Axborotli jarayonlar. Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin.
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko'plari Sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan hayotiy faoliyatingizda ko'plab foydalandingiz. Foydalanadigan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.
Axborot tashuvchi ba’zi vositalar.
Axborotni qayta ishlash va uzatish Axborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.
Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'rinishdan boshqa, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
Kitob o'qiganda, televizor ko'rganda yoki suhbatlashganda, biz doimo axborot qabul qilamiz. va uni o'zimizga kerak bo'lgan ko'rinishga o'tkazish maqsadida qayta ishlaymiz, ya'ni boshqaramiz.
Inson uchun axborotlarni to'plashda uning barcha sezgi a'zolari xizmat qiladi, uzoq masofadagi axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas - buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi.
Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar - ularni to'plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo'lgan ehtiyoji ortib borgan va shunga ko'ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan.