18
afzallik ko‗zga tashlanadi. Bu avfzalliklarni asosiylari quyidagilarni tashkil qiladi:
1.1-jadval.
2000-yildagi rudadan va metal parchalari va chiqindilarini ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari (ming. tonna hisobida)
Metall
Ishlab chiqarish
Ikkilamchi metallarning
umumiy miqdoridagi ulushi
Ruda xom
ashyosidan
Ikkilamchi xom
ashyodan
Alyuminiy
Mis
Ruh
Qo‗rg‗oshin
Qalay
11600
6040
4273
2507
181,3
2900
3870
915
1500
51,82
20
39
17,5
37.4
22.2
1. Nisbatan kam kapital qo‗yilmalar talab qiladi.
2. Qayta ishlash texnologiyasini yuqoriligi.
3. Energiyani sezilarni darajada kam sarf bo‗lishi.
4. Qayta tiklanmaydigan mineral xom ashyo
resurslaridan foydalanish
kamayadi.
5. Atrof muhitga zarari kamayadi.
Metall parchalari va chiqindilari qayta ishlab chiqarishda materiallarga, elektr
energiyaga, yoqilg‗iga ketgan sarf-xarajatlar birlamchi metall ishlab chiqarishga
qaraganda ancha kam sarf bo‗ladi. Masalan, elektr energiyani sarfi birlamchi mis
ishlab chiqarishda 6,2; ruh ishlab chiqarishda 3,6; alyuminiy ishlab chiqarishda
19,5; nikel ishlab chiqarishda 9,3; qo‗rg‗oshin ishlab chiqarishda 2,3 marta metall
parchalari va chiqindilari qayta ishlab chiqarganga qaraganda ko‗p bo‗ladi.
Hozirgi kunda muddatini o‗tagan mashina,
mexanizmlar, uskunalar, metall
konstruksiyalar juda ko‗p yig‗ilib qolganki, bularni yo‗qotishni birdan-bir yo‗li
metall
parchalari va chiqindilari
qayta ishlashdir. Metall ajratib olish iqtisodiy
jihatdan o‗zini oqlamayotganligi, transport xarajatlarining qimmatligi metall
resinklingining rivojlanishiga turtki berdi.
19
Hozirgi konlardagi metall miqdorini kamayib ketganligi uchun ko‗pgina
konlar
yaroqsiz deb topilib, ishlab chiqarishdan olib tashlandi. Bunday konlarga
Uchkuloch, Qo‗rg‗oshinkon, Uchquduq va boshqalarni misol qilib ko‗rsatish
mumkin. Bundan ko‗rinib turibdiki kelajakda metall resinklingini rivojlantirish,
muddatini o‗tagan mashina-mexanizmlarni qaytadan metall holiga keltirish, buning
uchun metall chiqitlari va temir-tersaklarini isrof qilmaslik kerak. Metall
konstruksiyalar, mashina-mexanizmlarni ishlash muddati 25 yil, mana shu 25 yil
ichida bu konstruksiya, mashina-mexanizmlarni 25 foizi ishdan chiqadi. Bu
korroziya, chang, nam ta‘sirida emirilishi natijasida yuz beradi. Bu chiqitlar va
temir-tersaklar ochiq joyda qolib ketishi natijasida yaroqsiz holga kelishi
mumkin.
O‗zbekiston metallurgiya sanoati o‗z mavqeini
yildan-yilga mustahkamlab
bormoqda. Negaki, qudratli mineral-xomashyo bazasi va tog‗-kon sanoati
korxonalarining mavjudligi tufayli mamlakatimiz Markaziy Osiyo mintaqasida
qora va rangli metall ishlab chiqarish bo‗yicha yetakchi o‗rinlardan birini
egallaydi.
Rangli va qora metallarni ishlab chiqarishda va foydalanishda-ikkilamchi xom
ashyolardan olingan metall va qotishmalarni ulushi sezilardi darajadadir. 1.2-
jadvalda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda ohirgi 50
yil ichida rudadan
va metall parchalari va chiqindilaridan rangli metallarni ishlab chiqarishning
o‗rtacha yillik o‗sish dinamikasi keltirilgan.
Rangli metall parchalari va chiqindilaridan umumiy rangli metallar ishlab
chiqarishdagi ulushi o‗rtacha 30 foizni tashkil qiladi.
Metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlab,
metallar ishlab chiqarishda
dunyo davlatlari ichida AQSH yuqori mavqega ega, u rivojlangan davlatlar
ishlab chiqarayotgan mis va alyuminiyni yarmini ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: