39
marta, birlamchi ruh ishlab chiqarishga nisbatan 2,6 marta va boshqa birlamchi
metallar ishlab chiqarishga nisbatan 1,4 marta kam bo‗ldi.
Ikkilamchi metallurgiya korxonalari yirik metall qayta ishlaydigan va mashina
qurish markazlarida qurilmoqda, bu ishlab chiqarish
tannarhini kamayishiga va
mahsulot realizatsiyasini tezlashtirishga olib keladi. Hozirda AQSH da faqat
ikkilamchi xom ashyoga hisobiga ishlaydigan yangi zavodlar barpo etilgan.
«Vestingauz Elektrik» kompaniyasi quvvati yiliga 120 ming tonna misni
birgalikda eritadigan va prokat qiladigan ikkilamchi metallurgiya korxonasini
qurishni rejalashtirgan.
AQSH da ikkilamchi metallar olishga ikki xil mahsulot ishlatiladi:
1)
quymalar, deformatsiyalanadigan yarim fabrikatlarni qayta ishlashda hosil
bo‗ladigan texnologik temir-tersaklar va ularni chiqindilari;
2) birlamchi metallarni ishlab chiqarish chiqindilari-quymalar, shlaklar,
kuyindilar, hamda amartizatsion temir-tersaklar.
AQSH da texnologik temir-tersak va ularni chiqindilarini
asosiy etkazib
beruvchilarga quyidagi korxonalar kiradi:
- rangli metallurgiya tarmog‗ining korxonalari;
- metal iste‘molchilari;
- avtomobilsozlik;
- umumiy mashinasozlik;
- elektrotexnika sanoati.
Titan va magniy chiqindilari asosan aviatsiya sanoati zavodlaridan olinadi.
Ikkilamchi metallurgiya korxonalari xom ashyosiga asosiy qismini
amartizatsion temir-tersaklar tashkil qiladi. Lekin bu xom ashyo resursi to‗liq
darajada ishlatilmayapdi. Masalan, o‗tgan asrning 70-yillarda AQSH da
amartizatsion temir-tersaklardan alyuminiyni ajratib olish 0,4 mln. tonnani tashkil
qildi, biroq potensial imkoniyatlar 1,6 mln. tonna atrofida baholangan edi.
Amerika iqtisodiyoti ikkilamchi xom ashyoning juda katta rezervlariga ega.
Mashina, uskuna, uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar holidagi temir-tersaklar
miqdori kundan kunga ortib bormoqda. Ikkilamchi
resurslarni foydalanishni
40
kengaytirish maqsadida AQSH da xom ashyoni markazlashtirilgan holda yig‗ish
va qayta ishlash imkoniyatlari o‗rganilmoqda. Temir-tersak va ularni chiqindilarini
yig‗adigan kompaniyalar tashkil qilinmoqda, temir-tersaklarni doimiy navlarga
ajratish liniyali mavjud bo‗lgan qabul qilish punktlari ochilmoqda. Faqat o‗tgan
asrning 80-yillarda alyuminiy idishlarni qabul qiladigan punktlar soni 1300 dan
2500 taga etdi.
Ko‗pgina yirik metallarni qayta ishlaydigan korxonalarda, mahsulot tannarhini
arzonlashtiradigan yangi texnologik jarayonlar, qayta
ishlash uchun uskunalar
yaratadigan,
ishlab
chiqarish
chiqindilarini
foydalanishga
tiklaydigan
(utilizatsiyalash) masalalari bilan shug‗ullanadigan konstruktorlik byurolari
tashkil qilingan.
Yallig‗ qaytaruvchi pechlarda qayta ishlashda metallarni isrofi juda yuqori
bo‗lganligi sababli induksion tigel va kanalli pechlar keng qo‗llanmoqda.
Avtomobil temir-tersaklaridan metallarni elektro pechli eritish va elektroshlak
qayta eritish natijasida ajratib oladigan yo‗llar ustida
ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda. Kabel temir-tersaklarini qayta ishlashni samarali yo‗li - sovitadigan
agentlar yordamida (-195
С gacha) xom ashyoga ishlov beradigan kriogen
usulidir. Shuningdek, ediruvchi (travilnыy) eritmalarni
va oqava suvlarni
gidrometallurgik usul bilan qayta ishlash keng qo‗llanmoqda. Kelajakda ikkilamchi
resurslardan foydalanishni roli ortib borada. AQSH da yuz yillikni so‗ngida
tarkibida rangli metallar bo‗lgan temir-tersaklardan qayta foydalanish 90 foizga
etdi.
Dostları ilə paylaş: