Server anatomiyasi
Internet resurslaridan foydalanishning asosiy printsiplaridan biri ―klient-
server‖ sxemasi asosida ma‘lumotlar uzatishni tashkil qilishdir. ―Klient-server‖ tizimi
klient brouzeriga web – sahifani yuklash uchun server kompyuterdagi maxsus
dastur(http – server)ga kerakli so‗rov yuboradi va undan olingan ma‘lumotni qayta
ishlaydi(1.8-rasm).Bunda brouzer vazifasi serverdan ma‘lum sahifani so‗rash, uni
qabul qilib olish va foydalanuvchi ekranida aks ettirishdan iboratdir. Server esa
so‗rovni qabul qiladi, so‗ralgan hujjatni qidiradi, klientga topilgan faylni jo‗natadi.
Agar bunday fayl mavjud bo‗lmasa yoki bu fayldan foydalanish huquqi berilmagan
bo‗lsa, u holda ushbu xatolik to‗g‗risida axborot beriladi. Ushbu jarayonda http –
10
https://dallasseostaff.com
25
server taqdim etilayotgan hujjatning mazmunini taxlil qilmaydi va uni brouzerga
yuboradi. Brouzer qabul qilingan axborotni taxlil qiladi va ekranda namoyon qiladi.
1.8-rasm. ―Klient-server‖ tizimi
11
.
Har bir saytga server-kompyuter tomonidan ma‘lum bir direktoriya ajratiladi.
Web sahifani qidirish aynan shu direktoriyada amalga oshiriladi. Foydalanuvchi
tomonidan kiritilgan adresda ushbu direktoriya ko‗rsatilgan bo‗ladi.
Agar so‗rov ma‘lum bir sahifaga bo‗lmasdan, to‗liq saytning o‗ziga bo‗lsa, u
holda http – server avtomatik ravishda fayl nomining o‗rniga bosh sahifani
(index.html yoki default.html) taqdim etadi.Bu fayl sayt uchun ajratilgan asosiy
katalogda joylashgan bo‗lishi kerak yoki alohida ta‘kidlangan bo‗lsa WWW
direktoriyasidan o‗rin olgan bo‗lishi mumkin. Barcha boshqa fayllar ixtiyoriy
ravishda bosh direktoriyada yoki uning tarkibiga kiruvchi direktoriyalarda joylashgan
bo‗lishi mumkin[2,10].
Bundan tashqari server direktoriyasi maxsus fayllar uchun yana bir qancha
kataloglar ajratadi. Masalan, CGI – BIN katalogida CGI skript fayllari, saytdan ishga
tushiriluvchi interaktiv dasturiy ilovalar, hamda serverning normal xolatda ishlashi
uchun maxsus direktoriyalar joylashadi. Ba‘zan index.html joylashgan katalogda bir
qancha fayllar mavjud bo‗ladi. Masalan, not_found.html fayli - agar http-server
foydalanuvchi tomonidan so‗ralgan faylni topa olmasa; forbidden.html fayli – agar
so‗ralgan hujjatdan foydalanish ruxsati bo‗lmasa; robots.txt fayli – agar axborot
qidiruv tizimlari yordamida indeksatsiyalash maxsus qoidalar asosida berilgan bo‗lsa.
11
https://study-aids.co.uk
|