqardi? 
12. Mamlakat eksporti nomenkulaturasi qaysi tovarlar bilan to‘ldirilayapti? 
13. Oziq-ovqat tovarlari importi necha foizga qisqardi? 
14. Yangi texnika va texnologiyalar, yangi uskunalar sotib olish necha foizga 
o‘sdi. 
15. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida Rossiya mamlakati 
necha foizni tashkil qiladi? 
16. Respublika tashqi savdosida qaysi mamlakatlar asosiy sherik (partner)lar 
bo‘lib hisoblanadi? 


36 
V Bob. XALQARO KAPITAL MIGRATSIYASI
1.§. Kapital chiqarish xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
etakchi shakli 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va zamonaviy jahon xo‘jaligida mamlakatlar 
o‘rtasida chetga kapital chiqarish (eksport), uning faol migratsiyasi (harakati) 
asosiy muhim belgilardan biridir. 
Kapital chiqarish mazkur mamlakat milliy kapital aylanmasidan bir qismini 
olish jarayonlarini o‘zida mujassam etadi. U tovar yoki pul shaklida boshqa 
mamlakatlar ishlab chiqarish jarayonlariga aralashadi. Avval boshqa kapital 
chiqarish jahon xo‘jaligida kapital eksportini amalga oshiruvchi kam sonli 
rivojlangan mamlakatlargagina xos edi. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi bu jarayon 
doirasini ancha kengaytiradi. Kapital chiqarish iqtisodiyotning dinamik 
taraqqiyotida har qanday sharoitda ham muvaffaqiyatli vazifa bo‘lib qoladi. 
Kapitalni sanoat negizida rivojlangan mamlakatlar ham, o‘rtacha taraqqiy etgan 
mamlakatlar ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham chiqaradi. 
Hozirgi paytda kapitalning xalqaro harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarni 
turli shakllari rivojlanishida, jahon iqtisodiyotini faoliyat ko‘rsatishda hal qiluvchi 
element bo‘lib qolmoqda. Ekspertlarning baholashlaricha,to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari taxminan 34 % ni, ya’ni jahon 
savdosi ko‘payishi sura’tlaridan 5 marta ko‘pni tashkil qiladi. 
2. §. Kapital chiqarishning sabablari va asosiy shakllari 
Kapital chiqarishga asosiy sabab va ehtiyoj mazkur mamlakatda kapitalning 
to‘planib qolishi, nisbatan zaruriyatdan ortiqchaligi hisoblanadi. Tadbirkorlikdan 
daromad yoki foiz olish maqsadida u chetga o‘tkaziladi. Kapital ichki 
investitsiyalashga mablag‘ yetishmay qolganda ham amalga oshirilishi mumkin. 
XX asrning ikkinchi yarimidan boshlab kapital chiqarish to‘xtovsiz o‘smoqda. 
Kapital eksporti tovar eksporti bo‘yicha ham rivojlangan mamlakatlar ichki yalpi 
mahsulot o‘sishi sur’atlari bo‘yicha ham o‘zib ketmoqda. Kapital chiqarish ko‘lami 
oshayotgani uni xalqaro migratsiyasini kuchaytirmoqda. 
Kapitalning xalqaro migratsiyasi – bu mamlakatlar o‘rtasida kapital 
harakatining bir-biriga peshvoz harakti bo‘lib, ham divident shaklida, ham foiz 
miqdorida daromad keltiradi. Har bir mamlakat bir vaqtning o‘zida kapital 
eksportchisi va importchisi hisoblanadi: ya’ni, chorraxa investitsiyasi ro‘y beradi. 
Katta daromad olish yo‘lida kapital chiqarishning muhim sabablari: 

mamlakatda chiqarilayotgan kapitalning to‘planishi; 

jahon xo‘jaligi turli bo‘g‘inlarida kapitalga va unga talab va ehtiyojning mos 
kelmasligi; 

mahalliy bozorni monopoliyalashtirish imkoniyati mavjudligi; 

mamlakatda arzon xom ashyo va ishchi kuchlarining borligi; 

barqaror siyosiy vaziyat va qulay investitsion muhitning mavjudligi. 


37 
Kapitalni chiqarish va uni rag‘batlantirishning asosiy omillari 
quyidagilardan iborat: 

milliy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi 
kapital chiqarishni faollashtiruvchi, harakatlantiruvchi kuchidir. To‘g‘ridan-
to‘g‘ri investitsiya shaklidagi kapital eksporti ayniqsa ishlab chiqarishni 
xalqaro, ya’ni xalqaro mahsulotlar ishlab chiqarishga aylantirishda bosh omil 
hisoblanadi. Xalqaro mahsulotlar bu global xalqaro bozorda sotiladigan 
(avtomobillar, samolyotlar, radioelektronika, kompyuterlar va boshqa) 
mahsulotlardir. 

xalqaro sanoat kooperatsiyasi, sho‘’ba korxonalarida transmilliy kompaniya 
(TMK) quyilmalari turli mamlakatlardan ayrim yuridik mustaqil korxonalarni 
yagona xalqaro korporatsiya doirasida ixtisoslashish, texnologik, sohaviy 
yakin hamkorligini o‘rnatish; 

rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosati, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
qo‘llab-quvvatlash uchun sezilarli hajmda kapital jalb qilish, bandlik 
darajasini saqlash, sanoat yetakchi sohalari taraqqiyoti; 

rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy holati, xorijiy kapitalni jalb qilish 
yordamida o‘z iqtisodiyoti rivojiga sur’at bag‘ishlash, «qashshoqlik»dan 
kutilishga urinish; 

iqtisodiy omillar sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xalqaro korporatsiya qat’iy 
ekologik normalar tufayli ishlab chiqarishni rivojlangan mamlakatlardan 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chiradi; 

kapital oqimini yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi xalqaro moliya 
tashkilotlari muhim rol o‘ynaydi. 
Kapital chiqarish o‘z shakli va xususiyatga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. 
Xususan, kelib chiqish manbaiga ko‘ra (1) davlatniki, va (2) xususiy kapital. 
Xalqaro kapital mablag‘larida davlat kapital mablag‘lari yana rasmiy 
hisoblanadi. Ular davlat byudjeti mablag‘larini tashkil qiladi va bevosita yo 
hukumat qarori bilan, yo hukumatlararo tashkilot qarori bilan xorijga yo‘naltiriladi 
yoki u yoqdan qabul qilinadi. 
Shakliga ko‘ra bular – davlat zayomlari, ssuda, grantlar (hadyalar) 
hukumatlararo bitimga ko‘ra (XVF kreditlari) yordam o‘tazish. 
Xususiy kapital-bular xususiy shaxslar (yuridik yoki jismoniy) tomonidan 
xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar. 
Bunga investitsiyalar, savdo kreditlari, banklararo kreditlash kabilar kiradi. 
Joylashish muddati bo‘yicha chet el kapital qo‘yilmalari (1) qiska muddatli, 
(2) o‘rta muddatli va (3) uzoq muddatliga bo‘linadi. Keyingisiga 15 yildan ziyod 
muddatga qo‘yilgan mablag‘lar kiradi. 
Foydalanish xususiyatiga qarab xorijiy kapital mablag‘lari (1) ssudali, (2) 
tadbirkorlik ko‘rinishida bo‘ladi. 
Birinchisi protsent shaklida foyda olish uchun berilgan mablag‘larni 
bildiradi. Bu sohada davlat tomonidan va xususiy manbalardan qo‘yilmalar faol tus 
oladi. 


38 
Tadbirkorlik investitsiyalari bevosita yoki bilvosita ishlab chiqarishga 
qo‘yiladi va u yoki bu hajmda dividend shaklidagi foyda olish huquqiga ega 
bo‘ladi. Bu yerda gap asosan xususiy kapital mablag‘lar haqida bormoqda. 
Maqsadlarga ko‘ra tadbirkorlik kapital mablag‘lari (1) bevosita, (2) protfel 
investitsiyalariga bo‘linadi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) ushbu satrlarga (ya’ni 
maqsadlarga) yana bir guruhni – «investitsiyalar»ni kiritadi, unga asosan xalqaro
zayomlar va bank depozitlari kiradi. 
3. §. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kapital mablag‘lari 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya (sarmoya)lar ham jahon iqtisodiyotiga, ham 
uning o‘zagi-xalqaro biznesga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar deyilganda yo 10 yoki undan ziyod oddiy 
aksiyalar ustidan xorijiy nazorat, yoki korxona boshqaruvida «samarali ovozlar» 
tushuniladi. Ayrimlar bu faqat mulk, aksiyalar kapitalidagi ulushini mablag‘ bilan 
olish; (1) xorijdan aksiyalar sotib olish; (2) daromadni qayta investitsiyaga 
yo‘naltirish; (3) firma ichki zayomlari yoki firma ichki qarzlarni uzish. 
Bundan tashqari turli noaksionerlik shakllar – subkontrakt, boshqaruv bitimi, 
franchayzing, litsenziyali oldi-berdi, mahsulotni taqsimlash va shular kabilar ham 
mavjud va amaliyotda keng foydalaniladi. Xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shakllari va usullari global harakterdagi bir qator muammolarni keltirib 
chiqarishi, ularni hal etish uchun nostandart qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri kelishini 
ham tan olish kerak. 
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘tgan davrda chet el kapital qo‘yilmalari 
(mablag‘lari) 1/3 ga ko‘paygan. Keyin ular 10 yilda, so‘ngra – 6-7 yilda ikki 
barobar ko‘payib borgan. Chorak asrda (50-yillar o‘rtalaridan) ular 4 marta o‘sgan 
va 80-yillarda jahonda taxminan 450 mlrd. dollar qo‘yilmalar qo‘yilgan. 1990 
yilda 1,7 trln. dollarlik marra egallandi. Ya’ni, ular faqat o‘n yil ichida 4 baravar 
oshdi. 2004 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yig‘indisi umumiy 
summasi 3 trln. AQSH dollaridan oshib ketdi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning bundan yuqori o‘sish sur’atlari eng 
avvalo jahon xo‘jaligini olg‘a siljishgani, transmilliy korporatsiyalar oldingidek 
kapital shaklida emas, ishlab chiqarishni chiqargani, nafaqat daromad olishni 
mo‘ljallagani, balki hali ishlab chiqarishning o‘zi amal qilar ekan, uzoq muddat 
daromad olishni ko‘zlangani bilan bog‘liqdir. 
Hozirgi 
davr 
bosqichida 
jahondagi 
barcha 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarning 9/10 xalqaro korporatsiyalar tomonidan nazorat qilinmoqda. 
Jahonda bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni 39 mingtani, yana plyus 270 
mingta xorijiy filiallarni tashkil qiladi. Shuning uchun shuni ta’kidlash mumkinki, 
endilikda transmilliy korporatsiyalar va ularga o‘xshash xo‘jalik tuzilmalari jahon 
xo‘jaligining dinamik sektorini tashkil qiladi. 
Hozirgi davr bosqichida deyarli barcha mamlakatlar kapital eksportyorlari 
hisoblanadi, shu bilan birga barcha davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital importlari 
hamdir. Shunga qaramasdan investitsiyalarni taqsimlash (ularning geografik 


39 
tuzilishi) bir tekis emas. Misol uchun, yirik donor bo‘lgani holda Yaponiya bunday 
kapital qo‘yilishlarida kamtargina o‘rinni egallaydi. Yaponiya hukumati tomonidan 
yo‘l qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi va bu mamlakat biznesi atigi 
17,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. 
Hozirgi vaqtda uch qutbli to‘g‘ridan-to‘g‘ri global ahamiyatga ega bo‘lgan 
chet el investitsiyalari tuzilishi haqida gapirish uchun barcha asoslar bor. Bu
AQSH, Yevropa ittifoqi, Yaponiyadir. 
Bu «uchlik» hissasiga umumiy investitsiya chiqarish va kiritishning 4/5 ga 
yaqinrog‘i to‘g‘ri keladi. Ya’ni, jahon savdosida ularning ulushi amalda ko‘proq. 
AQSH kapital harakatining yirik ishtirokchisiga aylangan. 
EI da to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya asosida integratsiya darajasi o‘sib 
bormoqda. Butun hudud esa yirik kapital eksportchisi sifatida maydonga 
chiqayapti. Yaponiya tomonidan investitsiya chiqarish yuqori sur’atlarda 
o‘sayotgani qayd qilinmoqda. U «tashqi iqtisodiyot» hajmlari bo‘yicha jahonda o‘z 
o‘rnini jiddiy mustahkamlayapti.
«Uchlik» ning o‘z ichida esa kapitalning o‘zaro chatishib ketishi borayapti, 
o‘zaro savdo jahon savdosiga nisbatan tez o‘sayapti. «Uchlik» qiyofasida yangi, 
yanada yuqoriroq qavat xalqaro mehnat taqsimoti va o‘z milliy tartibga solish 
mexanizmi vujudga kelayapti. Hozirgi jahon xo‘jaligi standartlari ustidan hududiy 
darajada ustunlik yaratilayapti. 
«Katta yettilik» o‘zida o‘ziga xos yuqori bozor qavati «shtab»ini namoyon 
etadi. Unda integratsiya xalqaro munosabatlarga asoslanib emas, balki xo‘jalik 
taraqqiyoti yuqori dinamikasini amalda ta’minlovchi me’yorlar «o‘yin qoidalari» 
yordamida amalga oshiriladi. Qolgan mamlakatlar guruhi, ayrim to‘dalar bu jahon 
xo‘jaligi yuritish andozlariga o‘ziga xos ravishda «moslashadi» va yetakchilar 
bilan aloqalarni yo‘qotmaslikka harakat qiladilar. 
Aloqa va axborot vositalari sohasidagi yutuqlar tufayli bir qator sanoat 
sohalari yetakchi investorlarga aylanadi: kompaniyalarning xorijiy kapital 
quyilmalari, ko‘chmas mulkka ixtisoslashgan va moliyaviy xizmat ko‘rsatishlar 
keyingi o‘n yil ko‘rsatkichlariga qaraganda qisqardi. Ko‘pchilik sanoat 
kompaniyalari uchun xorijda ishlab chiqarish markazlari emas, balki mahsulotlarni 
tarqatish tarmoqlari yaratish, xorijda ilmiy-tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik 
byurolari tashkil etish istiqbol rejalariga aylanayapti. 
Chet el investitsiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqimi geografik tuzilishi, ya’ni 
olg‘a siljishi quyidagilarga olib keladi: jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 
joriy hajmi yuqori darajaga -315 mlrd. AQSH dollariga yetdi (o‘tgan yillarga 
nisbatan o‘sish 40 %); bu summaning katta qismi bosh investorlar hisoblangan 
rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi (270 mlrd. dollar) va chetdan investitsiya 
oluvchilarniki -203 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya oqimi 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarga 
ham 
ko‘paydi, 
endi 
rivojlanayotgan 
mamlakatlardan eksport esa 47 mlrd. dollarni tashkil etdi. Sobiq sotsialistik 
mamlakatlar ham ortda qolgani yo‘q: Markaziy va Sharqiy Yevropada investitsiya 
oqimi ikki marta o‘sdi va salkam 12 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Osiyodagi 
moliyaviy inqiroz, uning jahon iqtisodiyotiga noxush ta’sir etayotganiga 
qaramasdan, YUNKTAD ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el 


40 
investitsiya oqimi 2005 yilda 10 % ga – rekord darajasiga – 440-450 mlrd. AQSH 
dollariga o‘sdi. Bu kapital qo‘yilmalarning katta qismi taraqqiy etgan mamlakatlar, 
Lotin Amerikasi davlatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga kelib 
tushdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi o‘sishi Sharqiy va Janubi-Sharqiy 
Osiyoda kuzatilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari inqirozi 
boshlangandan keyin mintaqa mamlakatlari uchun xususiy moliya resurslari 
muhim manba bo‘lib qoldi. 
4. §. Xorijiy investitsiyalar tuzilishi 
Investitsiyalarning katta qismi va ularni amalga oshiruvchi bosh 
«harakatdagi shaxs» transmilliy korporatsiyalar (TMK) eslatilgan «uchlik» 
(AQSH, YEI va Yaponiya) qiyofasida jamlangan. 
10 yirik qabul qiluvchi mamlakatlarga investitsiya oqimining 2/3 qismi 100 
kichik mamlakatlarga -1% to‘g‘ri keladi. 
Nisbatan taraqqiy etgan mamlakatlar guruhlari ichki investitsiyasi rekord 
o‘sishi avvalo firmalararo qo‘shilish jarayoni va partnerlar aksiyalarini sotib olish 
faollashuvi bilan bog‘lanadi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning salkam 90 % (chiqarish va 
joylashtirish) taraqqiy etgan davlatlarga to‘g‘ri keladi. Natijada ularning 
umumjahon hajmida ishlab chiqarishda kapital joylashuvi 65 % gacha o‘sdi.
Agar xorijiy investitsiyalash ko‘lami bo‘yicha AQSH, Buyuk Britaniya, 
Fransiyada joylashgan transmilliy korporatsiyalar (TMK) yetakchi bo‘lsa, chet el 
investitsiyalarini ko‘proq jalb etuvchilar ham o‘sha - AQSH, Buyuk Britaniya, 
Germaniya mamlakatlari bo‘layaptilar. 
Investitsiyalarning notekis joylashuviga xos xususiyat boshqa davlatlar 
guruhiga ham ta’luqli. Rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashtirilayotgan 
mablag‘lar umumiy so‘mmasining 2/5 ga yaqini Osiyoga, 1/4 Lotin Amerikasiga, 
qolgani (1/10 gacha) Afrikaga to‘g‘ri keladi. 
Janubiy, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni 
joylashtirishda jahonning rivojlanayotgan mamlakatlari orasida yirik mintaqa 
bo‘lib qolmoqda. Bu shu bilan bog‘liqki, Osiyo davlatlarini hozirgi zamon 
ko‘lamida 
taraqqiyot 
dinamizmi 
boshqa 
mamlakatlardan 
transmilliy 
korporatsiyalar (TMK) uchun yangi bozor topishga intilish, hudud resurslarini 
o‘zlarining global ishlab chiqarish tizimiga buysindirishda qulay imkoniyat bo‘lib 
xizmat qilayapti. 
1992 yildan boshlab, rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri chet el investitsiyalarini yirik oluvchisi bo‘lib, Xitoy Xalq Respublikasi 
(XXP) chiqmoqda. XXP chet el kapitali uchun milliy rejim yaratish sari harakat 
qilayapti, asta-sekin unga ilgari berilgan imtiyozlarni olib tashlayapti, xususan 
import poshlinasidan ozod qilinganligi. XXP iqtisodiy o‘sish sura’tlarini hisobga 
olgan holda va unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari uchun yangi sohalar 
ochik eshik jarayonida Xitoy uzoq muddatli istiqbolda xorijiy investorlarni jalb 
qiluvchi ob’ekt bo‘lib qoladi. 


41 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet investitsiyalari oqimi Lotin Amerikasi va Karib 
havzasi mamlakatlarida o‘sayapti. Chet el kapitali qo‘yilmalari asosan bir nechta 
sohalarga qaratilgan: avtomobilsozlik (Meksika va Braziliya), foydali qazilmalarni 
qazib chiqarish (Chili), chet el investorlari qiziqishi xususiylashtirish jarayonlari 
avj olgan Argentina va Peruda ham kuchaydi. 
Mutaxassislarning fikricha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi 
notekisligi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kelajakda ham saqlanib qoladi. Unda 
eng avvalo boshlangan xususiylashtirish jarayonlarida Braziliya va 
avtomobilsozlikda bir qator yirik investitsion loyihalarni amalga oshirgan 
korxonalar ko‘zga tashlanadi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, avvalgidek xalqaro investitsiyalash jarayonlari 
markazida Afrika mamlakatlari turadi. Bu yerga investitsiya xuddi dunyoning 
boshqa hududlaridagi singari tez o‘smoqda. Afrikada yirik chet el investorlari 
bo‘lib Fransiya, GFR, Italiya, Buyuk Britaniya trasmilliy korporatsiyalari (TMK) 
qolmoqda. 
Markaziy va Sharkiy Yevropa mamlakatlarida chet el investorlari faollik 
ko‘rsatkichlari rekord darajasidan yuqori. Bu faqat xususiylashtirish 
jarayonlarining navbatdagi to‘lqini bilangina izohlanmaydi. Bu yerda nihoyat 
iqtisodiy o‘sishlar ham boshlangan (Polsha, Chexiya). Ushbu mamlakatlarga bir 
yilda chet el investorlari umumjahon oqimining 5 % yo‘naltirilgan. Bunda barcha 
o‘sishning 2/3 qismi Vengriya va Chexiyaga to‘g‘ri keldi: u yokka xususiy kapital 
oqimi salkam uch marta ko‘paydi. 
Transmilliy korporatsiyalar (banklar va moliyaviy muassasalar 
qo‘shilmagan holda) xorijiy qo‘yilmalari hajmi bo‘yicha yirik 100 tasi sanoat 
taraqqiy etgan mamlakatlarda joylashgan. Ularning xorijiy egalik qiymati taxminan 
1,4 trln. dollar baholanmoqda. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investatsiyalarining 
dunyodagi umumiy hajmini 2/3 qismini tashkil qiladi. Xorijiy investitsiyachilar 
faoliyatida eng faol ishtirokchi kompaniyalar orasida ingliz-golland konserni 
«Royal-Datch Shell» oldinda borayapti. Uning xorijiy aktivi 63,4 mlrd. dollar. 
«Ekson» 56,2 mlrd. dollar qiymatga ega. 
Endilikda yirik transmilliy korporatsiya (TMK)lar orasida rivojlanayotgan 
Osiyo va Lotin Amerikasidan chiqqan mamlakatlar bor. Bunday TMK lar ruyxatini 
Xitoydan «Xatchinson Uampu» va Meksikadan «Semeks» boshqarib borishayapti. 
Shunday qilib, turli kanallar bilan amalga oshirilayotgan xalqaro kapital 
harakati hozirgi bosqichda jahon xo‘jalik aloqalarining dinamik rivojlanayotgan 
shaklidir. Baynalminallashuv (internatsionalashuv) jarayonlari keyingi o‘n yilda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish kanallari roli sezilarli 
oshganini ko‘rsatadi, uning bosh sub’ektlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar va 
jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalardir. 


42 
Nazorat savollari 
1. Hozirgi zamon jahon xo‘jaligida va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
muhim ajralib turadigan belgilarni ayting. 
2. Xorijga kapital chiqarish o‘zida nimani aks ettiradi? 
3. Kapital chiqarish (eksport) sabablari qanday? 
4. Kapitalning xalqaro migratsiyasi nima? 
5. Kapital chiqarish va uni rag‘batlantirishga qaysi omillar turtki beradi? 
6. Chetga kapital chiqarishning asosiy shakllarini ayting? 
7. Jahonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jamg‘arish umumiy 
so‘mmasini aniqlang. 
8. Kapitalni eksport va import qiladigan asosiy mamlakatlarni ayting. 
9. «Uchlik» (AQSH, YEI va Yaponiya) da to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar qismi qancha? 
10. Uzoq muddatli istiqbolda xorijiy investitsiyalar uchun jahonning qaysi 
mamlakatlari jalb qiluvchi bo‘lib qoladi. 
11. Qaysi xorijiy transmilliy korporatsiyalar (TMK) Afrikada asosiy 
investorlar bo‘lib qolmoqda? 
12. Jahonning eng yirik korporatsiyalari harakterli qirralarini izohlang. 
13. Jahoning eng yirik va gigant transmilliy korporatsiyalari (TMK) ni 
ayting. 
14. Qaysi kompaniya jahonda xorijiy aktivlari bilan birinchi (1) o‘rinni 
egallaydi? 


43 
VI Bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INVESTITSION SIYOSATI 
VA UNING MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI 
1.§. O‘zbekistonda xorijiy investitsiyaning rivojlanishiga
ta’sir etuvchi asosiy omillar 
O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qo‘yidagi omillarga ega: 
katta zahiraga ega bo‘lgan foydali qazilmalar va yoqilg‘i – energetika resurslari, 
qishloq xo‘jaligi potensiali, ilmiy salohiyat potensiali, zamonaviy bozor 
infratuzilmasi institutlari, keng tijorat banklar tarmog‘i, Internetga chiqish bilan 
ishonchli telekommunikatsiyalar tarmog‘i, turizmni rivojlantirish imkoniyatlari. 
Tabiiy resurslari. O‘zbekiston Respublikasida 100 turdan ziyod mineral xom 
ashyo va boshqa foydali rudali jinslarni o‘z ichiga olgan istiqbolli 2700 dan ziyod 
manbalar aniqlangan. 900 dan ortiq konlar tekshirib ko‘rilgan, ulardagi boyliklar 
zahirasi 970 mlrd. AQSH dollariga baholanadi. Respublika umumiy mineral – xom 
ashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiq so‘mmani tashkil qiladi. 
Mineral xom ashyo resurslari va strategik materiallar zahirasi hajmi bo‘yicha 
O‘zbekiston jahondagi eng boy mamlakatlar qatoriga kiradi. O‘zbekiston oltin va 
uranning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahondagi birinchi beshlik (5) 
mamlakatlar, o‘nlik (10) mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 
Rangli metallar: Miss, qo‘rg‘oshin, rux, volfrom, reniy va boshqalarning yirik 
zahiralariga ega. O‘zbekistonda 33 ta marmar, 18 ta granit va gabbro konlari 
aniqlangan. Juda ko‘p dekorativ tosh konlarida butun Yevroosiyoda yirik 
hisoblangan nayob tabiiy xazinalar mavjud. Respublika fasforit konlariga boy. 
O‘zbekisonda osh tuzi, kaliy tuziga boy yirik konlar mavjud. 
O‘zbekiston hududida neft va gaz konlarining ulkan qatlamlari mavjud. 
Respublikaning 60 % hududi ularni qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo gaz kondensanti zahiralarining 74 %, neftning 40 %, tabiiy 
gazning 40 %, ko‘mirning 55 % ulushi O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. 
Mamlakatdagi aniqlangan ko‘mir zahiralari 2 mlrd. tonnadan ko‘proqni 
tashkil qiladi. Neft-ximiya, bazali ximiya, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, 
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda bu esa juda katta imkoniyatlar 
yaratadi. 
Qishloq xo‘jaligi potensiali. Bugungi kunda respublika agrosanoat majmuida 
mamlakatning mehnatga qobiliyatli aholisining 2/5 dan ko‘proq qismi band. 
Qishloq xo‘jalik sektori mahsulotlari mamlakatimiz aholisi uchun zarur bo‘lgan 
(90 %) oziq-ovqat ishlab chiqarish imkonini beradi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar 
yaratilayapti. 
Respublikada har yili 3-3,3 mln. tonna atrofida paxta xom ashyosi 
tayyorlanadi. Undan 1,5-1,7 mln. tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi. Keyingi 
yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yalpi hajmida to‘qimachilik 
mahsulotlari ulushi 21 % ga o‘sdi. O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarida paxta 
tolasi hajmining 25 % qayta ishlanmoqda. Respublika ipak sanoati yuqori 
sur’atlarda rivojlanayapti. Respublika pilla yetishtirish bo‘yicha dunyoda uchinchi 


44 
o‘rinni egallaydi. MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan pillaning qariyib 80 
% O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi. Xilma-xil va qulay iqlim sharoiti omillari 
respublikada keng turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish imkonini 
beradi. Mamlakatimizda yetishtiriladigan yuqori safatli sahovat, meva, uzum, poliz 
ekinlari mahsulotlarini tayyorlash, yuvish, quritish, saralash, qutilash, tez 
buziladigan mahsulotlarni saqlash, uzoq masofalarga eksportga jo‘natish uchun 
korxonalarni rivojlantirish talab etiladi. 
Ilmiy va intellektual potensial. O‘zbekiston yuksak kadrlar potensialiga ega. 
Ularning asosini oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tashkil etadi. 
Kadrlarning yordami va salohiyatiga tayanilib eksportbop murakkab mashinalar
asbob-uskuna va buyumlar ishlab chiqarish sohasida milliy sanoat tarmoqlari tez 
sur’atlarda taraqqiy eta boshladi. 
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy salohiyati bo‘yicha yetakchi 
davlat hisoblanadi. Respublika quyosh fizikasi, zilzilaga bardoshli inshootlar, 
mashinasozlikda lazerdan foydalanish, paxta navi va genetikasi, qorako‘lchilik, 
o‘simliklar kimyoviy moddalari va boshqa qator sohalarda ham noyob yutuqlarga 
erishayapti. 
Respublikada bugungi kunda 9700 dan ziyod umum ta’lim maktablari, 533 
kasb-hunar kollejlari, 55 ta akademik litseylar va 65 ta oliy o‘quv yurtlari-
universitetlar, institutlar ishlab turibdi. O‘zbekiston respublikasi aholisi yoppasiga 
savodxon mamlakat hisoblanadi. 
Transport infrastuzilmasi. Qulay iqtisodiy geografik o‘rinda joylashish va 
taraqqiy etgan trasport infratuzmalari Markaziy Osiyo, Yakin Sharq hamda MDH 
mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun imkon beradi. O‘zbekistonda barcha 
turdagi transport vositalarining respublika hududidan tashqariga chiqish uchun 
keng yo‘llar tarmog‘i yaratilgan. O‘zbekiston temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari 
tarmog‘i ancha zich joylashgani bilan Markaziy Osiyoda oldingi o‘rinda turadi. 
Respublika g‘arbdan sharqqa, janubdan shimolga olib boruvchi yo‘llarda eksport-
import yuklarini manzilga yetkazishda 10 ta transport karidori va tranzit 
yo‘nalishlaridan foydalaniladi. Yo‘llar tarmog‘i O‘zbekistonning barcha 
hududlarida tabiiy resurslar, qazilma boyliklaridan (kompleks) foydalanish, xalq 
xo‘jaligi tarmoqlarini hamma joylarda yuqori darajada rivojlantirish imkonini 
beradi.
Shuni qayd qilish joizki, Qamchik davonida tonnel qurilishi yangi avtomobil 
yo‘llari qurish va rekonstruksiya qilish orqali bugun O‘zbekistonning barcha 
viloyatlari va tumanlari ishonchli transport tarmog‘i bilan ulangan va bu 
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga juda katta yordam beryotir. 
Zamonaviy bozor infratuzilmalar tarmog‘i. O‘zbekistonda mustaqillikning 
birinchi yillaridayoq tovar-xom ashyo birjasi, respublika ko‘chmas mulk fond 
birjasi, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar respublika palatasi, biznes fond, 
respublika «Madad» sug‘urta agentligi, tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi 
«Tadbirkorbank», dehqonlar uchun «Paxtabank», «G‘allabank», «Zaminbank» 
kabi ijtimoiy-moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar tashkil etilgan edi. Ular bilan bir 
qatorda ko‘chmas mulk va investitsiyalar sohasi bo‘yicha maxsus Agentlik va 
boshqalar ham faoliyat ko‘rsata boshladi. Respublikadagi barcha tijorat banklari 


45 
zamonaviy texnikalar (kompyuterlar) bilan ta’minlangan, yagona aloqa tarmog‘iga 
birlashtirilgan va ishonchli himoya vositalari bilan muhofaza qilingan. 
O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar yetakchi banklari bilan 
ham korrespondentlik munosabatlari o‘rnatilgan. 
Mustaqillik yillarida Respublikada telekommunikatsiya va axborot 
texnologiyasi sohasi jadal taraqqiy eta boshladi va kommunikatsiyali aloqa tizimi 
yaratildi. Bu esa mamlakatimizning istalgan nuqtasi bilan tezkor bag‘lanish 
imkonini tug‘diradi. Bugungi kunda respublika shaharlarining telekommunikatsiya 
raqamli tarmoqlari bilan qamrab olishning darajasi qariyib 90 % dan oshdi. 
Turizm potensiali. O‘zbekiston o‘zining Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Shahrisabz va boshqa tarixiy shaharlari, qadimiy madaniy, me’morchilik obidalari 
bilan butun dunyoga tanilgan. Mamlakatimizda turizm infratuzilmasi yaratilgan. 
Bu kelajakda respublikada xalqaro turizm sohasini rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning 
turistik infratuzilmasi har yili qariyib 1,5 mln. atrofida turistlarga xizmat ko‘rsatish 
imkoni bor. 
2.§. Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida xorijiy
investitsiyalarning roli 
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha turdagi resurslar mamlakatimizda xorijiy 
investorlar uchun faoliyat sohasini tanlashiga imkoniyatlar eshigini ochadi. 
Mustaqillik yillarida jalb qilingan investitsiyalar hajmi 14 mlrd. dollardan ortiq 
bo‘lsada, O‘zbekiston bozorlarining investitsion sig‘imida bir necha marta ko‘p 
sur’atlar qo‘lga kiritildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar bilan birga 
korxonalarning faoliyati sohalari tuzilishi ham o‘zgarmoqda. Hozirgi vaqtda 80% 
qo‘shma korxonalar ishlab chiqarish sohasida band. Bunda qo‘shma faoliyat 
bo‘yicha xorijiy hamkorlik bo‘lib, «Bursel» (Turkiya), «Marubenti» (Yaponiya), 
BRI (AQSH), «Goldteks», «Vimateks», «Djaminolla» (Italiya, to‘qimachilik va 
ipakchilik sanoati), «Knauf» (Germaniya), «Semar Interneshnl» (Italiya, qurilish 
materiallari), «Bi Es Ay Industriz Ink», «ABB Lummus global», «Beyker xyuz» 
(AQSH), «Lukoyl», «Gazprom», «Nuritex» «Dimm Bill Donn» (Rossiya), 
«Safregaz» (uglevodorod qazib olish va razvedka, Fransiya), «Nyumond 
Mayning» (AQSH), «Okus» (Buyuk Britaniya), «Multipleks» (Avstraliya), 
«Beytman» (Isroil, oltinkon qidiruv), «Lyuftganza» (Germaniya havo kemalari 
ta’miri), «Nestle» (Shveysariya), «Manzini» (Italiya, oziq-ovqat sanoati), «Keys 
Nyu Xolland» (AQSH, mashinasozlik) va boshqa kompaniyalar hisoblanadi. 
2003 yilda investitsiya doirasida 2 mlrd. dollar hajmida loyihalar amalga 
oshirildi, ularning 80 % to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va loyihalarni shartli 
moliyalashtirishga jalb etilgan mablag‘larga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda ko‘p 
ukladli iqtisodiyot yaratilishi ko‘p jihatdan davlat mulkini bosqichma-bosqich 
xususiylashtirishga imkon berdi. Natijada keyingi 10 yillar ichida 130 ming davlat 
korxonalari mulkchilik shakllarini o‘zgartirdilar. Mulkda davlat monopoliyasiga 


46 
barham berish «Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish to‘g‘risida» gi 
qonunda o‘z aksini topdi. Nodavlat korxonalarini keyingi shakllantirish masalalari 
«Xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» gi qonunda belgilab 
qo‘yildi. 
Keyingi yillarda respublika iqtisodiyotning strategik muhim sohalarida yirik 
loyihalar amalga oshirildi. «Sho‘rtan» gazkondensati konida kompressor stansiyasi 
qurildi. «Shimoliy O‘rtabuloq» konida yangi quvvat ishga tushirildi. Farg‘onada 
«Azot» kimyo zavodida yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «Murintov» 
karerida tog‘ ishlarini tezlashtirish loyihasi, ko‘mir sanoatini texnik qurollantirish 
birinchi bosqichi, Samarqandda, «Prezident Otel» qurilish nihoyasiga yetkazildi. 
Toshkentda 4 ta mehmonxona kompleks rekonstruksiya qilinib, ishga tushirildi. 
«O‘zDEU avto» zavodida yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yildi. 
Qo‘qon superfosfat zavodi rekonstruksiyasi to‘gallandi. «Surxontekstil» 
qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Tayyor ipak buyumlar va ipak ip ishlab chiqarish 
bo‘yicha «Velaysilk» ko‘shma korxonasi, «Ishonch» AJ qayta texnik jihozlandi. 
«Besteks», «Baliqchi» va «Oyim Tekstil» qo‘shma korxonalarida paxtadan 
gazlama va ip yigirish ishlab chiqarish yangi quvvatlari ishga tushirildi. 2005 yilda 
lokalizatsiya dasturi doirasida 158 ta loyiha amalga oshirildi, 145 turdagi 
mahsulotlar ishlab chiqarish lokalizatsiyalashtirildi. 
3.§. O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhit va shart-sharoitlar 
O‘zbekistonda xorijiy investorlar va investitsiyalarga teng huquqli shart-
sharoitlar yaratilgan. Ularning doimiy ravishda to‘lik xavfsizligi himoya 
qilinmoqda. Xorijiy investitsiyalar uchun huquqiy rejim O‘zbekiston yuridik va 
jismoniy shaxslari amalga oshirilayotgan investitsiyalar huquqiy rejimnikidan kam 
bo‘lmasligi kerak. Ular asosiylaridan biri shuki, huquqiy rejim xorijiy investorlarni 
mamlakat qonunchiligida o‘zgarishlar ro‘y berganda ham zarar ko‘rmasligini 
kafolatlaydi va huquqini himoya qiladi. Buning ma’nosi shuki, qonunchilik aktlari 
o‘zgargan taqdirda ham xorijiy investorlarning manfaatlariga zarar yetishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Investitsiya amalga kirgan momentdan boshlab, shartlarga 10 yil 
davomida o‘sha vaqtdagi qonun saqlanib qoladi. Xorijiy investor agar yangi qonun 
uning shartlarini bajarilishiga monelik qilmasa, sarmoyasini ko‘payishiga yordam 
bersa uni qo‘llanish huquqiga ega. 
Xorijiy investorlar uchun qulay rejim qonunlarda va me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar tartibida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekistonda investitsion jarayonlarni 
qo‘llab-quvvatlash uchun taraqqiy etgan institututsional infratuzilma yaratilgan. 
Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar 
Deportamenti, O‘zbekiston Prizidenti islohatlar va investitsiyalar bo‘yicha 
Mahkamalararo kengash uning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi 205-
son «To‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha 


47 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya Vazirligi quyidagi huquqlar berilgan: 

jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarni asoslangani va xorijiy 
investitsiyalar bilan korxonalarni zarur xo‘jjatlar orqali nechog‘lik 
ma’suliyat bilan tan olishganligini o‘rganish, jumladan, jinoiy materiallar, 
xo‘jalik, ma’muriy va fuqarolik ishlari; 

aniqlangan qonunchilik buzilishlari buzilish sabablari va ularni keltirib 
chiqargan sharoitni bartaraf etish yuzasidan vazirliklar rahbarlariga, 
muassasa va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mahalliy hokimiyat 
organlari va boshqaruvlariga belgilangan muddatda albatta bajarish sharti 
bilan taqdim etadi; 

xorijiy investorlarning qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilishi faktlari 
aniqlanganda tegishli organlar oldiga aybdor mansabdor shaxslar 
javobgarlika tortish shuningdek adliya organlari qonuniy talablarini 
bajarmagan mansabdor shaxslar masalasini qo‘ydi; 

xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar huquqlarini buzgan 
mahalliy hokimiyat organlari va boshqaruvlari, nazorat organlari qarorlari, 
harakatlarini to‘xtatish; 

xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar qonuniy manfaatlari 
va huquqlari buzilgan hollarda davlat poshlinasi to‘lamasdan jinoiy, 
fuqarolik, xo‘jalik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga taklif bilan 
murojat qilish; 

xorijiy investitsiyali korxonalar va xorijiy investorlar qonuniy manfaatlari 
va huquqlari buzilganligi haqida murojaat qilinganda tekshiruvga tegishli 
mutaxassislarni jalb etish; 
Shu bilan birga Adliya vazirligi tarkibida xorijiy investitsiyali korxonalar va 
xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Boshqarma tashkil qilindi.
Xorijiy investorlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, ularni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida O‘zbekistonda ixtisoslashgan tashkilotlar tarmog‘i ishlab turibdi: Tovar 
ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, «O‘zbekinvest» eksport–import 
milliy sug‘urta kompaniyasi shtabi Londonda bo‘lgan siyosiy tavakalchilikni 
sug‘urta qilish bo‘yicha «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi kabilar 
ishlab turibdi, yirik ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun lizing kompaniyasi 
tuzilgan. Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 
(YEBRR), «Maloy Benk Berkard» (Malayziya) va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy 
faoliyat Milliy banki uning ta’sischilaridan. 
O‘zbekistonda xorijiy investorlar bo‘lishi mumkin: 

xorij davlatlari, xorij davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari; 

xalqaro tashkilotlar, bitimlar yoki shartnomalar bilan davlatlararo tashkil 
etilgan xalqaro ommaviy huquq sub’ektlari; 

yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar qonunchilik aktlariga muvofiq tashkil 
qilingan va faoliyat yuritayotgan har qanday shirkatlar, tashkilot yoki 
assotsiatsiya; 


48 

xorijiy davlatlar fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va 
fuqaroligi bo‘lmagan holda chet elda yashayotgan jismoniy shaxslar; 

xorijiy investorlarga har bir konkret investitsiyalashda investitsiyalarni 
rag‘batlantirish maqsadida himoyalash choralari kafolatlanadi; 

turg‘un iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi mamlakat iqtisodiyoti tarkibida 
progressiv o‘zgarishlar, afzal sohalar; 

respublikaning eksport quvvatini mustahkamlash va kengaytirishga, uning 
jahon xo‘jaligi integratsiyasida galdagi ustun loyihalarini ta’minlash; 

xususiy tabirkorlik va kichik biznes sohasida xom ashyo va materiallarni 
qayta ishlashga, aholi bandligini ta’minlash, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 
va xizmatlarga qaratilgan loyihalar; 
O‘zbekiston investitsion qonunchiligida tarkibiy qism bo‘lib, respublikani 
xalqaro shartnomalarga konvensiyalarga va bitimlarga qo‘shilishi haqidagi muhim 
xo‘jjatlar hisoblanadi. Ular tarkibiga kiradi: 
O‘zbekiston va YEI hamda unga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik va 
sherikchilik to‘g‘risidagi kelishuv (1996 y); investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish 
va rag‘batlantirish haqida davlatlararo kelishuv. Bu hamkorlik va sherikchilikda 
ikki tomonlama soliqqa tutilishni oldini oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, chet el investitsiya bilan 
korxona yo uning muassisligida, yo xorijlik investorning ishtiroki ulushi (pay, 
aksiya) natijasida tashkil etilishi mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalariga sharoit yaratishda ko‘zda tutiladi: 

teng huquqli sherikchilik; 

o‘zaro foydali; 

umumiy maqsadga erishish uchun moliyaviy va mehnat, material 
resurslarni birlashtirish; 

sherikka o‘z mamlakatida samarali iqtisodiy faoliyat yuritishda 
ko‘maklashish. 
4.§. Xorijiy investitsiyalar bilan korxonalarning o‘sish dinamikasi 
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirish va mustahkamlashda 
iqtisodiyotga chet el investitsiyalarining jalb etish muhim iqtisodiy omillardan 
hisoblanadi. Shuning uchun chet el investitsiyalari hajmi yil sayin oshib borayapti. 
2004 yilda O‘zbekistonda umumiy 3090 korxona chet el investitsiyasi bilan 
ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ulardan 2497 tasi qo‘shma korxonalardir. 
Faqatgina 2003 yilda 262 ta yangi korxona ro‘yxatdan o‘tdi, bu 2002 yilga 
nisbatan 126 % ni tashkil qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarining 
amaldagi soni 6,5 % o‘sishi bilan birga, ular faoliyati tuzilishi ham o‘zgardi: tijorat 
va savdo-vositachilik faoliyati sohasida ulush qisqardi va moddiy ishlab chiqarish 
sohasida ulush ko‘paydi. Chet el investitsiyasi bilan ishlab turgan korxonaning 
1307 tasi (59,2 %) sanoatda faoliyat ko‘rsatayapti. Ulardan 21 % iste’mol tovarlari 
ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayapti. 


49 
Agar 1995 yilda ishlab chiqarish sohasida chet el investitsiyasi bilan 308 
korxona band bo‘lsa, 2005 yil yakunlariga ko‘ra, chet el investitsiyasi bilan 
ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalari soni 6 barobarga oshdi.
Ular asosan mashinasozlik va metallni qayta ishlash, avtomabilsozlik, 
shuningdek oziq-ovqat, yangi sanoat, mahalliy resurslarni qayta ishlovchi 
sahalarga jalb etilmoqda. 
Chet el investitsiyasi bilan korxonalar tashqi savdo oboroti doimiy ravishda 
o‘sib bormoqda va 2005 yilda u 34 % ga o‘sdi. Chet el investitsiyalari mahsulotlari 
eksporti (ishlar, xizmatlar) respublika eksporti hajmida 15,1 % ni tashkil etdi. 
Butun chet el investitsiyasi eksport hajmida: oziq-ovqat – 31,2 %, kimyoviy 
mahsulotlar – 41,4 %, energiya tashuvchilar – 46,9%, mashina va uskunalar – 50 
%, yengil sanoat mahsulotlari – 414,2 ni tashkil etdi. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda jahonning 80 mamlakati vakillari investorlar 
hisoblanadi. Qo‘shma korxonalar tashkil etishda ko‘proq Turkiya, Germaniya, 
Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Italiya, MDH mamlakatlarida – Rossiya, 
Ukraina, Qozog‘iston va boshqalar faollik ko‘rsatmoqdalar. Xorijiy investorlar 
ishtirokida tashkil etilgan yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orasida 100 % li chet 
el kapitali bilan ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ulushi o‘sdi. 
Bu ularning umumiy sonida 1/5 ni tashkil qiladi. 


50 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tashqi savdo aloqalarining 
ahamiyati va rolini ta’riflang. 
2. O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy vazirligi qachon tashkil etilgan? 
3. O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqlari bo‘yicha Agentligi 
qachon tuzilgan? 
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik oldiga qanday vazifalar 
quyilgan? 
5. «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risi»gi qonun 
yangi tahrirda qachon qabul qilingan? 
6. Iqtisodiyotning bu sohasi me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirishda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qanday qonunlar qabul 
qilingan? 
7. O‘zbekiston jahonning nechta mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni 
o‘rnatgan? 
8. Agentlik qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha aloqani amalga oshiradi? 
9. Mustaqillik yillarida respublikaning umumiy tashqi savdo hajmi necha marta 
ko‘paydi? 
10. Respublikada qaysi yildan boshlab tashqi savdo oborotida ijobiy saldo 
ta’minlanayapti? 
11. 1990-2005 yillarda respublika eksportida xom ashyo resurslari ulushi necha 
protsentga qisqardi? 
12. Mamlakat eksporti nomenkulaturasi qaysi tovarlar bilan to‘ldiriladi? 
13. Oziq-ovqat tovarlari importi necha protsentga qisqardi? 
14. Yangi uskunalar, yangi texnika va texnologiyalar sotib olish necha 
protsentga o‘sdi? 
15. O‘zbekiston tashqi savdo oborotida YEI mamlakatlari necha protsentni 
egallaydi? 
16. Respublika tashqi savdosida qaysi mamlakatlar O‘zbekistonning asosiy 
sheriklari hisoblanadi? 


51 
VII – Bob. XALQARO XIZMAT KO‘RSATISH VA SERVIS BOZORI 
1.§. Xalqaro xizmat ko‘rsatish, servis bozori tavsifi va 
tushunchasi 
Xizmatlar ko‘rsatish va servis odamlarning xilma-xil keng ehtiyojlarini 
qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali majmua faoliyat turlari va tijoriy 
mashg‘ulotdir. YUNTKAD va Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan «Xalqaro 
transaksiyalarni xizmatlar bilan liberallashtirish»da xizmatlarga quyidagi aniqlik 
beriladi: 
Xizmatlar (services) – institutsional birliklar nizomidagi o‘zgarish bo‘lib, 
qaysikim boshqa bor institutsional birlik bilan o‘zaro kelishuv asosida va harakat 
natijasida ro‘y beradi. 
Bu aniqlik ko‘p qirrali operatsiyalar firma doirasini qamrab oladi. Shuning 
uchun xizmat tushunchasi keng va tor ma’noda narxlanadi. Birinchi holda 
xizmatlar – insonning tijoriy mashg‘uloti va xilma – xil majmua turdagi 
faoliyatidir. Uning vositasida u boshqa odamlar bilan munosabatga kirishadi, 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin