bajariladigan harakatlaming uyg‘unligi bilan belgilanadi. Harakatlaming koordinatsion murakkabligi chaqqonlikning birinchi mezoni hisoblanadi. Agar harakat yetarli darajada aniq bo‘lsa, harakat vazifasi bajariladi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovi hisoblanadi. Chidamlilik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar: 1. 15-20 sek davomida sakrashlar. Birinchi urinishda maksimal darajada ko‘p sakrash. Ikkmchi urinishda maksimal darajada balandroq sakrash. 4-5-seriyalarda 1-1,5 min. davomida to‘xtovsiz sakrash. Ushbu mashqni arg‘amchilar bilan ham bajarish mumkin. 2. Pastki turish holatidan 1-1,5 min. davomida turli yo‘nalishiarda harakatlanishlar. 3—4-seriyalarda 2-5 kg ogMrliklar bilan. 3. Hujum zarbasi va to‘siqni taqlid qilib, orqa zonalarda umbaloq oshishni navbatlashtirib bajarish. Har bir texnik usulni 10 marotabadan. 4. Turli harakatlanishlar bilan estafetalar o‘tkazish. 5. Turli y o ‘nalish va masofalarga ≪mokkisimon yugurishlar≫ 6. 2x2, 3x3, 4x4 tarkibda o‘quv o‘yinlari. Kuch sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar 1. Kaft va panjalami sherikning qarshiligini yengib (yoki gantellar bilan) bukib-yozish mashqlari. 2. Turli og‘irlikdagi to‘ldirma to'plami irg‘itish. Asosiy e’tibor qoM harakatlariga qaratiladi. 3. Qo‘llarga tayanib yotgan holda ulami bukib-yozish, yerdan uzib chapak chalish mashqlari 4. Amortizatorli jihozlami cho‘zish bilan boradigan, tuzilishi bo‘yicha texnik usullarga o‘xshash mashqtami bajarish. 5. Og‘irliklar (shtanga lappagi, gantellar, qum toMdirilgan qopchalar) bilan gavdaning aylanma harakatli mashqlari. 6. Shtangani ko‘krakka ko‘tarib o‘tirib-turish mashqlari.