135
5.6-jadval.
Yoyli elektr po‘lat eritish pechlarini texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
DSP-1,5
DSP-3
DS-5
Nominal sig‗imi, t
1,5
3,0
5,0
Ichki kojuxi (qoplamasi) ning diametri,
mm
2400
2764
Transformator kuvvati, kVa
1000
1800
2800
Pechni maksimal toki, A
2600
4250
5600
Grafitlangan elektrodlarni diametri, mm
150
200
300
Elektrodlarni diametri, mm
520
700
800
Elektrodlarni almashinish tezligi, m/min
1,18
1,22
1,05
Ishchi oynaning o‗lchami, mm
360x520
650x500
650x500
Sovutuvchi suvning sarfi, m
3
/g
3
6
10
Massasi, t
14
35,5
45
Elektropechlardan metall maxsus teshiklardan cho‗michlar (kovsh) ga tarnov
(jelob) orqali oqiziladi. Cho‗michlarning sig‗imi
unga solinadigan shlakni
miqdoriga qarab o‗lchanadi. Cho‗michlarni sig‗imi unga solinadigan shlakni
miqdoriga qarab o‗lchanadi:
Cho‗michni nominal
sig‗imi, t:
1,0; 2,0; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0; 10,0
Shlakni miqdori, t: 0,1; 0,2; 0,25; 0,3; 0,4; 0,45; 0,6; 0,75
Cho‗michlarning ichki qismi shmotli g‗ishtlar bilan qoplanadi. Legirlangan
metallarni qirindilarini eritish texnologiyasi juda oddiy. Eritish uchun
mo‗ljallangan qirindilar laboratoriyada
kimyoviy tarkibi tekshiriladi, guruhi va
markasi aniqlangandan keyin, elektropechda eritishga jo‗natiladi.
Elektropechlarda eritish 4 ta asosiy jarayonni o‗z ichiga oladi:
1)
qirindilar qo‗l kuchi bilan pechning pastki va yon qismlariga yuklash;
2)
qirindilarni eritish va qo‗shimcha yuklash;
136
3)
talab qilingan haroratga etkazish va shlakdagi qisman erigan legirlangan
elementlarni tiklash;
4)
metallni chiqarish va quyish.
Legirlangan shixta qo‗ymalarni tayyorlashga va
qirindilarni eritishga bir
qancha quyidagi talablar qo‗yiladi:
1)
qirindilarni tarkibida rangli metallar va portlash xavfi bor predmetlar
bo‗lmasligi kerak;
2)
bir guruh yoki markadagi po‗lat bo‗lishi kerak;
3)
o‗ramsimon qirindilar maydalangan, uzunligi 100 mm dan oshmasligi kerak.
Agar eritishda ferroqotishmalar va yuqori legirlangan qirindilar qo‗llansa, toblash
600
0
C dan kam bo‗lmagan xaroratda olib boriladi. Bunday eritish jarayonida yangi
kuydirilgan va toblangan oxak ishlatish talab qilinadi.
4) eritish uchun ishlatiladigan kukunsimon materiallarni zarrachalarini yirikligi
1 mmdan bo‗lak-bo‗lak materiallar 50 mmdan oshmasligi kerak.
Eritish normal borishi, pechni eritishga tayyorlashga bog‗liq. Eritish
tugagandan so‗ng, pech ichi metall va shlak qoldiqlaridan tozalanadi. Magnezitli
va dolomitli (issiqlikka chidamli tog‗ jinsi) kukunlar devorlarga surtiladi.
Bog‗lovchilar biriktiruvchi sifatida suyuq oyna (natriy silikati – Na
2
O (SiO
2
)),
smola, izolyasiyalovchi toshko‗mirli pek (pek - toshko‗mir,
torf va neft
qatronlarini qizdirib haydash jarayonida uchmay qolgan qoldiq, u qattiq yoki
qovushqoq, ora rangli amorf modda) ishlatiladi. Pechni osti metall va shalk
qoldiqlaridan tozalangan so‗ng, kvarsli qum, metall kuyindisi, metall to‗poni yoki
maydalangan ferrosilitsiy to‗shaladi. Pechda
eritish boshlashdan oldin, past
haroratda qizdirib olish va suv bilan sovitish sistemasini ishlatishni tekshirish
kerak. Bundan tashqari elektrodlar ham tekshirilishi kerak. Elektrodlar darz
ketmagan va ularga kuyindilar yopishmagan bo‗lishi kerak.
Metallni uglerod va gazli to‗yinishini oldini olish uchun,
yuqori legirlangan
qirindilar, oxak yoki shamot siniqlari bilan 5:2 miqdorda aralashtiriladi. Shlakni
suyuqlashtirish uchun eruvchi shpat ishlatiladi. Shlak hosil qiluvchi materiallar
shixtani 4-6 foizini tashkil qilishi va buni 2-3 foizi erish paytida pechga solinadi.
137
Metall butunlay erigandan so‗ng tekshiriladi. Kerakli tarkibli metall
olingandan so‗ng cho‗yanli qoliplarga chiqariladi. Koliplarni ichki qismi 120
0
C
haroratli
qizdirilgan, ichki tekis va kuzbass lak yoki ohakli sut surtilgan bo‗lishi
kerak. Metall chiqarilishidan oldin, qolip ichiga birka (raqam) qo‗yiladi. Tayyor
bo‗lgan legirlangan shixta quymalari qoliplarda sovitiladi. Quymalarni massasi
500, 1000 kg bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: