Xartli formulasi Amerika injeneri Ralf Xartli 1928 yili axborotlarni baholash uchun ilmiy usulni taklif qilgan, hamda quyidagi formulani qo’llashni tavsiya qilgan:
I=log2K bu yerda K-teng extimolli xodisalar soni, I – sodir bo’lgan ixtoyoriy K hodisadagi bitlar soni. U holda k=2I. Bazan Xartli formulasi quyidagicha ham yoziladi:
I=log2K=log2(1/p)=-log2p bundan P=1/K yoki K=1/P ligi ko’rinib turibdi.
Masala:
A, B va C yashiklardan birida sharik joylashgan. Sharikni B yashikda joylashganligini bildiruvchi ma’lumot qancha bit axborot ekanligini aniqlang.
Yechish:
I=log23=1,585 bit axborot