O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə138/177
tarix03.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#106921
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177
Umumiy psixologiya

Etakchi faoliyat – faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bunda ma’lum davr ichida shaxs sifat jihatidan o‘zgarib shakllanadi. Masalan, bog‘cha Yoshi davridagi o‘yin faoliyati.
Zehn – nerv tizimining ba’zi genetik nazariyalari anatomik- fiziologik hususiyati bo‘lib, u kishida qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki individual tug‘ma tabiiy zaminidir.
Ideal - biror narsaning namunasi, ayrim odam yoki guruh xatti-harakatlari va intilishini belgilovchn oliy maqsad.
Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi – inson tomonidan hayotiy tajribani egallash jarayoni ijtimoiy ta’sirlar va ular bilan bog‘liq mustahkamlash va jazolash asosida amalga oshadi deb tushuntiruvchi ijtimoiy psixologik nazariya.
Imprinting - qandaydir xulq-atvor shaklini maxsus o‘rgatilmasdan, tug‘ilishi bilanoq o‘zlashtirish.
Interferensiya - malakalardagi salbiy ta’sir bo‘lib, bunda eski malaka yangisining shakllanishiga halaqit beradi
Iste’dod - shaxs qobiliyati rivojining yuqori darajasi.
Identifikaatsiya – shaxsning o‘zini o‘zga odam bilan emotsional va boshqa tomondan tenglashtirishi.
Konformlik – individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, planli, biror maqsad asosida o‘rganish
Kuzatuvchanlik – shaxs xususiyatlaridan biri, u kishining idrok qilish jarayonida narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo‘ladi.
Ko‘nikma - oldinga qo‘yilgan maqsad va xatti-harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanishdir. Ko‘nikma eksteriorizatsiya qilishni – bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashuvini taqozo etadi.
Layoqat – nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anatomik-fiziologik hususiyati. Odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabbiy zaminidir.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin