14
KIRISH
«Metallar resinklingi» fanida metall parchalari va chiqindilarini qayta
ishlash
korxonalarining strukturasi, ularning xom ashyo manbalari, chiqindi metallarning
zamonaviy ahvoli, chiqindi metall niresurslari,
davlatning metall fondi va
metallarni aylanma harakati, xalq xo‗jaligida temir-tersaklarni hosil bo‗lish
manbalari, ishlatilishi, qo‗llanilishi va ularnilarni ishlatish effektivligi, qora va
rangli metall parchalari va chiqindilarini
klassifikatsiyasi, metall temir-tersaklari
va ularning chiqindilarini qayta ishlash, yig‗ishni tashkil qilish va birlamchi ishlov
berish, rangli metallarning va qotishmalarining qirindilarini qayta ishlash, kabel
temir-tersak va chiqindilariga birlamchi ishlov berish va turli xil chiqindilarni
qaynoq namlab bo‗laklash, temir asosidagi metall qotishmalar (cho‗yan va po‗lat)
ni
ishlab chiqarish, ularni tasnifi va qayta ishlash, xom ashyoga qo‗yiladigan
talablar, cho‗yanni turli agregatlarida metall chiqindilarini qayta ishlash, temir
qotishmasi po‗latni qayta ishlash va eritish materiallari, ikkilamchi mis, alyuminiy,
qo‗rg‗oshin, qalay, nikel tarkibli temir-tersak va chiqindilarni qayta ishlash, ularni
qotishmalarini ishlab chiqarish, gidrometallurgik
ishlov berish usuli bilan
ikkilamchi mis, alyuminiy, qo‗rg‗oshin tarkibli temir-tersak va chiqindilarga ishlov
berish, metall chiqindilarini qayta ishlashni pirometallurgik va gidrometallurgik
qayta ishlash usullarini istiqbollari va
rivojlanishi, hamdo‗stlik va horijiy
davlatlarda metall chiqindilarini qayta ishlash va uni rivojlanishi, metall parchalari
va chiqindilarini qayda ishlab chiqarishda ekologiya asoslari to‗g‗risida batafsil
tushunchalar beriladi.
« Metallar resinklingi » kursining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
talabalarga metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab chiqarish haqida
ma‘lumot berish;
-
metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab sof metal olish
texnologiyasi, xom ashyosi, hozirgi ahvoli haqida tasavvur hosil qilish;
-
ikkilamchi va birlamchi metallurgiya o‗rtasidagi o‗xshashliklar, farqlar,
o‗zaro
aloqalarni, metall chiqindilarini qayda ishlab chiqarishdagi yutuq va
kamchiliklarini ko‗rsatish;
15
-
hozirgi kundagi mavjud metall parchalari va chiqindilarini qayda
ishlab
chiqarish korxonalari ahvoli, texnologiyasi bilan tanishtirish;
-
hamdo‗stlik va rivojlangan horijiy davlatlar metall parchalari va
chiqindilarini qayda ishlab chiqarish haqida ma‘lumot berish;
-
metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab chiqarishda ekologiya
asoslarini tushuntirish.
Xom ashyodagi
metallar miqdorini kamayishi, qayta ishlash tannarhini
qimmatlashishi va metallarga bo‗lgan ehtiyojni o‗sishi, metall parchalari va
chiqindilarini qayda ishlashni rivojlantirish uchun turtki bo‗ldi. Ko‗pgina xorijiy
mamlakatlarda oxirgi o‗n yillikda metall parchalari va chiqindilaridan olinadigan
metallar, birlamchi xom ashyodan olinadigan metallarga qaraganda ko‗p ishlab
chiqarildi.
Metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab chiqarishda resurslarining 57
foizini chiqindilar va 43 foizini amortizatsion temir-tersaklar tashkil qiladi. Metall
chiqindilari xom ashyo resurslari aylanma va tovar resurslariga bo‗linadi.
Aylanma resurslarga rangli va qora metallar ishlab chiqaradigan korxonalarning
o‗zida paydo bo‗ladigan va qayta ishlanadigan temir-tersaklar va chiqindilar kirsa,
tovar resurslarga sotib olingan temir-tersaklar va chiqindilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: