139
Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi po
‘
latni
korroziyadan
saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiy,
mis va nodir metallar
birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material
sifatida,
shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qo‘llanadi.
Rux — kuchli metall yaltiroqligiga ega bo‘lgan ko‘kimtir rangli metall. Nam
havoda rux oksid parda bilan qoplanib asta-sekin yaltiroqligini yo‘qotadi. Rux —
o‘rtacha qattiqlikdagi metall. Uning zichligi 7,13 g/sm
3
. Toza metall nisbatan
plastik, oson yassilanib yupqa fol‗ga hosil qiladi.
Texnik rux oddiy haroratda mo‘rt bo‘ladi, lekin 100—150 °C da plastik bo‘lib
qoladi. Bunday sharoitda uni bolg‘alash mumkin. 200 °C
dan yuqori haroratda u
yana mo‗rtlashadi va qirilganda kukun holatiga o‗tadi. Bunday o‗zgarishlar juda
past haroratda ham kuzatiladi.
Rux oson suyuqlanadi va uchuvchan metallar qatoriga kiradi. Ruxning
qaynash harorati - 905,7 °C. Uning issiqlik o‗tkazuvchanligi kumushning issiqlik
o‗tkazuvchanligiga nisbatan 60 %
ni tashkil etadi, elektr o‗tkazuvchanligi bo‗lsa
to‗rt baravarga kam.
Rux havoda barqaror, chunki yupqa oksid parda
keyingi oksidlanishdan
himoyalaydi. Rux asosan yuqori haroratda aktivlashib, oddiy moddalar —
galogenlar, rux azot va vodorod bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Rux nitrid Zn
3
N
2
va rux gidrid ZnH
2
bevosita yo‗llar bilan olinadi. Murakkab
moddalar — kislota, ishqor eritmalari va suv bilan
rux sharoitga qarab har xil
reaksiyaga kirishadi. Suv odatda rux bilan ta‗sirlashmaydi.
Elektr kimyoviy kuchlanishlar qatorida rux vodoroddan ancha chapda turadi
va kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi.
Shuning uchun odatda rux
laboratoriya amaliyotlarida Kipp apparati yordami bilan vodorod olishda
foydalaniladi.
Rux azot va to‘yingan sulfat kislotalarda eritilganda
vodorodni ajratmaydi,
unda azot yoki oltingugurt birikmalari hosil bo‘ladi.
Rux amfoter xossaga ega. U suyuqlantirilganda ishqorlar bilan reaksiyaga
kiradi. Ishqorlarning kuchli eritmalarida asosan qizdirilganda eriydi.
140
2009-yilda butun dunyoda ishlab chiqarilgan ruxning miqdori 11,277
million
tonnani tashkil etdi.
Chet eldagi qora metallurgiya korxonalarida Zn ni domna pechining changidan
ajratib olinadi (5.11-rasm).
Dostları ilə paylaş: