21
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» hissadorlik ishlab chiqarish
birlashmasi
«O‗zbekiston metall kombinati» hissadorlik ishlab chiqarish korxonasi
(―O‗zmetkombinat‖ HICHK) faqat O‗zbekistonda emas, balki Markaziy
Osiyodagi ikkilamchi qora metallar ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Bu
korxona ikkilamchi qora metall temir-tersaklari va chiqindilarni qayta ishlashga
mo‗ljallangan. Korxona ish faoliyatini 1944 yil 5 martda marten pechini ishga
tushirilishidan boshlagan. 1994 yilda korxona Shirin mashinasozlik zavodi
«Ikkilamchiqorametall» birlashmasi bilan birlashtirilib, «O‗zbekiston metallurgiya
kombinati» aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga (―O‗zmetkombinat‖
HICHB) aylantirildi. O‗tgan yillar davomida kombinat texnik rivojlanishga katta
e‘tibor berib, yangi texnologik liniyalarni qurishga, zamonoviy texnologiyalarni
qo‗llashga, mavjud dastgohlarni rekonstruksiyalashga muvofiq bo‗lindi.
To‗xtovsiz po‗lat quyush qurilmasini ishga tushirilishi (1962 yilda), po‗lat quyush
kovshlarini hajmini ko‗payishi, «300» stanini rekonstruksiya qilinishi,
olinayongan mahsulot sifatini ko‗tarilishiga, ish effektini oshishiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: