O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

5.11-rasm. Domna pechi 
Buning uchun domna pechi changlari maxsus chang yig`uvchi uskunalar 
orqali yig`iladi ruxni yig‘ilgan changdan kislotali tanlab eritiladi va tanlab 
eritilgan ruxni eritma tarkibidan cho‘ktiriladi.
Bu usul domna pechi tarkibidagi changdan rux olish eng samarali usul 
xisoblanadi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Domna pechidan chiqqan 
chang yig‘iladi, yig`ilgan chang tarkibida ruxning miqdori juda kamligi sababli bu 
changlar boyitiladi. Boyitilgan chang sirka kislotasi yordamida pH qiymati 4-5 
bo‘lguncha eritiladi. Olingan eritmaga CaO yoki Ca(OH)

qo`shilgandan so`ng bu 
eritma tarkibidagi Zn cho`kadi.


141 
5.12-rasm. Poroshoksimon va granulangan rux 
Xosil bo‘lgan eritmaga sulfat kislota ta`sir ettiriladi. Sulfat kislota ta‘sir 
ettirishimiz tufayli eritmadan CaSO

cho‘kmaga tushadi. Sulfat kislota pH 3-4 
bo‘lguniga qadar qo`shib turiladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi gidrometallurgik 
jarayonlar bilan domna pechining changlaridan ruxni tozalab olish va xosil bo‘lgan 
Fe changlarini qora metallurgiyada tarkibida Fe saqlovchi aglomeratlarni ishlab 
chiqarishdir.
Olib borilgan jarayonlarning eng kata kamchiligi domna pechi changlarida Zn 
ning konsentratsiyasi juda pastligidadir. Undan tashqari bu jarayonlarni olib borish 
uchun juda ko‘p miqdorda sulfat kislota sarf bo`ladi va domna pechi changi 
tarkibidagi changlarning bir qismi yo`qolishidir. Bu texnologiyada sirka kislotasini 
qo`llashning asosiy maqsadi shundaki sirka kislota eritmada selektiv xolda faqat 
ruxni eritadi va shu bilan birga sirka kislota tarkibida Fe saqlovchi komponentlarga 
salbiy tasir etmaydi.


142 
Jarayonning yana bir qulay tarafi eritmaga CaO yoki Ca(OH)

qo`shilganda 
sirka kislotaning neytrallanishi oqibatida xosil bo`lgan kaltsiyning sirka kislota 
bilan xosil qilgan tuzi suvda yaxshi eriydi.
Domna pechi changalaridan ajratib olingan Zn to`g`ridan to`gri Zn ishlab 
chiqarishga jo‘natiladi va tayyor Zn katodalari sifatida ishlab chiqriladi.

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin