130
5.3-rasm. Ohaktosh
Ohak
- maxsus ohak boyitish agtegatlarida ohak toshni kuydirish yo‗li bilan
olinadi. Yangi kuydirilgan ohak tarkibida CaO - 90 foizdan yuqori, SiO
2
va C ning
umumiy miqdori 3 foizdan kam bo‗lishi kerak. Oltingugurt
- ohak tarkibiga
yoqilishidan o‗tishi mumkin. Shuning uchun oltingugurt bo‗yicha toza ohak olish
uchun tarkibida oltingugurt bo‗lmagan gazlardan foydalaniladi. Po‗lat tarkibida
oltingugurtning miqdori 0,1 foizdan oshsa, tarkibida oltingugurt oz bo‗lgan po‗lat
olish qiyinlashadi.
Ohakka qo‗yiladigan asosiy talablardan biri - namlikning ozligidir. YAngi
kuydirilgan ohak atmosfera tarkibidagi namlik bilan reaksiyaga kirishadi:
CaO + H
2
O = Ca(OH)
2
.
Ohakni ochiq havoda bir necha soat saqlash natijasida tarkibida vodorod
miqdori ortib boradi. Bir sutka saqlangan ohakni po‗lat
eritishda ishlatish ruhsat
etilmaydi. Chunki yuqori sifatli po‗lat tarkibiga vodorod o‗tishi ortadi. Shuningdek
ohak namlik bilan ta‘sirlashib yumshoq engil kukunga aylanadi va vannaga
tushmay chiqindi gazlar bilan atmosferaga chiqib ketadi. YAngi kuydirilgan ohak
bo‗laklarining o‗lchamlari 10 mm dan 50 mm gacha bo‗lishi kerak. Bundan kam
o‗lchamli bo‗laklar chiqindi gazlar bilan chiqib ketadi, katta o‗lchamlar
eritish
davomida shlakda butunlay erib keta olmaydi.
Boksitlar
po‗lat eritishda asosiy shlakni erish haroratini pasaytiruvchi,
suyuqlanishini oshiruvchi va shlak hosil bo‗lishini tezlatuvchi flyus sifatida
131
ishlatiladi. Boksitlarni tarkibi quyidagicha bo‗ladi: 20-60 % Al
2
O
3
; 3-20 % SiO
2
;
15-45 % Fe
2
O
3
va bir qancha miqdorda namlik (5.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: