O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Umumiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

Umumiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti, ya’ni ishlab chiqarish 
sohalari bo‘yicha (qazib olish, qayta ishlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi) ko‘proq 
xo‘jalikni ekstensiv rivojlanish davriga xos va eng avvalo tabiiy, ishlab 
chiqarishning tabiiy – geografik sharoitlari bilan bog‘liq. 
Xususiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti ma’lum sohalar, ularning 
tarmoqlari va ishlab chiqarish turlarida xalqaro ixtisoslashuvni taqozo etadi. Bunda 
almashuvning internatsionallashuvi paydo bo‘ladi va kengayadi, savdo o‘sishi 
tezlashadi. 
Yakka tartibdagi xalqaro mehnat taqsimoti alohida operatsiyalar 
(detallar, uzellar, agregatlar) va texnologik stadiyalarga ixtisoslashuvni taqozo 
qiladi. Bu sharoitda bozor hajmi o‘sadi. Jahon savdosi o‘zish sur’atida rivojlanadi 
(ishlab chiqarishga taqqoslanganda). Shuning uchun ham xalqaro savdoda 
komplektlovchi kooperatsiya tartibida, shu jumladan, trans milliy korporatsiya 
doirasida (TMK)1/2 dan ko‘proq mahsulot tovar almashinuvi qayta ishlash 
sanoatiga to‘g‘ri keladi. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Xalqaro mehnat taqsimoti nima? 
2. Xalqaro mehnat taqsimotining shakllarini ayting. 
3. Umumiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti nima? 
4. Xususiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risida tushuncha bering. 
5. Yakka tartibdagi xalqaro mehnat taqsimotini ayting. 


17 
III Bob. HALQARO SAVDO ALOQALARI VA SAVDO SIYOSATI 
1. §. Xalqaro savdo aloqalari xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
tizimida 
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda rivojlangan va an’anaviy 
shakl bu-tashqi (xalqaro) savdo aloqalaridir. Hozirgi kunda xalqaro savdo ulushiga 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar hajmining beshdan bir (1/5) qismi to‘g‘ri keladi.
Har qanday davlat uchun tashqi savdo rolini baholash qiyin. J. Saksning 
ta’rificha, «Har kanday mamlakat iqtisodiyoti tashqi savdoga asoslangan holda 
gurkiraydi. Jahon iqtisodiyoti tizimidan uzilib qolgan birorta mamlakat hali 
sog‘lom iqtisodiyot yaratishga muvaffaq bo‘lolgani yo‘q». 
Halkaro savdo turli mamlakatlarda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi 
xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan aloqalar shaklidir. Ularning 
o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini aks–milliy savdo siyosati ta’siri ostida tarkibiy 
tuzilishlar – ixtisoslashish va sanoat ishlab chiqarishining kooperatsiyalashuvi, 
milliy xo‘jalik hamkorlik harakatini kuchaytiradi. Xalqaro savdo, butun 
davlatlararo oqimining o‘rtalikdagi harakati natijasida ishlab chiqarish tez sur’atlar 
bilan o‘sadi. Tashqi savdo oboroti tadqiqotlariga ko‘ra, dunyo ishlab 
chiqarishining har 10 % o‘sishga jahon savdosi hajmining 16 % ko‘payishi to‘g‘ri 
keladi. Buning bilan uning taraqqiyotiga kulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. 
Ma’lumki, savdoda uzilish bo‘lsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi ham susayadi.
«Tashqi savdo» deyilganda u yoki bu mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan 
to‘lov orqali olib kelinadigan (import) va to‘lov orqali jo‘natiladigan (eksport) 
tovarlar savdosi tushuniladi. 
Ko‘p turli tashqi savdo faoliyati tayyor mahsulotlar savdosiga tovar bo‘yicha 
ixtisoslashuviga mashinalar va uskunalar, xizmatlar va xom ashyo savdosiga 
bo‘linadi. 
Xalqaro savdo deb dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 
to‘lovlarining yig‘indisiga aytiladi. Biroq «Xalqaro savdo» tushunchasi tor 
ma’noda ham ishlatiladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlar sanoat tovar oboroti,
yoki bu qit’a, mintaqa, tovar oboroti bo‘lishi mumkin. Misol uchun Sharqiy 
Yevropa va shu kabilar. 
Eksport va import mutanosibligi savdo balansini hosil qiladi. BMT statistika 
nashri butun jahon mamlakatlari birgalikdagi eksport qiymatini xalqaro savdo 
hajmi dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar sifatida e’lon qiladi.
Tabiiy hol, jahon savdosi taraqqiyotida unga ishtirok etuvchi mamlakat 
manfaatiga tayanadi. Xalqaro savdo nazariyasi tashqi savdodan, yoki tashqi savdo 
oqimi yo‘nalishidan manfaatdor savdo mamlakatga o‘z ixtisoslashuvini 
rivojlantirib mavjud resurslar ishlab chiqarishini oshirish, shu orqali aholi 
faravonligini yaxshilashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 


18 
2. §. Xalqaro savdo nazariyasi 
Ma’lumki, xalqaro savdo nazariyasi asoslari XVIII asr oxirlari – XIX asr 
boshlarida mashhur iqtisodchilar Adam Smit va David Rikkardo tomonidan 
shakllantirilgan. 
Adam Smit o‘zining «Xalqlar boyligi sabablari va ularning tabiati to‘g‘risida 
tadqiqotlari (1776 y) kitobida mutloq ustunlik nazariyasini shakllantirdi va xalqaro
erkin savdoni rivojlanishidan manfaatdor mamlakatlar undan mustaqil ravishda 
eksporter yoki importyorligidan qat’iy nazar albatta yutishini ko‘rsatdi. A.Smit 
«almashinish har bir mamlakat uchun foydali ekanligini, har bir mamlakat unda 
mutloq ustunlikni topishini» isbotladi. Xalqaro savdoda mutloq ustunlik bu-
mamlakatda ishlab chiqarishda boshqa mamlakatda mumkin bo‘lmagan kam 
mehnat sarflab tovar ishlab chiqarishdir. 
A.Smit tahlili klassik nazariyaning tayanch nuqtasi sifatida erkin savdo 
siyosatining barcha turlariga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ammo biroq, bu mulohazalarni oxirigacha davom ettirib shunday xulosaga 
kelish mumkin: agar mamlakat chetdan cheklanayotgan miqdorda, arzon bahoda 
istalgan barcha narsasini topsa, uning manfaatlari chetda «hammasi» tusini oladi. 
Uning o‘zini sotish uchun biror bir narsa ishlab chiqarayaptimi? hech narsa buni 
kafolatlay olmaydi. Ana shunda uni o‘zi sotib oladigan narsalariga umid 
bog‘lashdan boshqa iloji qolmaydi. Turgan gap, bunda mutloq-usutunlik nazariyasi 
boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.
D.Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish» (1819 y) 
kitobida bu boshi berk ko‘chadan chiqishning klassik nazariyasini olg‘a suradi. U 
xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajrata turib, ikki davlat o‘rtasida qaysi doirada 
almashinish maqbulligini ko‘rsatadi. Har bir mamlakat o‘z manfaatidan kelib 
chikib ishlab chiqarishda ustunlik beradigan yoki nisbatan kam foyda beradigan 
sohaga ixtisoslashishi mumkin. Uning mulohozalari taqqoslama ustunlik 
nazariyasida o‘z aksini topadi. 
D.Rikardo xalqaro almashinuv barcha mamlakatlar uchun zarur va manfaatli 
ekanligini ko‘rsatib berdi. U shunday baho hududi (zonasi)ni aniqladiki, uning 
ichida almashinish hamma uchun foydalidir. 
Jon Styuart Mill o‘zining «Siyosiy iqtisod asoslari» (1848 y.) ishida almashish 
qanday bahoda amalga oshishini ko‘rsatdi. Millning xulosasiga ko‘ra almashish 
bahosi talab va ehtiyoj qonuni asosida belgilanadi va har bir mamlakatni 
eksportdan oladigan foydasi import to‘lovlarini qoplash imkoniyati darajasida 
bo‘ladi. Bu xalqaro qiymat qonuni yoki «Xalqaro qiymat nazariyasi» Millning 
katta xizmatidir. Xalqaro qiymat nazariyasi ko‘rsatadiki, mamlakatlar o‘rtasida 
tovar almashishini mo‘tadillashtiruvchi baho mavjud. Bu bozor narxi talab va 
ehtiyojga bog‘liq. 
Burjuaziya siyosiy iqtisodi klassik nazariyasi taraqqiyoti haqida yangi so‘zni 
Gotfrid Xaberler aytdi va u nafaqat mehnatni, balki ishlab chiqarishning barcha 
omillarini aniqlashtirib berdi. 


19 
Hozirgi zamon xalqaro savdo oqimi tuzilishi va yo‘nalishlari haqidagi 
tasavvurlarga shved iqtisodchi olimlari Eli Xeksher va Bertil Olin asos soldilar. 
Ularning takkoslama ustunlik haqida tushuntirishlaricha u yoki bu mamlakatda 
ma’lum mahsulotlarga egalik munosabati ishlab chiqarishni ta’minlanish omillari 
darajasiga bog‘liq. E.Xeksher va B.Olin ishlab chiqarish omillari – mehnat, yer, 
kapital, shuningdek u yoki bu tovarlarga ichki turli talablar bahoni tenglashtirishi 
teoremasini olg‘a surdilar. 1948 yilda amerikalik iqtisodchilar P.Samuelson va 
V.Stolper Xeksher – Olin teoremasi isbotini takomillashtirdilar. Ya’ni ishlab 
chiqarish omillari bir turligi, texnikalar bir xilligi, xalqaro tovar almshishda 
tovarlarni to‘liq safarbarligi va raqobat mamlakatlar o‘rtasida narx omillarini 
tenglashtiradi. 
Bundan keyingi tashqi savdo nazariyasi taraqqiyoti Amerikalik iqtisodchi 
V.Leontevning «Leontevning o‘ziga xos fikrlari» nomli ishida o‘z ifodasini topdi. 
O‘ziga xos fikrlar shundan iboratki, Leontev Xeksher-Olin teoremasidan 
foydalanib, urushdan keyingi davrda Amerika iqtisodiyoti kapitaldan chiqarish 
turlariga ixtisoslashganini ko‘rsatib berdi. Boshqacha aytganda Amerika eksporti 
importga qaraganda bir muncha mehnat talab va kam harjroq. 
Bu xulosa AQSH iqtisodiyoti haqida avvalgi tavsavvurlarni chippakka 
chiqardi. Umumiy xulosaga ko‘ra, u hamisha kapitalni keragidan ortiqligi bilan 
harakterlanadi va Xeksher-Olin teoremasiga binoan AQSH kapital talab tovarlarni 
import emas, eksport qilishi kutilardi. 
V.Leontev kashfiyoti keyingi yillarda keng aks-sado berdi. Turli mamlakatlar 
iqtisodchilari «Leontevning o‘ziga xos firklari» mavzusida bahs-munozaralarga 
kirishdilar. Natijada tenglashtiruvchi ustunlik nazariyasi yanada rivojlandi. U 
texnika progressi va uni taqsimotda notekisligi, iqtisodiy vositalarni fermenli 
emasligi, ish haki masalasida va boshqalarda mamlakatlar o‘rtasidagi farqlarni o‘z 
ichiga oladi. 
G‘arb tadqiqotlarida xalqaro savdo muammolarida shuningdek multiplikator 
(ko‘paytiruvchi) tashqi savdo nazariyasi ham keng yoyildi. Bu nazariyaga muvofiq 
tashqi savdo (ayniqsa eksportda) milliy daromad o‘sish dinamikasi, bandlik hajmi, 
iste’mol va investitsion faollikka samarali ta’sir qiladi.
Har bir mamlakatda multiplikator ma’lum son bog‘liqligiga qarab, ma’lum 
koeffitsiyent turida aks etishi va hisoblab chiqilishi mumkin. Boshlang‘ich eksport 
buyurtmasi mahsulot ishlab chiqarishni bevosita ko‘paytiradi, turgan gap, 
buyurtmani bajaruvchi sohalarda ish haqi ham ko‘payadi. So‘ngra ikkilamchi 
iste’mol sarflari harakatga keladi. 
3.§. Xalqaro savdoning o‘sishi, tuzilishi va geografiyasi 
XX asr ikkinchi yarimidan boshlab, xalqaro almashishi «portlovchi harakter» 
kasb etayotgan sharoitda xalqaro savdo aloqalari yuqori sura’tlarda rivojlanabordi. 
1960 yillardan to 2005 yilgacha jahon ichki yalpi mahsuloti hajmi 28 martadan 
ortiq, jahon eksporti hajmi esa 42 martaga o‘sdi. G‘arb mutaxassislarining 


20 
baholashlaricha, 1960 va 1970 yillar orasidagi davrni jahon savdo taraqqiyotida 
«oltin asr» deyish mumkin. Xuddi shu davrda jahon eksportida har yili 7 % 
o‘sishga erishildi. Ammo 70 – yillar o‘rtasiga kelib bu ko‘rsatkich 5 % gacha 
pasaydi. XXI asr boshlarida ro‘y bergan yaqqol pasayishdan keyin xalqaro savdo 
yana yuqori turg‘un o‘sish sura’tini namoyish kila boshladi. 
Xalqaro savdoning barqarorligi va turg‘un o‘sishiga quyidagi bir qator 
omillar ta’sir o‘tkazdi: 

xalqaro mehnat taqsimoti taraqqiyoti va ishlab chiqarishning 
baynalminallashuvi; 

asosiy kapitalning yangilanishi, iqtisodiyotning yangi sohalarini yaratish, 
eskilarini rekonstruksiya qilishni tezlatuvchi milliy savdoning o‘sishi; 

jahon bozorida transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyatining 
aktivlashishi; 

jahon savdosining tariflar va savdo haqidagi Bosh kelishuv tadbirlari 
asosida muvofiqlash hamda liberalizatsiyalashtirish; 

jahon savdosini liberizatsiya qilish ko‘pchilik mamlakatlarda importni 
cheklashni bekor qilish va erkin iqtisodiy hududlar uchun mavjud bojxona 
poshlininalarini qaytarishga o‘tishi; 

iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, hududiy to‘siqlarni 
bartaraf etish; 

umumiy bozor va erkin savdo hududlarining vujudga kelishi; 

sobiq mustamlaka mamlakatlarning siyosiy mustaqillik olishi. Ular 
orasidan tashqi bozor uchun mo‘ljallangan yangi modelli «yangi industrial 
mamlakatlar»ning ajralib chikishi. 
XX asr ikkinchi yarimidan boshlab tashqi savdo dinamikasida sezilarli 
notekislik vujudga keladi. Bu jahon bozorida mamlakatlar o‘rtasidagi kuchlar 
munosabatlariga ta’sir qildi. AQShning mustahkam o‘rni bo‘shashdi. Agar 1950 
yilda bu mamlakatning jahon eksportidagi ulushi 1/3 ga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2004 
yilga kelib 1/8 ga to‘g‘ri kelayapti. O‘z navbatida Germaniyaniki Amerikaniqiga 
yaqinlashdi, ba’zi yillarda hatto undan o‘zdi ham. Germaniyadan tashqari eksport 
boshqa G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham o‘sdi. G‘arbiy Yevropa xalqaro
savdoning bosh markaziga aylandi. Uning eksporti AQSH eksportidan 4 marta 
ziyoddir. 
Keyingi yillarda xalqaro savdo sohasida Yaponiya sezilarli sakrash qildi. U 
mashina va uskunalar eksport qilishda birinchi o‘ringa chiqdi. Yaponiya yengil va 
yuk avtomashinalari, maishiy ishlab chiqarish texnikasi, elektronika bo‘yicha 
barcha mamlakatlarni ortda qoldirdi. Yaponiya eksportining uchdan bir qismi 
AQSH ga to‘g‘ri keladi. AQSH ning Yaponiya bilan savdosida defitsiti yiliga 50-
60 mlrd. dollar darajasida turibdi.
AQShning xalqaro savdoda yetakchilik o‘rnining pasayishi ma’lum darajada 
ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini pasayishi bilan bog‘liq. Yaponiya 
raqobatbardoshlikda yetakchilikni egalladi. Shu davrda unga Osiyoning «yangi 
industrial mamlakatlar»i – Singapur va Tayvan ko‘shildi.


21 
Mutaxassislarning taxminlaricha, XXI yuz yillik birinchi yillarida AQSH va 
Osiyo davlatlari raqobatbardoshlikda poyga quyishdi. 2030 yilga borib, uchta 
davlat - AQSH, Yaponiya va Xitoy raqobatbardoshlikda ajralib turadi. Navbatda 
Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya va boshqalar turibdi.
Hozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar jahon bozoriga asosan xom 
ashyo, oziq-ovqat va nisbatan oddiy tayyor mahsulotlar yetkazib beruvchilar bo‘lib 
qolayapti. Jahon bozorida xom ashyo va oziq-ovqatlarga talabning kamayishi 
sanoati rivojlangan mamlakatlar eksportini kengaytirish imkoniyatlarini 
pasayishiga olib keldi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar esa jahon eksportida oziq-
ovqat va xom ashyo (neftdan tashqari) ulushlarini bundan keyin ham ko‘paytiradi.
Jahon eksportida rivojlanayotgan mamlakatlarning bu tovarlar (neftsiz) 
eksporti 1960 yildagi 40 % dan XXI asr boshiga kelib 28 % ga qisqardi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoat guruhi tovarlari evaziga o‘z 
eksportini ko‘paytirishga urinishi sanoati rivojlangan mamlakatlarning u yoki bu 
shakldagi qarshiliklariga duch kelayapti. Shuning bilan birga, ayrim 
rivojlanayotgan mamlakatlar, eng avvalo «yangi industrial mamlakatlar», o‘z 
eksportlarini jahon bozoriga qayta muvofiqlashtirishda, unda tayyor mahsulotlar, 
mashina, asbob va uskunalar, boshqa sanoat mahsulotlari ulushini ko‘paytirishda 
sezilarli aloqa qila boshladilar. XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar sanoat 
eksporti ulushi umumiy jahon hajmining 16 % ni tashkil etdi. Umuman 
rivojalanayotgan mamlakatlar («yangi industrial mamlakatlar») eksporti birgalikda 
olinganda mamlakatlar guruhlari bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha ham notekis 
o‘sayapti. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda «Yangi 
industrial mamlakatlar», ayniqsa Osiyoning uch «kichik ajdahosi» (Janubiy 
Koreya, Tayvan, Singapur) eksportning tez o‘sishini namoyish etmoqda. Ularning 
jahon eksportidagi ulushi 10 % ni tashkil qiladi. Keyingi o‘n yilda tezkor sur’at 
olayotgan XXR iqtisodiyotiniki 3 % (1 % dan kam edi) ga ko‘tarildi. Hozirgi 
kunda jahon eksportida AQSH 12 % ni, G‘arbiy Yevropa – 43 %, Yaponiya – 9 % 
egallaydi. 
Keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida va xalqaro tovar 
almashishda Osiyo-Tinch okeani havzasi hissasi ortib bormoqda. Xalqaro savdo 
geografik yo‘nalishi asosiy tendensiyalarini harakterlashda shu faktni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, xalqaro mehnat taqsimoti va taraqqiyotining chuqurlashuvi 
rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda rivojlanayotgan mamlakatlar 
ulushining kamayishiga olib keladi. Asosiy tovar oqimi «katta uchlik» AQSH - 
G‘arbiy Yevropa – Yaponiya o‘rtasida kechadi. AQSH va YEI o‘rtasidagi yillik 
tovaroboroti 1,7 mlrd. dollarni tashkil etadi. YEI eksportining 1/5 AQSH ga 
yo‘naltirildi, 1/6 import esa AQShdan keldi. 
Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning murakkab texnikalarga egaligi bois, 
rivojalanayotgan mamlakatlardan ular shunday ortiqcha mahsulotlarga kam 
qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pincha murakkab texnika mavjud ishlab chiqarish sikllariga 
mos kelmasligi tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarga kerak bo‘lmaydi. Ba’zan 
cho‘ntakka ham to‘g‘ri kelmaydi. 
Jahon savdosi tuzilishi. Jahon savdosining ko‘proq dinamik va intensiv 
rivojlangan sektori bo‘lib qayta ishlash sanoati mahsulotlari savdosi, ayniksa ilm-


22 
fantalab tovarlar hisoblanadi. Masalan, fantalab mahsulotlar eksporti yiliga 500 
mlrd. dollardan ko‘proqni, yuqori texnologiya mahsulotlari ulushi esa sanoati 
taraqqiy etgan mamlakatlar eksportida 40 % ga yaqinlashadi.
Mashina va uskunalar bilan savdo qilish roli sezilarli oshdi. Sanoati 
rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida bu guruh tovarlari bilan savdoning kengayishi – 
muhim tendensiyadir. Bu xildagi savdo-sotiqning o‘sishi bilan ilmiy-texnik, ishlab 
chiqarish, tijorat, moliya-kredit harakteridagi xizmatlar keskin ko‘paydi. Mashina 
asbob va uskunalar bilan faol savdo qilish, injeniring, lizing, konsalting, axborot-
hisoblash kabi yangi xizmat turlarini vujudga keltirdi. 
1980 yildan 2005 yilgacha sanoati rivojlangan mamlakatlarda mashina, asbob 
va uskunalar eksporti qariyib 4 marta o‘sdi. Elektronika va elektron uskunalar 
eksporti ayniqsa tez sur’atlar bilan o‘sayapti. Butun mashina, texnika mahsulotlari 
eksportining 25 % uning ulushiga to‘g‘ri keladi. 
Xalqaro savdoda tez rivojalanayotgan sohalardan biri kimyoviy mahsulotlar 
savdosidir. Energiya resurslari va xom ashyo iste’moli talablarining oshishi 
tendensiyasi kuzatilayotganini ham qayd etish lozim. Ammo xom ashyo bilan 
savdo qilish sur’atlari jahon savdosi umumiy o‘sish sur’atlaridan ancha orqada 
qolayapti. Bu qoloqlik xom ashyo o‘rnini bosadigan, foydalanish ancha tejamli, 
qayta ishlashga qulay materiallarni ishlab chiqarishga majbur qilmokda. 
Jahon savdosida oziq-ovqatga nisbatan talab kamaygani qayd etilmoqda. Bu 
ma’lum darajada oziq-ovqat ishlab chiqarish kengayganligi bilan bog‘liq. 
XX asr birinchi yarmida (2-jahon urushigacha) va undan keyingi yillarda 
jahon savdosi tuzilishini ko‘zdan kechirar ekanmiz, biz jiddiy o‘zgarishlarni 
ko‘ramiz. Agar yuz yillikning birinchi yarimida jahon tovaraylanmasining 2/3 
oziq-ovqatga, xom ashyo va yonilg‘iga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib, 
tovaraylanmasining 1/4 qismi to‘g‘ri keladi. Savdoda qayta ishlash sanoati 
mahsulotlari 1/3 dan 1/4 ga o‘sdi. Va nihoyat, XX asr oxirida mahsulotlari 1/3 dan 
ziyod o‘sdi. Bu – mashinalar va uskunalar savdosidir.
Xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF) ma’lumotlariga qaraganda, 1980 yildan 
2005 yilgacha xalqaro savdo har yili o‘rtacha 5 % dan o‘sib borgan. 
Jahon savdosining tez sur’atlarda o‘sishi asosan AQSH, Italiya, Kanada, 
Ispaniya, shuningdek sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar (Yaponiyadan tashqari) 
Uzoq Sharq va Lotin Amerikasida xo‘jalik kon’yukturasining yaxshilanishi bilan 
bog‘liqdir. 
Jahon savdosi taraqqiyotida alohida mamlakatlar rolini qarab chiqar ekanmiz, 
eng yirik eksportchi va importchi AQSH bo‘lganini ko‘ramiz. AQShdan keyin 
Germaniya va Yaponiya borayapti. Birinchi yirik savdo mamlakatlari o‘nligida 
Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, Gollandiya, Belgiya (Lyuksemburg 
bilan) joy olgan. Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) ma’lumotlariga ko‘ra, 
Rossiya eksportda 20-chi va importda 25 – o‘rinni egallaydi. Rossiya umumiy 
tashqi savdo hajmi bo‘yicha 16–o‘ringa chiqdi. Eksportning dinamik taraqqiyoti 
bo‘yicha Xitoy, Singapur, Chili va Finlyandiyada sezilarli o‘sish ko‘zga 
tashlanayapti. Markaziy va Sharqiy Yevropa yaxlit mintaqa sifatida eksport 
sur’atlari bo‘yicha Osiyodan keyin 2–o‘rinni egallaydi. Jahon savdosida 
kechayotgan jarayonlarni tahlil qilar ekanmiz liberilizatsiya uning asosiy 


23 
tendansiyasidir. Bojxona poshlinalari darajasi sezilarli pasayishi ro‘y berdi, 
ko‘plab cheklovlar, kvotalar va boshqalar bekor qilindi. Ammo biroq, bir kator 
muammolar mavjud. Asosiylaridan biri-iqtisodiy guruhlar darajasida proteksion 
tendensiyaning avj olishi, ko‘p sohada bir-biriga qarshi turuvchi mamlakat savdo-
iqtisodiy bloklari. 
Savdo – iqtisodiy bloklar tashkil qilishda birinchi bahosiga ko‘ra, bugungi 
kunda ushbu hududlar doirasida jahon savdosining 42 % amalga oshirilgan. 
Ko‘proq taniqli hududlar orasida Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YEESA), 
Yevropa Ittifoqi (YEI), Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (SHAESH), Osiyo-
Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (OTIH) tashkiloti va boshqalar bor.
4.§. Xalqaro savdo siyosati 
Tashqi savdo aloqallari taraqqiyoti davlatlarning milliy iqtisodiyotni 
muvaffaqiyatli o‘sishi uchun eksport va importni muvofiqlashtirish bo‘yicha 
ko‘rayotgan chora-tadbirlari bilan bog‘liq. Erkin savdoni oqilona tashkil etish, 
allaqanday proteksion to‘siklar bilan cheklanmagan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. 
Buning uchun ham erkin savdo tarafdorlari odatda davlat tomonidan 
boshqarilmaydigan bozorni ta’minlashda xalqaro mehnat taqsimotining eng 
samarali variantlarini tanlash orqali ishtirokchi mamlakatlar aholisi turmush 
darajasini yaxshilashni ko‘zlashadi. Proteksion choralar tarafdorlari esa o‘z 
navbatida yosh milliy sanoat, aholi bandligi, uning yuqori turmush darajasi va 
boshqa manfaatlarini himoya qilishni ularga vaj qilib ko‘rsatdi. 
Davlatlarning tashqi savdo tajribasi amalda o‘ziga proteksionizm va 
liberalizatsiya elementlarini singdirgani bilan ajralib turadi. 
Masalan, uch yuz yilliklar davomida (XV-XVIII asrlar) burjua 
mamlakatlarining ko‘proq ommalashgan iqtisodiy doktrinasi va asosiy xo‘jalik 
siyosati merkantilizm bo‘lib keldi. Ya’ni, jamiyat boyligi pulda (qimmatbaho 
metall) deb hisoblandi. Merkantilistchilar tashqi savdoni uning muhim manbai, 
mamlakatga qazib olinmaydigan qimmatbaho metallarning kelishida deb qaradilar.
Chetdan keladigan oltinni ko‘paytirish uchun eksportni rag‘batlantirish va 
uning mamlakatda oqimi ustidan qat’iy proteksion choralardan foydalanishga yo‘l 
qo‘yildi. Ya’ni, import poshlinalarini oshirish, ma’lum tovarlar turini sotishda 
davlat monopoliyasini o‘rnatish orqali ushlab turiladi. Tashqi savdodan kelayotgan 
foyda proteksion siyosat o‘tkazish yo‘li bilan boshqa davlatlar ustunligi evaziga 
davlat ko‘radigan naf bilan bog‘lanadi. 
Shunga qaramasdan ayrim mamlakatlar proteksion siyosati xorijiy 
kontragentlarda xuddi shunday norozilik o‘tkazdi va oxir oqibat bu tashqi savdoni 
kasodga uchratdi. Shuning uchun ham sanoat inqilobi sharoitida tashqi iqtisodiy 
faoliyat intensiv taraqqiyoti XVIII asr oxirida yirik mashinalar ishlab chiqarishiga 
o‘tilishi zamin bo‘ldi. Uni XIX asrda Angliya rasmiy iqtisodiy siyosati avvalo 
ilmiy nazariy sifatida, keyinchalik «Erkin savdo» (fritrederstva) prinsipi sifatida 
qizg‘in rag‘batlantirildi. Fritredstva A.Smit va D.Rikardo tomonidan ishlab 
chiqilgan ishlab chiqarish harajatlarining solishtirma nazariyasi bilan asoslanadi.


24 
XVIII asr oxirida- XIX asr o‘rtalarida Buyuk Britaniyaning iqtisodiy 
yetakchiligi proteksion choralar bilan milliy iqtisodiyotni himoya qilishni 
keraksizga chiqardi. Ayni vaqtda Angliyaning tashqi savdoda faolligi oshishi 
Angliya sanoati uchun yangi bozorlarni egallash vositasi bo‘lib xizmat qildi. 
Aksincha, iqtisodiyoti sust rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, AQSH)da 
proteksionizm mafkurasi ommaviy tus oldi. 
Hozirgi zamon proteksion choralar tizimi turli yo‘nalishlarni qamrab olgan 
bo‘lib, ichki va tashqi bozorda milliy ishlab chiqaruvchilarga qulay sharoitlar 
yaratib berishga qaratilgan.
Ancha salmoqli choralar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. 

Boj solig‘i (tarif to‘siqlari), mamlakatga olib kelinadigan, yoki olib chiqib 
ketiladigan ma’lum turdagi mahsulotlarni qiyinlashtirish uchun 
foydalaniladigan poshlinalar. Chet el firmalari bilan milliy ishlab 
chiqaruvchilar raqobatini yengillashtirish uchun odatda tayyor mahsulotlar 
va yarim fabrikatlar, ayniqsa hasham buyumlar, importda nisbatan xom 
ashyo va materiallarga yuqori boj poshlinasi belgilanadi. 

Ma’muriy va siyosiy usullarda, iqtisodiy tarmoq otgan tizim yordamida 
tashqi iqtisodiy faoliyat bevosita yoki bilvosita to‘g‘ridan - to‘g‘ri tarifsiz 
to‘siqlarni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi zamon xalqaro almashish tajribasida ayrim usullar tashqi iqtisodiy 
operatsiyalarda kontingerli va litsenziyalangan ko‘rinish olgan. Shuningdek 
ko‘rsatilgan ayrim operatsiya turlariga davlat monopoliyasi joriy etilgan. 
Kontingerlash ayrim tovarlar yoki tovarlar guruhiga tashqi savdo operatsiyalarida 
erkin eksport turlari uchun ma’lum kvotalar belgilanganligi bilan bog‘liq. 
Litsenziyalash esa o‘z navbatida tashqi iqtisodiy savdo operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun xukumat organlarining ruxsati (litsenziya)ni olish zaruratini ko‘zda 
tutadi. Bu tizim davlatni tashqi iqtisodiy munosabatlar, turli iqtisodiy, siyosiy 
maqsadlarni muvofiqlashtirish, amalga oshirish ustidan nazorat qilish imkonini 
beradi. 
Ma’lumki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklash usullariga davlat monopoliyasidan 
foydalanishda davlat organlari huquqlari yoki ulardan foydalanishga vakolat olgan 
xususiy firmalarning tashqi iqtisodiy savdo faoliyati, ma’lum turdagi ishlab 
chiqarish huquqlarini ham kiritishi mumkin. 
Bilvosita cheklashlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklashlardan farqli ravishda 
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish yoki uning hajmini kamaytirishni 
takiklash bilan bog‘liq emas. Buning ustiga ular ko‘p hollarda milliy ishlab 
chiqaruvchilarni himoyalashda unchalik samarali bo‘lmagan proteksion vosita 
hisoblanadi. Bilvosita cheklash tuzilishida milliy soliq tizimi va milliy standartlar 
muhim o‘rin egallaydi. Mamlakat standartlariga rioya qilmaslik import 
mahsulotlarni kiritish va ularni ichki bozorda sotishni taqiqlashga olib kelishi 
mumkin.
Bundan tashqari, davlat organlariga o‘zida bor narsani chetdan sotib olish, 
ishlab chiqarishda milliy xom ashyoning ma’lum qismidan foydalanish tartibi, 
temir yo‘llar, portlarni ajnabiylar uchun taqiqlab qo‘yishda xom ashyo 
cheklashlarining boshqa shakllaridan foydalanish mumkin. 


25 
Proteksion choralar tizimida eksportni rag‘batlantirishning davlat vositalari 
ham muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi zamon sharoitida turli shakldagi moliyaviy 
imtiyozlar tizimi shakllangan. Ular tashqi va ichki bozorda milliy 
eksportchilarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan. Ularga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
Birinchidan, eksport mukofati sifatida eksportchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
dotatsiya, yuklarni ortish tushirishda foydalanilgan milliy va ajnabiy tarjimonlar 
xizmat haqi farqlarini to‘lash; 
Ikkinchidan, imtiyozli shartlar bilan eksport kreditlari berish, soliq imtiyozlari, 
siyosiy rejim beqaror mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga 
oshirishda davlat sug‘urtasi va kafolatlari berish. 
Xalqaro savdoni ko‘p tomonlama muvofiqlashtirish va tartibga solish, eng 
avvalo bojxona to‘siqlarini kamaytirish, navbatda savdo va ta’riflar bo‘yicha Bosh 
kelishuv asosida va uning merosxo‘ri Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) 
kelishuvlari asosida amalga oshirilmoqda. 
Savdo va ta’rif bo‘yicha Boj kelishuv (GAAT) yirik xalqaro tashkilot sifatida 
jahon savdosida ta’rif va boj masalalarini tartibga soladi. U 1947 yilda Jenevada 
tashkil topgan. Bu AQSH ikkinchi jahon urushidan keyin o‘z iqtisodiyotini 
mustahkamlab olgan, jahon tovaraylanmasi taraqqiyotini ta’minlovchi xalqaro
savdoning barqaror qoidalarini yaratish taklifi bilan chiqqan vaqt edi. 
Savdo va ta’rif bo‘yicha Bosh kelishuvning faoliyatidagi asosiy vazifa 1945-
1947 yillarda boj to‘lovlarini qisqartirish bo‘ldi. Rivojlangan mamlakatlarda boj 
to‘lovlari o‘rtacha kattaligi 40-60 % ni tashkil etar, ayrim tovarlar (masalan, 
kimyoviy) uchun 70-90 % ga yetgandi. 
Boj to‘siqlarining kamaytirilishi bo‘yicha doimiy ravishda faol ish olib 
borildi. Va bu 90-yillar oxiriga kelib kattalikni 3-5 % ga qisqartirish imkonini 
berdi. 
Savdo va tarif bo‘yicha Bosh kelishuv faoliyatida ko‘p tomonlama 
uchrashuvlar-raundlar o‘tkazish alohida o‘rin tutadi. Bunday uchrashuvlarda 
ishtirokchi mamlakatlar tashqi savdosini tartibga solish bilan bog‘liq masalalar kun 
tartibiga olib chiqiladi va keng muhokama etiladi. Tashkilotning tashkil etilgan 
momentidan hozirgacha sakkizta ana shunday raundlari o‘tkazilgan. 
Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) savdo va tarif bo‘yicha Bosh kelishuv 
tashkilotining davomchisi bo‘lib, o‘z faoliyatini 1995 yil yanvarida boshladi. 1996 
yilda Singapurda uning Oliy organi bo‘lgan Ministrlik konferensiyasi birinchi 
yig‘inini o‘tkazdi. 
Konferensiyada Butunjahon savdo tashkilotining (BJST) hozircha uning 
burchiga kirimaydigan yangi faoliyati qirrallari muhokama etildi. Shuningdek 
jahon savdo tizimida evolyutsion yo‘nalishning strategiyasi belgilab olindi. 
Hozirgi bosqichda Butunjahon savdo tashkiloti faoliyati ko‘p tomonlama 
savdo muzokaralarining Urugvayda o‘tkazilgan (1986-1994 yy.) raundi kelishuvi 
paketi asosida ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini 
tartibga solishga qaratilgan. BJST keng savdo–siyosiy bitimlar spektrini nazorat 
qilmokda va qabul qilinayotgan ko‘pgina qarorlarni mukammallashtirilishi 
natijasida katta vakolatlarga ega bo‘lmoqda.


26 
BJSTning markaziy vazifalaridan biri jahon savdosini liberallashtirish yo‘li 
bilan doimiy ravishda import poshlinasi darajasini qisqartirib borish, shuningdek 
turli noto‘g‘ri to‘siqlarni bartaraf etish. O‘z faoliyatida u xalqaro almashinishni 
kengaytirish, jahon resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni saqlagan holda 
barcha mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini barqorlashtirishga intilayapti.
Ayni paytda 134 mamlakat BJST teng huquqli ishtirokchisi hisoblanadi. 
Ularning ko‘pchiligi ta’sischi mamlakat maqomiga ega. Hozirgi davrda 40 ga 
yaqin tashkilot va mamlakat BJST da kuzatuvchi maqomiga ega. Ulardan 
yigirmadan ziyodi (Rossiya, Xitoy, Tayvan, Saudiya Arabistoni, ko‘pchilik MDH 
mamlakatlari, Boltik bo‘yi davlatlari) BJST ga qo‘shilish turli bosqichlarida 
turibdi. Bunda yangi mamlakatlarning BJST ga kirish shartlaridan biri ularning 
milliy qonunchiliklarini Urugvay raundi bitimi paketlariga muvofiqlashtirishdir. 
Shuningdek ular qo‘shilayotgan mamlakatlar qonunchilik organlari tomonidan 
keyinchalik ratifikatsiya kilinishi zurur.
Nazorat savollari 
1. Xalqaro savdo aloqalarining xalqaro iqtisodiy munosabatlar ulushida hajmi 
qanday? 
2. Jahon xo‘jaligida xalqaro savdo o‘rni va rolini aniqlang? 
3. Xalqaro savdo nazariyasi qaysi olimlar tomonidan shakllantirilgan? 
4. Xalqaro savdo taraqqiyotida qaysi davrni «oltin asr» deb harakterlash 
mumkin? 
5. Xalqaro savdoda barqaror turgan o‘sishiga qaysi omillar ta’sir qiladi? 
6. Jahonning qaysi mintaqasi xalqaro savdo bosh markazi hisoblanadi? 
7. Osiyoning qaysi davlati xalqaro savdo sohasida sezilarli sakrash qilgan? 
8. Xalqaro savdoda AQSH rolining pasayishi nima bilan bog‘liq? 
9. Jahon savdosida asosiy eksportchi va importchi mamlakatlarni ayting. 
10. Xalqaro savdoning asosiy geografik yo‘nalishi va tendensiyalarini 
harakterlang. 
11. Xalqaro savdo sektorining intensiv rivojlanishi va dinamikasida qaysi 
tovarlar va mahsulotlar muhim ahamiyat kasb etadi? 
12. Xalqaro savdoda qaysi tovarlar va mahsulotlarga nisbatan talab kamayishi 
ko‘zga tashlanadi? 
13. Xalqaro savdoda «Liberalizm» va «proteksionizm» atamasi nimani 
anglatadi? 
14. Xalqaro savdoda hozirgi zamon proteksion choralar tizimini ayting? 
15. Savdo va tarif bo‘yicha Bosh kelishuv xalqaro tashkiloti va uning 
davomchisi Butunjahon savdo tashkiloti–BJST qachon tashkil qilingan? 


27 
IV Bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XORIJIY MAMLAKATLAR 
BILAN TASHQI SAVDO ALOQALARI 
1.§. Mamlakat iqisodiyotini rivojlanishida tashqi savdoning roli 
Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri 
bo‘lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ular 
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama 
rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi 
vositadir. 
Jahon miqyosida har qanday davlat, xoh kichik, xoh yirik bo‘lsin, qanday 
taraqqiyot darajasida bo‘lmasin, tashqi iqtisodiy aloqalarsiz ko‘zlangan maqsadga 
erisha olmaydi. Chunki jahonda ishlab chiqarilayotgan buyumlar assortimenti bir 
necha million turni tashkil qiladiki, birorta davlat ularni o‘zida ishlab chiqarish 
qudratiga ega emas. Ayrim hollarda esa ba’zi tur mahsulotlarni o‘zida ishlab 
chiqargandan ko‘ra, boshqa mamlakatlardan olib kelish (sotib olish) arzonga 
tushadi. Shuning uchun tashqi savdo davlatning turli talablarini kondirishda, 
ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni sog‘lomlashtirish va samaradorligini oshirishda muhim 
kasb etadi. U el va ellatlarni yaqinlashtiradi va oxir oqibat davlat qudratini 
oshiradi, aholi turmush darajasini yaxshilaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni oqilona amalga oshirish xo‘jalikning turli 
tarmoqlarini keng rivojlantirishga imkon beradi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishni takomillashtirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan 
qurollantirish, mehnat resurslari, tabiiy mineral-xom ashyodan yanada samaraliroq 
foydalanishga zamin yaratadi. Oqilona va yanada samaraliroq amalga oshirilgan 
tashqi iqtisodiy aloqalar mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni 
muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.
Turli mamlakatlarning ilmiy-texnik yutuqlaridan mohirona foydalanish, ishlab 
chiqarishga jahon ilg‘or tajribalarini keng joriy etish va yoyishga ko‘maklashadi. 
Shuning bilan birga fan-texnika dolzarb muammolarini hal etishni to‘lashtiradi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar mazmunini hamkor mamlakatlar va butun jahonda 
ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqarish kuchlari harakteri, tuzilishi, 
dinamikasi, taraqqiyoti darajasini belgilaydi. Tashqi iqtisodiy aloqalar 
mamlakatlarning o‘zaro manfaatli va teng huquqlik prinsiplariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro savdoda ishtiroki jahon mamlakatlari bilan 
savdo aylanmasini kengaytirishga asoslangan. Bu bugungi kunda oson bo‘lmagan 
muammolarni oqilona va samarali hal etish imkonini beradi.
2.§. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish 
Tashqi iqtisodiy majmua boshqaruvini takomillashtirish va xorijiy 
mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy, moliya-valyuta, savdo-iqtisodiyotni amalga 
oshiruvchi turli vazirliklar, mahkamalar, birlashmalar, tashkilotlar boshqaruvi 


28 
ishini muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yil 12 fevralda O‘zbekiston 
Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (TIAV) tashkil qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2002 yil 21 oktyabrdagi «Tashqi 
iqtisodiy aloqalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va 
liberallashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq TIAV qoshida O‘zbekiston 
Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentligi tashkil qilindi.
Agentlik o‘z faoliyatini bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar Majmui rahbarligi ostida amalga 
oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlikning asosiy vazifalari: 

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash va 
uning taraqqiyoti strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish; 

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini yuksaltirish, uni rivojlantirish 
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va jahon iqtisodiyoti tizimida 
integratsiyalashuviga sharoit yaratish; 

respublika eksport quvvatini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda 
hamkorlik qilish; 

mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni tashqi bozorga olib chiqilishini 
ta’minlash bo‘yicha bir qator chora tadbirlarni amalga oshirish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish; 

xorijiy sarmoya (investitsiya)larni jalb qilish sohasidagi davlat siyosatini 
amalga oshirish; 

tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha bir qator chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 

moliyaviy, savdo va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda xorijiy davlatlar, 
xalqaro moliya va iqtisodiy institutlari, boshqa halkaro huquq sub’ektlari 
bilan O‘zbekiston Respublikasi hamkorligini ta’minlash; 

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi manfaatlari va 
Respublika tashqi iqtisodiy sub’ektlari manfaatlari himoyasini 
ta’minlash; 

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kadrlar malakasini oshirish va 
tayyorlash tadbirlarini tashkil etish. 
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning huquqiy 
asoslari va poydevori mustaqillikning birinchi yillaridayoq qo‘yilgan edi. 1992 
yilda «O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat haqida» qonun qabul 
qilindi va unda bu sohadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqiy 
munosabatlari belgilab quyildi. 
Jahon xo‘jaligida O‘zbekiston iqtisodiyoti integratsiyalashuvini yanada 
kengaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida va tashqi 
iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2000 y) tomonidan «O‘zbekiston 
Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida» yangi qonun qabul qilindi.
Qonunga asoslangan holda Agentlik iqtisodiyot sohasida huquqiy – 
me’yoriy bazani shakllantirishda faol ishtirok etdi. Shu kunga qadar Agentlik 


29 
O‘zbekiston Respublikasining 80 ga yaqin qonunini, Vazirlar Mahkamasining 116 
ta qarorini tayyorlashda ishtirok etdi. Jumladan uning eng muhimlari qo‘yidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Boj tarifi to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Antidemping va kompensatsion poshlinalarni 
himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy hududlar to‘g‘risida»gi 
qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida» gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlarni taqsimlash haqidagi bitimlar 
to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Qimmatbaho 
qog‘ozlar 
bozorida 
sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Chet el investorlari huquqlarini himoya qilish 
va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi almashinish to‘g‘risida»gi qonuni; 
O‘zbekiston Respublikasining «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi qonuni va 
boshqalar. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlikning asosiy faoliyati 
yo‘nalishlaridan biri - Respublikaning savdo-iqtisodiy aloqalari geografiyasini 
kengaytirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlik milliy ishlab 
chiqaruvchilarga mahsulotlarini eksport qilishni ko‘paytirishda har tomonlama 
yordam ko‘rsatmoqda. Bir qator xizmatlar turlarini amalga oshirmoqda. Tashqi 
bozor talabi bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Eksport tovarlari 
bo‘yicha qisqa muddatli narx konyukturasi parametrlari va uzoq muddatli bashorat 
qilish (prognozlashtirish) ishlarini olib bormoqda. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi O‘zbekistonni xorijiy mamlakatlar, 
birinchi navbatda Yevropa ittifoqi (YEI), Rossiya, Yaponiya, XXR, Koreya 
Respublikasi kabi mamlakatlar bilan investitsion, moliyaviy va texnik 
hamkorligini kengaytirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
3.§. Tashqi savdo tuzilishi va dinamikasi 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 140 dan ortiq 
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirmoqda. 
Sobiq Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan 
mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatidan mahrum 
etilgandi. 
U to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon savdosida ishtirok etilmasdi. Bu masalalarda 
o‘zining intellektual salohiyatdan, iqtisodiy va tabiiy resurslari potensialidan 
to‘lig‘icha foydalana olmagan. Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok 


30 
etishi barcha masalalari markaz ko‘rsatmasi ostida hal qilinardi. Endi O‘zbekiston 
mustaqillikka erishgach jahon hamjamiyatining huquqli a’zosiga aylandi. 
Respublika nufuzi katta sanoat potensiali, malakali mehnat resurslari mavjudligi 
bilan mustahkamlanmoqda. Bular yuqori texnologiyali mahsulotlar: samolyotlar, 
avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari va taraqqiy etgan mamlakatlarga 
xos boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Respublikani xorijiy 
mamlakatlar bilan tashqi-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, xalqaro mehnat 
taqsimotida faol ishtirok etishi uchun katta imkoniyatlari mavjud. 
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tashqi savdo sur’atlari sezilarli o‘sdi. 
1992-2005 yillar orasida tashqi savdo hajmi qariyib 3,6 marta ko‘paydi. Birgina 
2005 yilda tashqi savdo oboroti 17,3 % ga ko‘paydi. Savdo operatsiyalari tobora 
xilma-xil bo‘lib, tovar va xizmatlarning keng turlarini qamrab olayapti, respublika 
korxonalarini yangi mahsulot turlari bilan to‘ldirayapti.
Tovar aylanmasining o‘sishi mamlakat korxonalarining eksport faoliyati 
faollashuvi evaziga, ham chetdan va xizmatlar harid qilish hajmi kengayishi 
hisobiga amalga oshdi. Eksport sur’atlari o‘sishi import o‘sishidan o‘rtacha 2-3 
marta o‘zib ketdi. Mamlakatning to‘lov balansi mustahkamlandi. 1998 yildan 
buyon respublikada tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo ta’minlanayapti. Bu esa 
milliy valyutaning mustahkamlanishi va uning ichki va tashqi konvertatsiyasida 
yutuqlarga erishish uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi.
Eksport. O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlar yillarida eksport va import tuzilishi 
anchagina takomillashdi. 1990-2005 yillar davomida respublika eksportida xom-
ashyo resurslari realizatsiyasi 98 % dan 60 % ga yaqin kamaydi. Shu bilan birga 
mustaqillikning birinchi yillaridagidek paxta tolasi eksport ulushi respublika 
eksportining 1/5 ni tashkil qilmoqda.
Shuni ta’kidlash zarurki, bir vaqtning o‘zida eksportda paxta gazlamalari, 
iplar, trikotaj buyumlar va boshqa paxtadan tayyorlangan to‘qimachilik materiallari 
salmog‘i anchagina oshdi. Eksportning o‘sishida to‘qimachilik mahsulotlari esa 
2005 yilda 16 % darajada baholandi. Hozirgi kunda mamlakat eksport 
nomenkulaturasi ruyxatini polietilen, paxta sellyulozasi, shisha tolasiga asoslangan 
quvurlar, yangi turdagi kabel-o‘tkazgichlar, elektrotexnika mahsulotlari va juda 
ko‘p boshqa tovarlar egallamoqda. Eksport tarkibida mineral va kimyo 
mahsulotlari, rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mashina, asbob va
uskunalar, boshqa tovarlar ulushi ham ko‘paymoqda. Turli xil pudrat ishlarining 
hajmi, respublika norezidentlari tomonidan ko‘rsatilayotgan moddiy harakteridagi 
xizmatlar turi ko‘lami ortib bormoqda. 
Import. Bu davrda respublika importida oziq-ovqat tovarlari va mahsulotlarini 
harid qilish ulushi 80 % dan 13 % ga qisqardi. Yangi uskunalar, texnikalar, yangi 
texnologiyalar sotib olish esa 0,2 % dan 35-45 % ga ko‘paydi. 2005 yilda mashina, 
asbob va uskunalar sotib olish qariyib 300 mln. dollarga yetdi. Import ulushida 
ishlab chiqarish vositalari ham o‘sdi. Import tuzilishi sifat jihatidan o‘zgardi. 
Importda doimiy ravishda texnik-ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar, 
mashina, asbob va uskunalar salmog‘i borgan sari oshayapti. Bu tovarlarni olib 
kelish lokalizatsiya dasturi doirasida shuningdek, xorijiy investorlar qo‘yilmalari, 


31 
qo‘shma korxonalar ustav fondi hisobiga investitsion loyihalar yo‘li orqali amalga 
oshirilayapti.
Keyingi yillarda tizimli ravishda xorijiy ishtirokchilar soni va tashqi iqtisodiy 
aloqalari geografiyasi ham kengayib bormoqda. Bugungi kunda respublika tashqi 
savdo aylanmasining yarmidan ko‘prog‘i Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ulushiga 
to‘g‘ri kelmoqda. Uning 1/3 qismini Osiyo mamlakatlari bilan tovaraylanmasi 
tashkil qildi. Umumiy hajmda Amerika bilan tovaraylanmasi ulushi bir muncha 
past. Jumladan, uning 80 % Shimoliy Amerika mamlakatlari bilan savdo 
operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Tovaraylanmasida Afrika, Avstraliya, Okeaniya 
mamlakatlari salmog‘i sezilarli emas. 
Yevropa Ittifoqi (YEI), MDH, Yevroosiyo hamkorligi O‘zbekistonning tashqi 
iqtisodiy taraqqiyotiga yangi sur’at baxsh etmoqda. Rossiya, Germaniya, Polsha, 
Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston kabi bir qator mamlakatlar bilan tovar 
aylanmasi sezilarli darajada o‘sishi ko‘zga tashlanmoqda. Respublika 
korxonalarining Afg‘oniston, Eron kabi mamlakatlarga eksporti ko‘payapti. 
Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikeston, Turkmaniston) 
o‘rtasida tashqi iqtisodiy hamkorlik aloqalari kuchaymoqda. 
4.§. O‘zbekiston Respublikasining tashqi 
savdo geografiyasi 
O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida Rossiya, Yaponiya, Germaniya, 
Xitoy, Turkiya, Koreya, Eron, Ukraina va boshqa davlatlarning salmog‘i tobora 
o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston–Rossiya savdo-iqtisodiy munosabatlari. Rossiya O‘zbekistonning 
yirik iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Respublika tashqi savdo aylanmasi 
tuzilishida uning ulushi 2005 yilda 20 % ga yetdi. Faqatgina 2005 yilda ikki 
mamlakat o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi hajmi 30 % ga o‘sdi va kelgusida 
yanada ko‘proq o‘sish istiqbollariga ega. 
Tovar aylanmasi tuzilishi yanada ratsional tus olayapti. O‘zbekistondan 
Rossiyaga eksportda 2005 yilda, mashina va uskunalar – 23 %, paxta tolasi – 1994 
yilda 7 % bo‘lgani holda muvofiq ravishda 11 va 64 % ulushni tashkil etdi. 
Rossiyadan O‘zbekistonga import hajmida ham asosiy ulushning 38 % 
mashina va uskunalarga, 20 % kimyoviy mahsulotlarga, 24 % yog‘och, qog‘oz, 
karton, mebelga to‘g‘ri keladi. 1994 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga asosan 39 % 
da energiya-yonilg‘i, 15 % oziq-ovqat tovarlari, 14 % qora metall import qilingan. 
Chkalov nomidagi zavodda zamonaviy yuk va yo‘lovchi tashish samolyotlarini 
birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi 
ayniqsa sezilarli faollashdi. Shunisi harakterliki, 2004 yilda Toshkent aviazovodida 
Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 15 ta 
samalyot yetkazib berildiki, bu islohatlargacha bo‘lgan davr ishlab chiqarishdan 
ko‘pdir. 


32 
Rossiyalik hamkorlar bilan «O‘z. DEU avto» o‘zbek avto zavodi faol faoliyat 
yuritayapti. Bir tomondan, Rossiyaga eksport mahsulotlari ko‘payapti. Bu 2004 
yilda 25 ming avtomobilni tashkil etdi. Ikkinchi tomondan, rossiyalik po‘lat 
quyuvchilar mahsulotlari sifatining oshishi, «Sever stal» Rossiya kompaniyasidan 
ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun 90 % temir va tunukalarni olish 
imkoniyatini berdi.
Shunisi harakterliki, O‘zbekistonning aviatsion va avtomobil zavodlari 
butlovchi va boshqa materiallarga Rossiya Federatsiyasining 957 ta korxonalariga 
buyurtmalar bermoqda. 
O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiya kapitalini keng ko‘lamda investitsiya 
qilishga qiziqish ortmoqda. Birinchi navbatda, eksporttalab sohalar neft-gaz qazib 
olish, tog‘ qazilmalari, metallurgiya sanoati, mashinasozlik, elektronika 
mahsulotlari ishlab chiqarish, aniq priborsozlik, qurilish materiallari, 
telekommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa 
istiqbolli sohalarga investitsiya kiritish jadallashmoqda.
2004 yil (aprel)da ikki tomonlama imzolangan o‘zbek-rossiya bitimiga ko‘ra, 
«Shoxpaxta» konida «Gazprom» kompaniyasi tabiiy gaz qazib olish va realizatsiya 
qilishda ishtirok etayapti. Bir vaqtning o‘zida «Gazprom» bilan birga Ustyurt 
neftgaz mintaqasida har yili 10 mlrd. kub metrgacha gaz qazib olish va realizatsiya 
uchun geologiya razvedka loyihalariga 1,4 mlrd. AQSH dollari miqdorida 
investitsiya kiritish yuzasidan bitimlar ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda 
«Lukoyl» kompaniyasi bilan Qandim, Xavuzak, Sholi konlarida tabiiy gazni 
birgalikda qazib olish va realizatsiya qilish bo‘yicha yirik bitimlar imzolandi. 
«Lukoyl» kompaniyasi tomonidan kiritiladigan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 
investitsiya 900 mlrd. kub metr tabiiy gaz qazib olish imkonini beradi. 
Keyingi yillarda mashinasozlikda, jumladan, priborsozlikda, elektrotexnika 
sanoatida shartlashilgan texnologik kooperatsiya oqilona tiklanmoqda. 
Kabel mahsulotlari, elektrotexnika mashinalari, apparatlarga uskunalar ishlab 
chiqarishda 19 ta O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma korxonalari ishlab turibdi. 
Maishiy va sanoat priborlari ishlab chiqarish uchun 33 ta qo‘shma korxona tashkil 
etilgan. Mashina va uskunalarni ta’mirlash, mashinasozlik sohalarida allaqachon 
68 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatayapti. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida ham integratsiya 
jarayonlari rivojlanayapti. Bu borada 9 ta O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma 
korxonalari ishlab turibdi. Taniqli «Vimm» Bill Don» kompaniyasi bilan 
Toshkentdagi yirik «Toshkent sut» birlashmasining 77 % aksiyalarini sotib olish 
yuzasidan shartnoma imzolandi. Kompaniya shuningdek meva sharbatlari va sut 
mahsulotlarini qayta ishlovchi qo‘shma korxona tashkil etish uchun 20 mln. dollar 
investitsiya kiritishga kirishdi. 
Ikki mamlakat o‘rtasida bunday iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi 
o‘zbek va rus xalqlari mentaliteti, umumiy madaniyati va iqtisodiy hamkorligini 
mustahkamlaydi, o‘zaro transport, aloqa infratuzilmasini yaxshilaydi, 
mamlakatlarni hududiy yaqinligini, iqtisodiyotlarni sog‘lomlashtirish, har ikki 
mamlakatning dinamik o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi. 


33 
O‘zbekiston-Yaponiya savdo-iqtisodiy munosabatlari. O‘zbekiston va 
Yaponiya savdo-iqtisodiy, madaniy hamkorlikda ko‘p asrlik tarixga ega. Ikki 
mamlakat o‘rtasida davlataro va milliy hamkorlik munosabatlari O‘zbekiston 
mustaqil bo‘lgan va milliy suverenitet olgandan keyin o‘rnatiladi. Yaponiya bilan 
diplomatik munosabatlar 1992 yil 26 yanvarda yo‘lga qo‘yildi. 2002 yil iyulda ikki 
mamlakat o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida hamkorlik va 
strategik sheriklik (partnerlik), do‘stlik to‘g‘risida deklaratsiya» imzolanadi. 
Shuningdek, «O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish va 
iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi va 
Yaponiya qo‘shma bayonoti» imzolandi. Yaponiya O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar jarayonlarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab 
kelayapti. 1994 yildan buyon Yaponiya hukumati O‘zbekistonga 1,5 mlrd. AQSH 
dollariga yaqin miqdorda kredit va investitsiya taqdim etdi. Shuningdek 
talekommunikatsiya, transport, energetika, ta’lim va boshqa sohalarda muhim 
investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun davlat yo‘li bilan 270 mln. dollar 
uzoq muddatli kreditlar va grantlar ajratdi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilishini qayta tashkil etishda xalqaro hamkorlik 
Yaponiya tijorat banki kreditlari muhim ahamiyat kasb etadi. 730 mln. dollarga 
yaqin bu kreditlar neftgaz va to‘qimachilik sohalarida 9 ta loyihani moliyalashga 
qaratilgan. 
Beg‘araz insonparvarlik yordami doirasida Yaponiya O‘zbekistonga 131 mln. 
dollar ajratgan. Yaponiya kompaniyalari va banklari yordamida Buxoro neftni 
qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kurildi. Markaziy Osiyoda 
yirik hisoblangan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rekonstruksiya qilindi. 
Ko‘kdumaloq gaz komperssor stansiyasi ishga tushirildi. 
Ilg‘or Yapon texnologiyasi asosida to‘qimachilik ishlab chiqarishini keng 
ko‘lamda modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu paxtadan sifatli 
eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, paxtani qayta ishlashni 
chuqurlashtirish imkonini beradi. Masalan, Qo‘qon to‘qimachilik kombinati. 
Xuddi shunday majmualar Chinoz va Shahrizabzda ishga tushirildi. O‘zbekiston va 
Yaponiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning muhim sohasi telekommunikatsiya 
hisoblanadi. Yaponiya hukumati tomonidan ajratilgan uzoq muddatli 246 mln. 
AQSH dollari imtiyozli krediti bugungi kunda tashkilotlarda kompyuterlashtirishni 
amalga oshirishga imkon yaratayapti. 
Energiyani tejash va ekologik toza ishlab chiqarish sohalarida, ayniqsa 
energetika sohasida ham kelajakda ko‘zlangan hamkorlik rivojlanayapti. Yaponiya 
Toshkent issiqlik elektrostansiyasida yangi bug‘, gaz uskunasini o‘rnatish uchun 
O‘zbekistonga uzoq muddatli 196 mln. dollar miqdorida kredit ajratdi. Toshkent 
issiqlik markazini modernizatsiyalash uchun yangi loyihani tayyorlash boshlandi. 
Yaponiya O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Afg‘onstonda qisqa temiryo‘l 
yo‘nalishini yaratish, shuningdek O‘zbekistonning janubiy hududlarida 
iqtisodiyotni 
rivojlantirishni 
ta’minlovchi 
Toshguzar-Boysun-Qumqurg‘on 
temiryo‘li qurilishiga imtiyozli shart bilan 150 mln. dollar ajratdi. 
Kelajakda asosiy hamkorlik yo‘nalishlari xalqaro turizm va transport, aloqa 
infratuzilmasi, elektrotexnika, elektronika, telekommunikatsiya, to‘qimachilik, 


34 
ximiya, gaz, neft sanoati sohalarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni yangi 
texnologiyalar bilan qurollantirishga Yaponiya investitsiyalarini jalb etishga 
qaratiladi. 
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi (YEI) mamlakatlari bilan iqtisodiy 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin