27
berishda
paketir-press, temir kesuvchi yordamida (rezak) chiqindilarni olovli
bo‗lish jarayonlaridan foydalaniladi. Po‗lat eritish sexiga 2787-75 GOST bo‗yicha
1A,2A, 3A turidagi qayta ishlangan gabarit chiqindilar uzatiladi.
―O‗zmetkombinat‖ HICHBda po‗lat eritish ishlab chiqarishi elektrda po‗lat
eritish (EPE) sexlarida amalga oshiriladi.
Elektrda po‘lat eritish sexi.
EPE sexi 1978 yilda
foydalanishga topshirilgan
va uning tarkibida YOPE-100UMK turdagi 3 ta yoyli po‗lat eritish pechlari
mavjud, ularning hajmi 100 tonna bo‗lib, 80MVA
transformator quvvatiga ega,
shuningdek 60 MVA transformatori mavjud 2 ta pechi mavjud. Po‗latga pechdan
tashqari ishlov berish pech-kovsh turdagi po‗latga majmuaviy ishlov berish
agregatida amalga oshiriladi.
a) b)
1.4.(a,b)-rasm. YOPE-100UMK pechi va tayyor mahsulot
Barcha metallni quyish radial turdagi uzluksiz tayyorlamalar quyish uchta 4
oqimli mashinalarda amalga oshiriladi. Tayyorlanmalarning kesimi 250x320 mm.
Sexda uglerodga boy va pas legirallangan po‗lat quyiladi. Po‗lat quyilishi bir
shlakli jarayonda amalga oshiriladi. Metall ko‗prikli kranning ilmoqlariga osilgan
po‗lat quyish kovshlariga chiqariladi. Po‗lat quyish kovshlari periklazo-uglerodga
boy buyumlar bilan futerovka qilinadi. Sexdagi shlaklar temir yo‗l lafet
vagonetkalarida hajmi 11m
3
bo‗lgan shlakovnyalarda amalga oshiriladi. Sex
tarkibiga shixta, pech, quyish yo‗lakchalari, PO‗QM yo‗lakchasi va
bezak berish
28
yo‗lakchalari kiradi. Sexda yuk ko‗tarish qobiliyati 30/15, 50/20, 180/63/20 tonna
bo‗lgan ko‗prik kranlari o‗rnatilgan.
Sexga metall chiqindilarni uzatish konteynerlarda ko‗ndalag uzatuvchi
aravachalarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari metall
chiqindilarini konteyner
va bostirmalarda temir yo‗l platformalar orqali uzatish uchun shixta prolyotida
temir yo‗l yotqizdirilgan. Yo‗lakchalarda metall chiqindilarini qayta yuklanishi va
bostirma savatlariga yuklanishi amalga oshiriladi. Shlaklarni
xosil qiluvchi va
ferroqotshmalar pech prolet bo‗ylamasida joylashgan bunker estakadalariga
sochiluvchan materiallar bo‗limidan konveyerlar yordamida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: