15
-
hozirgi kundagi mavjud metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab
chiqarish korxonalari ahvoli, texnologiyasi bilan tanishtirish;
-
hamdo‗stlik va rivojlangan horijiy davlatlar metall parchalari va
chiqindilarini qayda ishlab chiqarish haqida ma‘lumot berish;
-
metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab chiqarishda ekologiya
asoslarini tushuntirish.
Xom ashyodagi metallar miqdorini kamayishi, qayta ishlash tannarhini
qimmatlashishi va metallarga bo‗lgan ehtiyojni o‗sishi, metall parchalari va
chiqindilarini qayda ishlashni rivojlantirish uchun turtki bo‗ldi. Ko‗pgina xorijiy
mamlakatlarda oxirgi o‗n yillikda metall parchalari va chiqindilaridan olinadigan
metallar, birlamchi xom ashyodan olinadigan metallarga qaraganda ko‗p ishlab
chiqarildi.
Metall parchalari va chiqindilarini qayda ishlab chiqarishda resurslarining 57
foizini chiqindilar va 43 foizini amortizatsion temir-tersaklar tashkil qiladi. Metall
chiqindilari xom ashyo resurslari aylanma va tovar resurslariga bo‗linadi.
Aylanma resurslarga rangli va qora metallar ishlab chiqaradigan korxonalarning
o‗zida paydo bo‗ladigan va qayta ishlanadigan temir-tersaklar va chiqindilar kirsa,
tovar resurslarga sotib olingan temir-tersaklar va chiqindilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: