Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim
Vazirlarligi
Toshkent Moliya instituti
" Iqtisodiyot tahlil " fanidan
" Iqtisodiyot tahlilni tashkil etish shakllari " mavzusida
Mustaqil ishi
Bajardi : Qozoqov A.
Qabul qildi : Qilichev B
Toshkent- 2023
" Iqtisodiyot tahlilni tashkil etish shakllari "
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dastuming joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
- 0 ‘zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir. Prezidentimiz I. Karimov: «Oldiraizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur larkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg'or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatishini talab etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omillar bo‘lib, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalaming xo‘jalik subycktlari sifatida rivojlantirishni
taqozo etadi.
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashishi, islohotlaming tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiyot jarayonida asosiy subyekt sifatida ishtirok etadi. U o‘z mulkining ko‘payishidan, ko‘proq foyda olishidan manfaatdor. Bu uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko‘rish lozim. O‘z navbatida mulkining holati, ishlatilishi va saqlanishini tahlil qilinishini taqozo etadi. Demak, iqtisodiy tahlil eng awalo mulkdor uchun kerak ekan.Mulkdor o‘z mulkini ishlatisfi uchun turli korxonalarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilami, mutaxassislami, xodimlami yollashiga to‘g‘ri keladi. Ular mehnat jamoasini tashkil etadi. Korxonaning yaxshi, samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta’minlaydi. Mehnat jamoyasi o‘zi ishlayotgan korxona xo‘jalik faoliyatini muntazain tahlil qilib borishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil bevosita mehnat jamoasi uchun ham kerak ekan. Har bir korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasidan davlat ham manfaatdor. Chunki har bir korxona o‘z mulkidan, qilgan oboroti va olgan foydasidan soliq to‘laydi. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdor. Demak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham kerak ekan. Iqtisodiyotni modemizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutaxassislar shug‘ullanadi.
Ammo hammasi ham korxona to‘g‘risida jamlangan batafsil axborotga ega emas. Hamma o‘zi bajarayotgan u yoki bu soha bo‘yicha axborotga ega. Shu jihatdan hamma o‘zining sohasini muntazam tahlil qilib boradi. Lekin shuni e’tirof etish kerakki, xo'jalik faoliyati to‘g‘risida butun faoliyatni o‘zida jamlagan axborotlar buxgalteriyada to‘planadi va qayta ishlanadi. Analitik ishlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni qanday tashkil etilishiga bog‘liq. Korxona faoliyatida iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi bosqichlardan iborat: Tahlil rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy
qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi,
tahlil o‘tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan bo‘lishi lozim:
- tahlilning maqsadi va vazifasi;
- tahlil obyekti;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izohlash;
- ijrochilami tarkibi va ulaming vazifalari;
- tahlil o‘tkazish muddatlari;
- tahlil manbalari va ulami natijalarini rasmiylashtirish tartibi. Tahlil uchun zarur ko‘rsatkichlarni belgilash hamda kerakli boHgan manbalarni aniqlash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- tahlil uchun zarur ma’lumotlami aniqlanadi;
- tahlil manbalari belgilanadi;
- qo‘shimcha ma’lumotlar j alb etiladi. To‘plangan ma’lumotlar va ulaming manbalarini to‘g ‘riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlash bosqichi. Manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar belgilab olinadi.
- tahlil usullari;
- ma’lumotlami soddalashtirish;
- jadval, chizma va maketlami tuzish; ta’sir etuvchi omillami topish;
- zaxiralami aniqlash.Iqtisodiy tahlil bosqichi Bu eng muhim bosqich bo‘lib, bevosita tahlil jarayonlari amalga oshiriladi, ко‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarishlar topiladi, o‘zgarish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar, ham miqdor, ham tartib jihatdan aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- ko‘rsatkichlami hisob-kitob qilish hamda natijalami baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
- natijalami umumlashtiruvchi mezonlami aniqlash;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi.
0 ‘zgarishlarga baho beriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshirilishi zarur bo‘ladi:
- korxona faoliyati natij alarming o‘zgarish sabablarini tushuntirib berish;
- korxona faoliyatini yanada yaxshilashga oid zaxiralami jamlab ko‘rsatib berish;
- aniqlangan zaxiralardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida aniqlangan ilg‘or g ‘oya va tajribalarni
amaliyotda qoHlash choralari va tadbirlarini ko‘rsatib berish
hamda ulami amaliyotga tadbiq etish bosqichi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlarining umumiy ko‘rinishini quyidagi chizmada ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish Korxona va tashkilotlami xo‘jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo‘jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o‘tkazganligiga qarab bajariladi. Misol uchun, korxonalarning yillik hisoboti asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati yozish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, audit xulosalari orqali
umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga korxonaning umum majlis materiallari, turli xil diagramma, jadval va grafiklar tuzib mehnatkash ommaga ko‘rsatma sifatida osib qo‘yish, oynoma va ro‘znoma sahifalarida ma’lumotlami chop etish, axborot doskalaridagi ko‘rsatkichlami e’lon qilib borish ham hisoblanadi.
Korxona yoki uning bo‘limlari faoliyati bo‘yicha qilingan analitik tadqiqotning turli xil natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu analitik hisobot (tushuntirish xati), ma’lumotnoma va xuloslar bo‘lishi mumkin. Analitik hisobot (tushuntirish xati) odatda tashqi foydalanuvchilar uchun yoziladi. Tahlil natijalari ichki xo‘jalik ishlarida foydalanish uchun yo‘naltirilgan bo‘lsa, ular ma’lumotnoma yoki xulosa ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.
Analitik hisobotning tarkibi to‘liq bo‘lishi kerak. Awalambor, u korxona rivojlanishining iqtisodiy darajasini namoyon qiladigan, xo‘jalik yuritishning shartlarini, korxonada baho siyosatining tavsifi, mahsulotning raqobatdoshligi, mahsulotlami xarid qilish bozorlarining kengligi, mahsulotlaming bozordagi o‘mi, korxona mavqei kabi umumiy savollami qamrab olishi kerak. Shuningdek, hisobotda bozordagi har bir mahsulotning hayotiy holati, real hamda potensial raqobatchilami, ular biznesining kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatib tavsiflash lozim.
Bundan keyin korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarini tavsiflovchi, mulkiy va moliyaviy holatini, natijalaming samaradorligini, rivojlanish holati kabi ko‘rsatkichlar dinamikasini ifodalab berishi kerak. Shuningdek, pul oqimlari, moliyaviy natijalar va asosiy tomonlarga ta’sir ko‘rsata oladigan korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlarini ochib berish kerak.Analitik hisobotda hisobot davri mobaynidagi korxona faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari ko'rsatiladi hamda ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarga ta’sir ko‘rsatadigan obyektiv va subyektiv, ichki va tashqi omillar tushuntirib beriladi. Yana, mavjud bo'lgan kamchiliklami bartaraf etishga yo'naltiriladigan hamda yaqin va uzoq muddatda korxona faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qilinadigan ishlar ko‘rsatib beriladi.Hisobotning analitik qismi aniq va asosiangan bo‘lishi shart. U
analatik hisobotlardan, kerakli ma’lumotlar yig'ilgan jadvallardan, grafika va diagrammalardan iborat bo‘lishi mumkin. Uni rasmiylashtirishda tahlil natijalari asosida qilingan taklif va xulosalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Ular har tomonlama asosiangan va korxona faoliyati natijalarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kerak.Tahlil natijasida qilingan m a’lumotnoma yoki xulosalar mazmuni tushuntirish xatidan farqli ravishda ko‘proq aniqlashtirilgan, kamchilik yoki muvafaqqiyatlami kamroq hajmda
tartib bilan ko‘rsatadigan, aniqlangan ma’lumotlami qo‘llaydigan bo‘lishi mumkin. Unda korxona umumiy tasnifi va uning faoliyatiga sharhlari yozilmaydi.Tahlil natijasini matnsiz ko‘rinishda taqdim etilishiga alohida
to‘xtab o‘tish lozim. U doimiy maket tarzidagi analitik jadvallar, grafikalardan tashkil topib, hech qanday tushuntirish xatidan iborat
bo‘lmaydi. Analitik jadvallar va grafikalar sistematizatsiyalashga,
o‘rganilayotgan materialni umumiylashtirishga va uni qabul qilish
uchun oson bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etishga ijozat beradi.
Jadvallar tuzilishi turli xilda bo‘lishi mumkin. Ular tahlil talablari
asosida tuziladi. Analitik jadvallardagi ko‘rsatkichlami shunday
tartibda joylashtirish lozimki ular bir vaqtda ham analitik ham ilyustratsiya materiali tarzida ifoda etishi lozim. Lekin bir jadvalda korxona ishining hamma ko‘rsatkichlami berish yoki juda ko‘p jadvallar kiritish ham maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Jadvallaming ko‘pligi ham ulardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Analitik jadvallar va grafikalar juda oddiy va yaqqol bo‘lishi kerak.Tahlil natijalarini bunday tartibda ramiylashtirish oxirgi paytda juda ko‘p qo‘llanilmoqda. U ko‘rib chiqilgan va sistematizatsiyalashgan ma’lumotni mustaqil o‘rganib chiqib, kerakli xulosalami chiqara oladigan, yuqori toifali ishchilarga mo‘ljallangandir. Tekstsiz tahlil uining ta’sir kuchini oshiradi, chunki bunda tahlilni bajarishda
hamda uining natijalaridan foydalanishdagi uzilish qisqaradi.
Amaliyotda judayam kerakli bo‘lgan tahlil natijalari korxona iqtisodiy pasportning ma’lum bir bo‘limiga kiritiladi. Bir necha yil mobaynida yig‘ilgan bunday ma’lumotlar tahlil natijalarini umumiy holatda ko‘rib chiqishga imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |