17
jarayonida html – kodni bevosita kompilyatsiya qiladi. Bunda agar dastur matnida
xatolik topilsa, ogohlantirilmasdan bu qator interpretator tomonidan tashlab ketiladi.
Agar bu xatolik html – hujjatning JavaScript kodida sodir bo‗lsa, u holda
ogohlantirish ma‘lumoti namoyon bo‗ladi. Demak, html – dastur ishlab chiqilganda
uning xatosini faqat web – sahifa ekranda ask etgandagina kqrish mumkin.
Gipermatn g‗oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informatsion zaxiralarga
gipermatn modelini yaratishdagi relyatsion yondashishdan foydalanish va uni
maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g‗oyani amalga oshirishda to‗rtta asosiy
vosita ishlab chiqilgan:
HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
URL (Universal Resource Locator) tarmog‗idagi zahira adreslashning
universal usuli.
HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP - Hyper Text
Transfer Protocol).
CGI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining unversal interfeysi.
Dostları ilə paylaş: