67
3-BOB.HTML TILINING GIPERMUROJAATLARI
§ 3.1. Sayt - hujjatlariga va sayt bo‗limlariga murojaat
Gipermatn xujjat
– bu boshqa xujjatlarga o‗tish uchun aloqa bog‗lovchi
murojaatni o‗zida saqlaydigan xujjat[12,14]. U sichqoncha
tugmasini bosish orqali
bir xujjatdan ikkinchi xujjatga tezlik bilan o‗tishni ta‘minlaydi. Bunday aloqalarni
zamonaviy maxsulotlar dasturlari fayllarida ko‗plab uchratish mumkin.
Gipermatnga asos qilib ko‗p maqolalarida boshqasiga
murojaat qiladigan
entsiklopedik slovarlarni tashkil etish printsipi olingan. Web – sahifalarga
joylashtirish mumkin bo‗lgan ko‗plab multimedia ob‘ektlari mavjud.
Zamonaviy
gipermatn xujjatlarda matnning o‗ziga qo‗shimcha qilib ko‗pincha xar xil grafika,
video va audio ob‘ektlardan foydalaniladi. Aloqa sifatida esa tasvir ishlatiladi.
Gipermurojaat – bu maxsus HTML tegi bo‗lib, unda parametr sifatida zaruriy
xujjat manzili saqlanadi. Giperaloqa aktivlashganda (zamonaviy grafik brouzerlarda
bu ish sichqonchaning chap tugmasini bosib amalga oshiriladi) zaruriy Web –
serverga HTTP – talab (kerakli xujjat nomi bilan) yuboriladi.
Gipermurojaat ikki
qismdan iborat. Uning birinchi qismini murojaat ko‗rsatkichi (anchor), brouzerga
instruktsiya
beradigan, ikkinchi qismi esa murojaatning adres qismi (URL - adres)
deyiladi. Agar foydalanuvchi sichqoncha kursorini murojaat (ссылкa) ko‗rsatikichiga
olib kelsa, bu holda u ko‗rsatuvchi belgiga aylanadi (giperaloqaning birinchi belgisi).
Foydalanuvchi murojaat ko‗rsatkichi bo‗yicha sichqonchaning tugmasini bosib,
murojaat qilinayotgan xujjatni oladi.
Murojaat ko‗rsatkichi so‗z, so‗zlar guruhi yoki tasvir bulishi mumkin.
Murojaatning tashqi ko‗rinishi
uning xiliga, usuliga va brouzer ko‗rib chiqish
dasturining qo‗yilishiga bog‗liq bo‗ladi. Ko‗rsatkichlarning matnli va grafikli xillari
mavjud. Gipermurojaat ushbu HTML – hujjatning biror elementi bilan boshqa web –
sahifa yoki biror mustaqil ob‘ekt o‗rtasida aloqa o‗rnatish uchun ishlatiladi.
Gipermurojaat sifatida matn yoki grafik elementlardan foydalanish mumkin. Umumiy
qoidaga asosan matnli gipermurojaat sahifada tagiga chizilgan
rangli yozuvli qator
68
ko‗rinishida bo‗ladi.
Matnli gipermurojaatlarni to‗rtta kategoriyaga bo‗lish mumkin:
Boshqa sayt - hujjatlariga
murojaat;
sahifa bo‗limlariga murojaat;
elektron pochta manziliga(adresiga) murojaat;
fayl – ob‘ektlarga murojaat;
Boshqa web – sahifani chaqiruvchi oddiy gipermurojaatni HTML –
hujjatda