19
Hozirgi konlardagi metall miqdorini kamayib ketganligi uchun ko‗pgina
konlar yaroqsiz deb topilib, ishlab chiqarishdan olib tashlandi. Bunday konlarga
Uchkuloch, Qo‗rg‗oshinkon, Uchquduq va boshqalarni misol qilib ko‗rsatish
mumkin. Bundan ko‗rinib turibdiki kelajakda metall resinklingini rivojlantirish,
muddatini o‗tagan mashina-mexanizmlarni qaytadan metall holiga keltirish, buning
uchun metall chiqitlari va temir-tersaklarini isrof qilmaslik kerak. Metall
konstruksiyalar, mashina-mexanizmlarni ishlash muddati 25 yil, mana shu 25 yil
ichida bu konstruksiya, mashina-mexanizmlarni 25 foizi ishdan chiqadi. Bu
korroziya, chang, nam ta‘sirida emirilishi natijasida yuz beradi. Bu chiqitlar va
temir-tersaklar ochiq joyda qolib ketishi natijasida yaroqsiz holga kelishi
mumkin.
O‗zbekiston metallurgiya sanoati o‗z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab
bormoqda. Negaki, qudratli mineral-xomashyo bazasi va tog‗-kon sanoati
korxonalarining mavjudligi tufayli mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida
qora va rangli metall ishlab chiqarish bo‗yicha yetakchi o‗rinlardan birini
egallaydi.
Rangli va qora metallarni ishlab chiqarishda va foydalanishda-ikkilamchi xom
ashyolardan olingan metall va qotishmalarni ulushi sezilardi darajadadir. 1.2-
jadvalda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ohirgi 50 yil ichida rudadan
va metall parchalari va chiqindilaridan rangli metallarni ishlab chiqarishning
o‗rtacha yillik o‗sish dinamikasi keltirilgan.
Rangli metall parchalari va chiqindilaridan umumiy rangli metallar ishlab
chiqarishdagi ulushi o‗rtacha 30 foizni tashkil qiladi.
Metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlab, metallar ishlab chiqarishda
dunyo davlatlari ichida AQSH yuqori mavqega ega, u rivojlangan davlatlar
ishlab chiqarayotgan mis va alyuminiyni yarmini ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: