202
suv bilan yuvib tashlanadi va shoh arog‗i (azot va xlorid kislotasining 1:3
miqdordagi aralashmasi)da eritiladi. Eritish jarayonida kuchli reaksiya boradi.
Au + HCl – HNO
3
= HAuCl
4
+ NO + 2H
2
O
Reaksiya tugagach eritma filtrlanadi. eritmadagi oltinni cho‗ktirish uchun
gidrazin yoki temir sulfididan foydalaniladi.
4HAuCl
4
+ 3N
2
H
4
(HCl)
2
= 4Au + 3N
2
+ 22HCl
Hosil bo‗lgan cho‗kma distillangan suv bilan yuvilib quritish pechlarida
quritiladi. Quritilgan cho‗kma induksion pechlarda eritiladi va maxsus qoliplarga
quyiladi. Hosil bo‗lgan quymaning soflik darajasini aniqlash maqsadida proba
olinadi va tahlilxonaga yuboriladi.
3. Tarkibida oltin mavjud bo‗lgan shlak esa issiq disstillangan suvda va
NH
4
OH ning 10% li eritmasida AgCl ning suvda eriydigan kompleks birikmasini
hosil qilish uchun yuviladi
AgCl + 2NH
4
OH = Ag(NH
3
)
2
Cl + H
2
O
Shundan so‗ng temir va mis elementlaridan tozalash maqsadidia sulfat kislotasi
(H
2
SO
4
) ning 5-10%li eritmasi bilan yuviladi. Tarkibida oltin mavjud bo‗lgan
shlakni kumushdan, misdan va temirdan tozalash jarayoni ikki marotaba olib
boriladi. Olingan shlam 150-200ºC da quritiladi, 1250ºC da seletra bilan eritiladi
va maxsus qoliplarga quyilib elektroliz yo‗li bilan tozalashga jo‗natiladi.
Dostları ilə paylaş: