O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə139/177
tarix03.05.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#106921
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177
Umumiy psixologiya

Longityud tadqiqot – tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va Yosh davrlardagi o‘zgarishlarni qayd qiladi
Malaka - mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning avtomatlashgan usullari.
Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi.
Mayl – shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug‘ullanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak, xohish tarzida namoyon bo‘lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.
Mahorat madaniyati - har bir tadbirni zo‘r quvonchli qalbdan tashkil qilish.
Ma’naviy madaniyat - talabalarning ijodiy, ma’naviy, badiiy faoliyatini tashkil qilishdir.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Miqdoriy tahlil – moddalar hususiyatining tuzilishini miqdoriy jihatdan aniqlash metodlarining yig‘indisi
Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi kuch, sababdir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi.
Muammoli vaziyat - bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish sharti bo‘lgan psixologik vaziyat.
Muammoli ta’lim - o‘quvchining faolligini oshirishga qaratilgan va o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan o‘qitish usuli.
Muhit – organizm tug‘ilgan, rivojlanadigan va yashaydigan tashqi omillar, sharoitlar va ob’ektlar majmuasi.
Negativizm – bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz qrshilik ko‘rsatishi. Negativizm ikki xil bo‘lib, passiv – taklif qilingan faoliyatning bola tomonidan bajarilmasligi. Faol – shaxsiy negativizm – bolalarning qarama-qarshi xarakterga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin