O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/119
tarix20.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#163018
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

6.5-rasm.
IAT-6M2 induksion pechi 
IAT-6M2 induksion elektropechi quyidagi qismlardan tuzilgan: 1- induktor, 
o‗zgaruvchan tok hosil qiladigan elektr mashina uskunasi; 2-olovbar-dosh 
qoplama, futerovka; 3- qoplama, g‗ilof, jild, kojux; 4- plunjer; 5- qopqoq. 
Korxonada asosan quydagi alyuminiy qotishmalari ishlab chiqariladi: 
1) chushka shaklidagi alyuminiy quyma qotishmalari;
2) chushka shaklidagi deformatsiyalanuvchan alyuminiy qotishmalari; 
3) ferroqotishmalar ishlab chiqarish va alyuminotermiyada ishlatiladigan, 
tozalash vazifasini bajaruvchi alyuminiy. 


157 
Shixta tayyorlash har bir eritish uchun alohida tayyorlanadi. Alyuminiy 
qotishmalarini ishlab chiqarish uchun quyidagi alyuminiy tarkibli temir-tersak va 
chiqindilar ishlatiladi: 
I.
Rangli metallar va ularning qotishmalarining temir-tersak va chiqindilari: 
1)
temir qo‗shimchalari bo‗lmagan, A sinfdagi, 1 guruh, 1 navga kiruvchi 
alyuminiy va alyuminiy qotishmalarining temir-tersaklari va chiqindilari; 
2)
B sinf, I-V guruhdagi, 1-3 navga kiruvchi alyuminiy va alyuminiy 
qotishmalarining qirindilari; 
3)
alyuminiy folgalar; 
4)
A va B sinf, I guruhdagi, 1 navga kiruvchi mis temir-tersak va chiqindilari; 
II.
Aniq tarkibli, temir qo‗shimchalari bo‗lmagan, A sinfdagi, 1 guruh, 1 navga 
kiruvchi magniy temir-tersak va chiqindilari. 
III.
Yaroqsiz qotishmalar, sexni aylanma materiallari. 
IV.
Birlamchi metallar: 
1)
Sil 0, Sil 00 markali silumin; 
2)
A0, A5, A6 markali birlamchi alyuminiy; 
3)
Kr.0, Kr.1 markali kristallik kremniy; 
4)
SMI17 markali selikomarganets; 
5)
birlamchi magniy; 
6)
birlamchi nikel; 
7)
nikel va nikel qotishmalarini temir-tersak va chiqindilari; 
8)
TG-100 markali gubka ko‗rinishidagi titan; 
9)
M1 markali katod mis; 
Bunda temir-tersak tarkibidagi metallar miqdori hisobga olinadi va ayrim 
hollarda gazsizlantirish uchun 40 foizli NaCl va 50 foizli KCl flyuslari qo‗shiladi. 
Bundan tashqari «A» markali argon va alohida tozalikdagi azot kerak bo‗ladi. 
Bular vodorod va nometallik aralashmalardan tozalashda ishlatiladi. Qirindilar 
ishlab chiqarish unumdorligi 3 t/soat bo‗lgan quritish uskunalarida quritiladi. Pech 
ishga tushirishdan oldin, pechning hamma muhofaza moslamalari, mexanik va 
elektr qismlari tekshiriladi. 


158 
Kollektordagi suv bosimi 2,5 kg/sm
2
dan kam bo‗lmasligi kerak. Pechga shixta 
ikki, uch qatlam qilib qo‗l bilan yuklanadi. Shixta pech kamerasini o‗rta qismiga 
qaraganda devor atroflariga zichroq joylashtiriladi. Uzunligi 2,5 m bo‗lgan xrom-
alyuminiyli termopara pech tubiga tushiriladi. Pech ishga tushirilgandan so‗ng 24 
soat ichida 17 bosqichda eng yuqori haroratga etkaziladi. Haroratni ko‗tarilish 
tezligi soatiga 50
0
C ni tashkil qiladi. 16-17 bosqichlarda 3 soatdan, qolgan 
bosqichlarda 1 soatdan kam bo‗lmagan vaqt ushlab turiladi. Pech 750
0
C haroratda 
5 soat davomida qo‗shimcha shixta 3-4 marta yuklanadi. 
G‗ilof uglerodgangan po‗latdan qilinadi, yuqorigi va pastki qismiga halqa 
mahkamlanadi. Ichki qismiga 11 dona harakatlanuvchi induktor uskunasi 
mahkamlanadigan va induktor magnit oqimini sochuvchi maydonni yutadigan 
magnit o‗tkazuvchilar osiladi. «Induktor uskunasi» - induktor, 11 dona magnit 
o‗tkazuvchilar (g‗ilovdagidan tashqari) va engil, issiqlikka chidamli botondan 
tayyorlangan pod (tub) dan iborat. 
Induktorda ikkita parallel ulangan katushka joylashgan. Katushka mis suv 
bilan sovutiluvchi trubkadan qilingan. Pech ikkita plunjer, moy bosimli moslama 
va gidro yurituvchi apparaturadan tashkil topgan gidrovlik mexanizm bilan 
og‗diriladi (6.6-rasm). 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin