13
SO‘Z BOSHI
«Metallar resinklingi» darsligi mutaxassislikda o‘qiydigan
talabalar uchun
mo‘ljallangan va bundan tashqari ushbu qo‘llanmadan o‘rta maxsus yurtlarining
talabalari foydalanishlari mumkin. Ushbu darslik unta bobdan iborat bo‘lib,
birinchi va ikkinchi bob O‗zbekistondagi va horijiy
davlatlardagi metallar
resiklingining zamonaviy ahvoli, davlatning metall
fondi va metallni aylanma
harakati va xalq xo‗jaligida metall parchalari va chiqindilarini hosil bo‗lish
manbalaridan iborat bo‘lib, qolgan boblarida qora va rangli metallarning temir-
tersak parchalari va chiqindilarini xalq xo‗jaligida
turli marka, sinf va navlarga
bo‗linishi,
ularga birlamchi ishlov berish, qayta ishlashning pirometallurgik va
gidrometallurgik qayta ishlash usullarini
istiqbollari va rivojlanishi, metall
chiqindilarini ishlab chiqishda ekologiya asoslari va
qora va rangli metall temir-
tersak va chiqindilarining mehnat faoliyatini muxofaza qilish va texnika xavfsizligi
haqida keng tushunchalar berilgan.
Xar qaysi bobning oxirida materialni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga
mo‘ljallangan, o‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar berilgan.
Darslikda keltirilgan mavzularni o‗zlashtirish nisbatan yengilroq bo‗lishi uchun
tasviriy vositalar (sxemalar, rasmlar) dan foydalanildi.
Muallif qo‗llanmani yaratilishida o‗zlarining qimmatli maslahatlari va
yordamlarini
ayamagan ustoz va murabbiylar, metallurgiya mutaxassislariga o‗z
minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Mualliflar
Dostları ilə paylaş: