1.2-rasm. O‘zbekiston metall kombinati
O‗tgan asrning 70-yillarida elektropo‗lat eritish sexi, idishlarni po‗lat bilan
emallash sexi qurilib, ishga tushirildi, 80-yillarda navlarga qarab prokat qilish
sexini qurilishi boshlandi, 90-yillarda quvur payvandlash sexi, 67 va 100 mm li
maydalovchi sharlarni navlarga qarab prokat qilish stani bunyod qilindi.
22
Respublikada metallurgiya sanoatini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan
kombinatda elektropo‗lat eritish sexini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga
etkazilmoqda. Po‗lat quyishni yangi texnologiyasini tadbiq qilish uchun «pech-
kovsh» uskunasi ishga tushirildi, mavjud pechlar o‗rniga yillik ishlab chiqarish
unumdorligi 500 ming tonna bo‗lgan yangi avlod pechlarini ishga tushirishga
kirishildi. 2001 yilning avgustida 120 mm li maydalovchi sharlarni ishlab
chiqaruvchi - shar prokat qilish stanini ishga tushirilishi, respublikani bunday
mahsulotlarga bo‗lgan talabini to‗liq ta‘minladi.
1.3-rasm.Q‘zluksiz po‘lat quyish sexi
Qora metall temir-tersaklari va chiqindilari dastlab navlarga ajratilib, turli xil
iflosliklardan tozalanadi. So‗ngra elektr po‗lat eritish pechlarida eritilib, №2 va
№5 markali po‗lat olinadi. Bu po‗latlarda turli xil uy-ro‗zg‗or buyumlari, qurilish
ashyolari, armaturalar, burchaklar, shvellerlar, kon-metallurgiya sanoati uchun
po‗lat sharlar, uy-ro‗zg‗or buyumlari ishlab chiqariladi.
Kombinat chiqarayotgan hamma mahsulotlar milliy sertifikatlash sistemasi
tomanidan sertifikatlangan. 2001 yilda kombinat ISO 9002 xalqaro standartiga ega
bo‗lishi, u chiqargan mahsulotlarni dunyo tomonidan tan olinishiga olib keldi.
Kombinat chiqarayotgan metall prokat mahsulotlari yaqin va uzoq xorij
davlatlariga etkazib berilmoqda. "O‗zmetkombinat" HICHB ishlab chiqarishini
2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta
23
jihozlash dasturi to‗g‗risida O‗zbekiston respublikasi Prezidentining 2007 yil 10
iyulda PK-669-son qarori chiqdi. Bu qarorda ishlab chiqarish quvvatlaridan
samarali hamda oqilona foydalanish, yuqori sifatli, eksportga mo‗ljallangan va
import o‗rnini bosadigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‗payishini
ta‘minlaydigan zamonaviy serunum uskunalar bilan jihozlash hisobiga
"O‗zmetkombinat" hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasini yanada barqaror va
mutanosib tarzda rivojlantirish maqsadida quyidagilar "O‗zmetkombinat"
hissadorlik ishlab chiqarish birlashmasini 2011 yilgacha bo‗lgan davrda
modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturining eng
muhim vazifalari deb hisobladi:
- ishlab chiqarish quvvatlarini maksimal ish bilan band etish hisobiga po‗lat va
qora metallar prokati ishlab chiqarishni o‗stirishning barqaror, yuqori sur‘atlariga
erishish;
- respublika konchilik sanoati ehtiyojlarini to‗la qondirish uchun maydalash
sharlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish;
- ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori likvidli mahsulotlarning yangi
turlarini ishlab chiqarishni o‗zlashtirish;
- kombinatning eksport salohiyatini o‗stirgan holda, ishlab chiqariladigan
mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
- ilg‗or texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni joriy etish hisobiga
yoqilg‗i-energetika resurslarini iste‘mol qilishni, mahsulot tannarxini kamaytirish.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya
dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda «O‗zmetkombinat» HICHB ishlab
chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik
qayta jihozlash dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda,
yangi mahsulot turlarini o‗zlashtirishga, ularni eksport qilish va import o‗rnini
bosish hajmlarini oshirishga qaratilgan loyihalar kiritilishini ta‘minlash, mahalliy
xom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini ta‘minlash bo‗yicha
24
maxsus komissiya, ilgari import bo‗yicha keltirilgan, yiliga 6 ming tonna po‗lat
sim va yiliga 500 tonna payvandlash elektrodlari ishlab chiqarish bo‗yicha
loyihalarni belgilangan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish, xorijiy
investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga
oshirish bo‗yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga O‗zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot
vazirligi
bilan
"O‗zmetkombinat" HICHBning birgalikdagi
taqdimnomasi bo‗yicha "O‗zmetkombinat" HICHBni 2007-2011 yillar davrida
modernizasiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturiga, metall
mahsulotlarining eksportga mo‗ljallangan va import o‗rnini bosadigan turlarini
ishlab chiqarish bo‗yicha yangi investitsiya loyihalari qo‗shilishini nazarda tutgan
holda aniqliklar va qo‗shimchalar kiritishga ruxsat berildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zmetkombinat» HICHB ishlab
chiqarishini 2007-2011 yillar davrida modernizasiya, texnik va texnologik qayta
jixozlash to‗g‗risidagi» qarori bilan tasdiqlangan modernizasiya, texnik va
texnologik qayta jixozlash bo‗yicha investitsion loyixalar ro‗yxati:
1) 2-navli prokat sexida qattiq eritmali vallarda prokatlashning yangi
texnologiyalarni o‗zlashtirish. Bu prokat mahsulotining assortimentini
kengaytirishga va elektr energiyasi va tabiiy gazning solishtirma sarfini
kamaytirishga olib keldi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2007 yilda tugatildi.
2) yillik ishlab chiqarish quvvati 500 tonnani tashkil etadigan payvandlash
elektrodlarning ishlab chiqarishini tashkil etish. Mazkur loyihani ishga tushirishi
bilan mahsulotning yangi turi-payvandlash elektrodlari o‗zlashtirildi. Mazkur
loyiha bo‗yicha ishlar 2007 yilda tugatildi.
3) yillik ishlab chiqarish quvvati 6 ming tonnani tashkil etadigan po‗lat
simlarni ishlab chiqarish sexida po‗lat simlarini ishlab chiqarilishi yo‗lga qo‗yildi.
Bu yangi turdagi mahsulotni, ya‘ni ko‗ndalang kesimi 2-8 mm bo‗lgan po‗lat
simlarni ishlab chiqarilishi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2007 yilda tugatildi.
4) po‗lat eritish korxonaning shlak uyumlarini qayta ishlash yangi
texnologiyasi o‗zlashtirildi. Bu esa yiliga 8000 tonna miqorida qo‗shimcha
metallolomni chiqarishga, xududlarda ekologik holatni yaxshilashga va sement
25
sanoati korxonalari uchun shlaklarni sotishga olib keladi. Mazkur loyiha
bo‗yicha ishlar 2008 yilda tugatildi.
5) 4-sonli DSP-100 UMK elektrda po‗lat eritish pechining pech
transformatorini almashtirilishi bilan modernizasiyalash. Bu pech unumdorligini
yilliga 100 ming tonnaga oshirishga va quvvatini yilliga 650 ming tonnagacha
etkazilishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2008 yilda tugatildi.
6) DSP-100 UMK elektrda po‗lat eritish pechining gaz tozalash o‗rnatmasini
qayta ta‘mirlanishi. Bu po‗latni eritishda tashlanishlarni tozalashining
samaradorligini oshirishiga olib keladi. Mazkur loyiha bo‗yicha ishlar 2008 yilda
tugatildi.
7) 2-navli prokat sexining (uslubli) metodik pechini qayta ta‘mirlash. Bu esa
tabiiy gazni iqtisodini va mahsulotning tannarxini tushirishiga olib keladi. Mazkur
loyiha bo‗yicha ishlar 2009 yilda tugatildi.
8) po‗lat zoldirlarini ishlab chiqarish hajmini yilliga 160 tonnagacha etqazish
bilan po‗lat zoldirlar stanini modernizasiyalash. Bu tog‗-metallurgiya
korxonalarning va sement sanoati korxonalarining po‗lat zoldirlarga bo‗lgan
extiyojini ta‘minlaydi. Zoldir prokat stanini qayta ta‘mirlash bo‗yicha ishlari 2008
yilda tugatildi.
9) eskirgan asbob uskunalarni almashtirish. Bu kombinat sexlarining asbob
uskunalarini yangilanishiga olib keladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2007-
2011 yillarga mo‗ljallangan.
Barcha 2007-2011 yillar davriga mo‗ljallangan ―O‗zmetkombinat‖ HICHBda
ishlab chiqarishni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi
bo‗yicha investitsion loyihalar kombinatning o‗z mablag‗lari hisobiga amalga
oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayoni o‗z ichiga bir necha korxonani oladi: elektrda
po‗lat eritish, prokat, hamda ikkilamgi qora metall tayyorlash va qayta ishlash
uchastkasi. Po‗lat eritish prokat ishlab chiqarish texnolgiyasining tavsifi
quyidagicha:
Birlamchi materiallar:
1) po‗latni eritish uchun asosiy material GOST 2787-75 bo‗yicha po‗lat
26
chiqindilari. Po‗latni eritishda shuningdek, po‗lat eritish va prokat sexlarinig
chiqindilaridan foydalanadi.
2) ferroqotishmalar:
- GOST 1415-93 bo‗yicha Fs 45, Fs 65, FS 75 ferrositsiliy;
- GOST 4756-91 bo‗yicha ferrosilikomarganes;
- GOST 295-98 bo‗yicha ikkilamchi aluminiy.
3) shlak hosil qiluvi materiallar:
- GOST 14-16-165-85 bo‗icha metallurgik ohak (2-shaxtalik pechlarda ohak
kuydirish usuli bilan ishlab chiqiladi);
- GOST 29219-91 bo‗yicha plavikoviy shpat;
- prokatdan ishlab chiqarilgan temirli to‗pon.
4) tarkibida uglerod bo‗lgan materiallar:
- TU -0763-199-00190437-04 bo‗yicha metalli koks.
5) energiya tashuvchilar:
- elektr energiya;
- kovshda po‗latni puflash uchun GOST 5583-78 bo‗yicha gazsimon texnik
kislorod, GOST 9293-74 bo‗yicha azot, GOST 10157-79 bo‗yicha argon (kislorod,
azot, argon kombinatning kislorod-kompressor sexida ishlab chiqariladi);
- tabiiy gaz, mazut.
6) to‗ldiruvchi materiallar:
- GOST 2486-81 bo‗yicha PPE-886 PPM-85 periklaz markali qo‗qim;
- GOST 1484-82 bo‗yicha metallurgik dolomite.
7) yaponiya, Germaniya, Rossiya, Ukrainada ishlab chiqarilgan diametri 610
mm va 350 mm bo‗lgan grafitli elektrodlar.
Dostları ilə paylaş: |